O'zbekiston respublikasi raqamli texnologiyalari



Yüklə 29,21 Kb.
tarix20.11.2023
ölçüsü29,21 Kb.
#166033
AKADEMIK MUSTAQIL (2)


O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI RAQAMLI TEXNOLOGIYALARI
VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
QARSHI FILIALI
1-BOSQICH TT 11-22(S) GURUH TALABASINING
“Akademik yozuv” fanidan

MUSTAQIL ISHI


Bajardi: Qurbonov F

QARSHI-2023




Reja:
1. ”Milliy qadriyatlar e’zozi’’ mavzusida matn tuzish
2. “Muzeylar o’tmish va kelajagimiz o’rtasida ko’prik” mavzisida matn tuzing
3. “Mahallamiz kelajagi” mavzusida matn tuzing

“Milliy qadriyatlar e’zozi”


Qadriyatlar tushunchasi nihoyatda xilma-xil ma‘noda turli soxalarda qo’l-laniladi. Qadriyatlar to’grisidani fan bu aksio-logiyadir. Bu atama ilmiy bilimlar soxasiga o’tgan asrning ik-kinchi yarmida nemis aksiologii E.Gertman va frantsuz olimi P.Lapi tomonidan kiritilgan. Garbda bu atama grekcha «qadriyat» va «fan», «ta‘limot» tushunchalariga asoslanadi. qadriyatni aksiologik nuqtai–nazardan talqin qilish, uning kategoriya sifatidagi mazmuni, ob‘ektiv asosi va sub‘ektiv jihatlari, namoyon bo’lish shakllari va xususiyatlarini o’rganishga imkon beradi.
Qadriyat kategoriyasi buyum yoki narsalarning iqtisodiy qimmatini ifodalaydigan tushunchadan farq qiladi. qadriyatlar inson uchun biror ahamiyatga ega bo’lgan vokelikning shakllari, narsalar, voqealar, jarayonlar, holatlar, sifatlar, talab va tartiblar qadrini ifodalash uchun ishlatiladigan kategoriyadir.
Ma‘naviy madaniyat yoxud «ma‘naviyat»ning маg’зиni (ядросиni) qad-riyatlar атшкил эатди. Qadriyat alloqanday hodisa, voqea yokinarsaning o’ziga xos xususiyati yokixossasi emas, balki uning mohiyati, o’z navbatida borlikning у yokibu ob‘ektining yashashi, mavjud bo’lib turishi uchun tom ma‘nodagi zaruriy shartidir. qadriyatlar inson bisotida turli - tuman ehtiyojlarning va his - tuyg’u-larning mavjudligidan dalolat beradi, atrofida sodir bo’layotgan voqealarni, hodisa-larni turlicha baholashlari uchun zamin yaratadi. Chunonchi birovlar uchun o’at qadrli, o’at muhim ahamiyatga ega bo’lgan, у yokibu hodisa, boshqa birovlar uchun qadrsiz, sariq chaqalik ahamiyatsiz bo’lishи mumkin. Xuddi шuning uchun ham qadriyatlarni oddiy qilib ijobiy yoki salbiy (ahamiyatsiz, ahamiyat kamroq, qadr-qimmat sezilmaydigan), absalyut va nisbiy, ob‘ektiv va sub‘ektiv qadriyat-larga bo’lish mumkin. Mazmuniga qarab mantiqiy, etik, estetik va narsalar qad-riyatlariga bo’lish mumkin. Shuningdek, qadriyatlarni haqi-qatni, ezgulikni, go’-zallikni ulug’lovchi qadriyatlarga ajratiш mumkin.

Qadriyatlar jamiyat ijtimoiy - iqtisodiy, madaniy -ma‘naviy rataqqiyotining mahsulidir. Shuning uchun ham qadriyatlarda zamonning ruhi, imkoniyatlari, o’sha zamonda yashagan odamlarning orzu - umidlari, isatklari, atlab va ehtiyojlari o’z ifodasini topadi. Zamonlar o’tishi bilan qadriyatlarning mazmuni va ma‘nosi o’zgarib boradi. Xuddi shuning uchun ham qadriyatlarning atrbiyaviy ahamiyatga baho berganda konkret atrixiy shart - sharoitlarni doimo nazarda tutmoq zarur.

