ustozlar va maktab mexmonlari bilan uchrashganda salom berish;
o‘quv mashg‘ulotlari vaqtida hududda sababsiz yurmaslik;
ta’lim muassasasi mulkiga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish;
maktab yo‘laklarida tinchlikni saqlash;
maktabga «Ustav»da belgilangan o‘quvchilar formasida kelish;
maktabga o‘quv-qurollari, dars jadvalida belgilangan o‘quv darsliklari bilan kelish (o‘quvchilar uchun mo‘ljallangan papka tutishi, kundalik daftarining bo‘lishi, darsga to‘liq o‘quv darsliklari bilan qatnashishi, ma’naviyatga zid hamda sifatsiz daftarlardan foydalanmasligi);
b) Dars vaqti (sinf xonalari)da:
dars jarayoniga xalal beradigan harakatlar qilishdan saqlanish;
uyali aloqa vositalarini o‘chirib qo‘yish;
dars vaqtidao‘rinsiz gaplashmaslik;
jihozlarni asrab-avaylash, partalarga yozmaslik;
qog‘oz va boshqa keraksiz narsalarni qoldirib ketmaslik;
ovqatlanmaslik, saqich chaynamaslik.
Navbatchi o‘quvchi tomonidan o‘quvchilar davomatini aniqlash va darsga kelmagan o‘quvchilar haqida o‘qituvchiga ma’lumot berish.v) Tanaffusda:
o‘z o‘qish joyini toza saqlash va tartibga solish;
navbatdagi dars bo‘ladigan xonaga ko‘chish;
pedagog ko‘rsatmasi bo‘yicha sinfni kelgusi darsga tayyorlash;
sinf navbatchisi tanaffus vaqtida sinfda bo‘ladi, sinf xonasida tozalik va tartib saqlaydi, mashg‘ulotlar yakunlangandan so‘ng sinf xonasini toza holatga keltiradi. g) Maktab oshxonasida:
taomlarni olishda «Navbat» tartibiga rioya qilish;
tirbandlik holatida ustozlar, ayollar, yoshi kattalarga hurmat ko‘rsatish;
ovqatlanish vaqtida shovqin solmaslik.
issiq va suyuq ovqatlarini tanavvul etishda ehtiyotkorlik ko‘rsatish;
oshxonadan olingan ovqat va ichimliklarni shu yerda iste’mol qilish;
ovqatlangandan so‘ng stolni tozalab qo‘yish.
d) Maktab kutubxonasi va axborot resurs markazida:
kutubxona va ARM xodimlari bilan hushmuomalada bo‘lish;
kitoblar va jihozlarga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish;
baland ovozda so‘zlashmaslik va atrofdagilarga xalaqit bermaslik;
qog‘oz, saqich va boshqa chiqindilarni qoldirib ketmaslik;
kitoblarni olish va topshirish tartib-qoidalariga rioya qilish.
e) Sport majmualarida:
sport