Qadriyatlarni jamiyat, millat hayotidagio’rni, ijtimoiy xarakteriga qarab milliy va umuminsoniy, sinfiy yokidiniy, shuningdek kishilarning yoshi, pro-fessional xususiyatlariga xos qadriyatlarga bo’lish mumkin.
Insonning qadr - qimmati, sha‘ni, or - nomusi, milliy g’ururi - milliy qadriyatlar bilan bevosiat bog’liq. Milliy qadriyatlar, har bir millatning o’ziga xos xususiyatlari, xossalari, belgilari, alomatlarini ifodalovchifalsafiy tushunchabo’lib, o’sha millat bosib o’tgan ijtimoiy rataqqiyot jarayonida shakl-langan milliy madaniy meros xazinasiga qo’shgan hissasini, ulushini ifodalaydi. Xuddi shu mil-liy o’ziga xoslik, o’ziga moslik, millat madaniyatida, adabiyotida, san‘atida, tilida, dinida, atrixiy xotirasida, yashash ishlash va fikrlash atrzida, urf-odatlarida, rasm - rusumlarida, bayramu - sayillarida o’z ifodasini topadi. Milliy qadriyatlar milliy ma‘naviy madaniyat ifodasi bo’lib, har bir millatning insoniylik xazinasiga qo’shgan munosib hissasining hosilasidir.
Milliy qadriyatlar, shubhasiz, millatning ravnaqi yokiinqirozi bilan bevosiat bog’liq bo’ladi. Boshqacha aytganimizda milliy qadriyatlar millatning o’tmishi va buguni bilan bog’liq. Shuning uchun ham, «milliy qadriyatlar millat rivojlanishi bilan rivojlanadi, inqirozga uchrashi bilan qadrsizlanadi. Shuning uchun ham, millat - o’zining qadriyatlarini vujudga keltirib, ularning yangi - yangi qirralarini va jihatlarini sayqallashtirib, rataqqiyot jarayonida atkomillashtirib turi-shi ma‘nosida o’z qadriyatlarining haqiqiy egasi, makon va zamondagi ilgarilanma harakatdan iborat o’zgarishlar jarayonida ularni o’tmishdan kelajakka atmon yetkazib boradigan eng asosiy ob‘ektdir» .

Milliy qadriyatlarning negizini urf - odatlar, rasm -rusumlar, bayramu-sayillar atshkil eatdi. o’zbek milliy qadri-yatlari mazmunida insonparvarlik g’oy-alari yoatdi. Uzoq atrix davomida o’zbeklarning o’zaro munosabatlarida, kundalik turmush atrzida o’zaro hamkorlik va hamdardlik, vafodorlik va o’zaro hurmat, biri - biriga suyanish va yaxshi qo’shnichilik, bolajonlik va oat - onaga hurmat, mehr - oqibat va sadoqat har tomonlama e‘zozlanib kelinadi. Milliy qadriyatlar o’sha mil-latga mansub har bir kishi tomonidan yaratilgan, insoniylik, odamiylikka xos fazi-latlar, xislatlar, xosiyatlarni milliy - madaniy meros xazinasiga qo’shgan hissasini ifodalovchi buyuk ko’rsatkichdir.



Milliy qadriyatlarni tiklash - ularga hozirgi zamonga mos yangi mazmun ato etish demakdir. Xuddi shuning uchun ham, O’zbekiston davlat musatqilligiga erishishi bilan mamlakatimizga hozirgi zamon öivilizaöiyasi atlablariga javob beruvchi umuminsoniy demokratik Qadriyatlar xalqimiz turmush atrziga kirib kela boshladi. Inson haq - huquqlariga rioya qilish, atdbirkorlik erkinligi, matbuot erkinligi, ana shular jumlasidan edi. «Ushbu demokratik qad-riyatlar jamiyatimiz uchun muhim ahamiyatga egaligi haqida gapirar ekanmiz, bu qadriyatlar atrixiy jihatdan ham, etnik - madaniy jihatdan ham xalqimizning o’ziga xos xususiyatlariga zid emasligini qayat-qayat at‘kidlashni isatrdik».
Umuminsoniy demokratik qadriyatlarning eng muhimi - inson haq – hu-quqlari va erkinliklarini har tomonlama himoya qilishdir. Insoniyat atrixida Buyuk franöuz revolyuöiyasi (1789) qabul qilgan «Inson va grajdanlar huquqlari dekloratöiyasi», 1948 yilning 10 dekabrida BMT Bosh Assambeliyasi atsdiqlagan «Inson huquqlarining eng umumiy dekloratöiyasi» - inson haq - huquqlari va erkinliklarini himoya qilishga qaratilgan atrixiy hujjatlar edi. O’zbekiston davlat musatqilligiga erishishi bilan musatbid tuzum sharoitida oyoq osti qilingan inson haq - huquqlari va erkinliklarini tiklash, uni himoya qilishga kirishdi. Insonning asosiy xuquqlari va erkinliklari O’zbekiston Respublikasi Asosiy qonuni – Kons-tituöiyaning umumiy qoidalari va olti bobdan iborat ikkinchi bo’limida xuquqiy jihatdan musathkamlandi. Shuningdek, demokratiya, barqarorlik, oshkoralik, tinchlik, hamkorlik kabi Umuminsoniy qadlriyatlarning rivoj topishi uchun ham imkon yaratildi.
Milliy va umuminsoniy qadriyatlarning uyg’unlashib borayotganligini, musatqillik yillarida O’zbekistonda vujudga kelgan - fuqarolarni tinch, totuv yashashga, barqarorlikka intilishida ham yaqqol ko’rish mumkin. Endilikda tinchlik, millatlararo totuvlik, barqarorlik O’zbekistonda yashovchi barcha xalq-larni, millatlarni, elatlarning buyuk ijtimoiy-siyosiy Qadriyatiga aylanmoqda. Ja-hon öivilizaöiyasining atlablariga mos tushuvchi bunday qadriyatlarni shakllani-shida va rivojlanishida, kishilar turmush atrzida musathkam o’rnashib olishida mustaqillik yillarida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan bir qator xayrli tad-birlar turtki bermoqda.
Muzeylar o’tmish va kelajagimiz o’rtasida ko’prik
O‘zbekiston Respublikasining “Muzeylar to‘g‘risida”gi qonuni hamda Prezidentimizning 1998-yil 12-yanvardagi “Muzeylar faoliyatini tubdan yaxshilash va takomillashtirish to‘g‘risida”gi farmoni bu boradamuhim dasturilamal bo‘lib xizmat qilayMuzeylar… Bu madaniyat maskanlari yosh avlod uchun katta ahamiyatga ega. Chunki, muzeylarimizda bizning shonli va sharafli otmishimiz, tariximiz aks etgan. Ozbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I. A. Karimov : “Tarixsiz – kelajak yoq “,- deganlaridek, tariximizni bilish, uni organish bizning oliy va sharafli burchimizdir. Bunday paytlarda, bizga tarixiy muzeylarimiz katta yordam beradi.O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 11- iyuldagi “Davlat muzeylarining bolalar va ularning ota-onalariga ochiqligini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘tgan yil 2-8-sentabr kunlari viloyatda “Muzeylar haftaligi” yuqori saviyada tashkil etilib, ellikdan ortiq ko‘rgazma va ekspozitsiyalar namoyish qilindi. Bu sa’y-harakatlar natijasida bugungi kunda muzeylar aholi hordiq chiqaradigan, o‘quvchi va talaba-yoshlar uchun madaniy-ma’rifiy tadbirlar, dars mashg‘ulotlari o‘tkaziladigan ma’naviy maskanga aylanib bormoqda.Muzey-qo‘riqxona xodimlari viloyatdagi korxona va tashkilotlar, ta’lim muassasalarining o‘z muassasalari tarixiga oid materiallar jamlangan muzeylarni tashkil etishga ham uslubiy yordam ko‘rsatib kelmoqda. Muzeyqo‘riqxona qoshida faoliyat ko‘rsatayotgan “Gid-ekskursovodlar tayyorlash markazi”da har yili yuzlab yoshlar mazkur soha bo‘yicha bilim va ko‘nikmaga ega bo‘lib, muzeylar, tarixiy obidalarda sayyohlarga xizmat ko‘rsatmoqda. O‘tgan yili markaz tomonidan tarixiy obidalar va muzeylar ekspozitsiyalari bo‘yichatayyorlangan ekskursiya matnlari kitob shaklida chop etildi. “Muzeyda ekspozitsiyalar, doimiy va ko‘chma ko‘rgazmalar tashkil etish” bo‘yicha uslubiy qo‘llanma nashr qilindi. Muzeylarda konseptual dasturlar asosida amalga oshirilayotgan bunday ishlar xalqimiz, avvalo, yoshlarning yurtimiz tarixi va madaniyatiga oid bilimini boyitish, tarix va kelajak o‘rtasidagi ko‘prikni mustahkamlashga xizmat qilishi shubhasiz.O‘zbekistonda hozirgi kunda 350 dan ortiq muzey va muzey faoliyati bilan bog‘liq ko‘rgazma muassasalari mavjud. Madaniyat vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, ularning 90 tasi davlat muzeylaridir. “Xususan, Madaniyat vazirligi tizimida 79 ta (shundan 32 tasi filial) muzeylar faoliyat ko‘rsatmoqda”, — deyiladi vazirlik axborotida. Bundan tashqari, O‘zbekistonda uchta yirik — Samarqand, Buxoro va Xiva shaharlarida muzey-qo‘riqxonalar mavjud bo‘lib, ular tarkibida 38 ta muzey ishlab turibdi. Madaniyat vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston muzeylari fondida xalq tarixi bilan bog‘liq 2,4 milliondan ziyod nodir eskponatlar saqlanmoqda
Mahallamiz kelajagi
Mahalla azaldan tarbiya maskani, mehr-oqibat, ahillik va totuvlik o‘chog‘i bo‘lib kelgan. Mustaqillikyillarida mahallaning nafaqat shakli, balki, mohiyati ham o‘zgardi, vakolat hamda vazifalari ko‘lami kengaydi. Bugungi kunda ushbu yo‘nalishda fuqarolar bilan ishlashning yangicha tizimi yaratilib, hayotga muvaffaqiyatli tatbiq etilayotir.
Mahalla… Shu birgina so‘z zamirida butun olam ezguliklari, urf –odat va an’analari, qaynoq tafti mujassam. Mahallam mening uchun mehri beminnat onam misoli. Onam har tong boshim silab uyg‘otib, yaxshiliklarga undasa, mahallam ulug‘-ulug‘ maqsadlar sari qo‘limdan tutib hamdam bo‘ladi. Onaizorim oq yuvib oq taragan bo‘lsa, mahallam mana shu oqlikni yuragimga ko‘chirgan Ka’bam desam xato bo‘lmaydi. Boisi, kindik qonim to‘kilgan bu zaminim oq niyatlarni ko‘nglimga tugishni o‘rgatgan. Birovning haqqi hech qachon birovniki bo‘lmasligini, xalqimizdagi sabr-u qanoat tushunchalarining qanchalik qon-qonimizga singib ketganligini ko‘nglimga qadagan.
Azaldan Vatanni ulug‘lab, uning uchun jonini fido qilgan ajdodlarimiz, ota-bobolarimiz bizga yurtni sevishni, uni ardoqlashni o‘rgatib kelishgan. Shuning uchun ham Vatan ona so‘zi bilan doim birga qo‘llanadi. Vatanim – onam…
Shu Vatan ichra vatanim deya ulg‘laganim esa mening mahallamdir. Vatanim mening uchun barcha ezgu ishlarga undovchi ostonam bo‘lsa, mahallam qo‘llaguvchi hamdamimdir. Birinchi prezidentimiz ta’kidlaganlaridek, “Davlatchiligimiz tarixida birinchi marta mahalla tushunchasi Konstitutsiyamizga kiritilib, uning jamiyat boshqaruvidagi o‘rni va maqomi belgilab qo‘yilgan”. Bu maqom hali-haligacha o‘z o‘rnini saqlab, kundan kunga yuksalib boryapti. Birgina bizning mahallamiz misolida oladigan bo‘lsak, barcha kishilar ahil, inoq yashashadi. Bu, albatta, mahalladoshlarimizning birdamligidan. Barcha insonlar holidan, ayniqsa, keksalarimiz, mehrga muhtoj kishilasrni tez-tez yo‘qlab, ularning yumushlariga biz, mahallamiz bolalari, qizlar yordamlashib, og‘irlarini yengil qilamiz. Ularning arzimaz yumushlarni bajarganimizda uzundan uzoq duo qilishlari, avvalo, yurtimizga tinchlik tilashlari meni doim to‘lqinlantiradi. Axir shu emasmi buyuk baxt. Axir shu emasmi kelajakka ishonch. Azaldan xalqimizda “Oltin olma duo ol, duo oltin emasmi” maqoli bejizga aytilmagan. Bu oltinga teng duolar bizlarni katta-katta marralarga undaydi. Har gal vatanimiz yoshlarining fan va sport sohasida erishgan yutuqlari, qo‘lga kiritgan medallari haqida eshitganimda yoki ko‘rganimda qalbim hayajonga to‘lib, ko‘zimda yosh aylanadi. Keksalarimizning qilgan duolari ijobatini ko‘rgandek bo‘laman.
Biz, yurt farzandlarining bunday marralarga erishishi uchun oilamizda, mahallamizda berilayotgan e’tiborning samarasi deb bilaman. Oilalamizda keksa bobolarimiz har bahor yoshgina nevaralarini yetaklab ko‘chak ekish uchun bog‘ga yo‘l oladilar. Bu oddiy odat zamirida qanchadan qancha ma’no bor. Yosh go‘dak jajji qo‘llari bilan niholni ushlab, bobosining qilayotgan harakatlarini kuzatib turadi. Bu orqali uning qalbiga ko‘chak bilan birgalikda ezgulik urug‘i qadaladi. U bolakay ulg‘ayganda ham yoshligida o‘rgangan odatini har bahor takrorlayveradi. Buvilarimiz keksa bo‘lishlariga qaramay qo‘llariga igna-ip olib kashtalar tikishadi. Yoshgina jajji qiz nevaralari esa ularning atroflarida girdikapalak bo‘lib, tikishga urinishadi. Bu oddiygina urinish ulardagi fazilatlar eshigini ochadi. Qizlarimiz qo‘liga igna olishi bilan sabr atalmish yuksak tuyg‘uni o‘zida shakllantirib boradi. Sababi, kashtachilik, tikish-bichish kishidan alohida mehr, sabr-toqatni talab qiladi. Shu birgina ish bilan buvilarimiz bizlardagi hayot mashaqqatlari oldida sabrimizni mustahkamlashni o‘rgatadilar. Shunday yuksak odatlarni ko‘rganimda beixtiyor yurtboshimizning aytgan so‘zlari qulog‘im ostida jaranglaydi: “Azaldan o‘zbek mahallasi milliy qadriyatlar maskani bo‘lib kelgan. O‘zaro mehr-oqibat, ahillik va totuvlik, ehtiyojmand, yordamga muhtoj kimsalar holidan xabar olish, yetim-yesirlarning boshini silash, to‘y-tomosha, hashar va ma’rakalarni ko‘pchilik bilan bamaslahat o‘tkazish, yaxshi kunda ham, yomon kunda ham birga bo‘lish kabi xalqimizga xos urf-odat va an’analar, avvalombor, mahalla muhitida shakllangan va rivojlangan”. Mustaqillik yilarida esa mahallaning bu azaliy qadriyatlari, xususiyatlari qatoriga ko‘pgina yangi vazifalar, majburiyatlar kelib qo‘shildi. Mahallaning jamiyatdagi o‘rni, mavqeyi, vakolatlari kengaytirib berildi.
Yüklə 29,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin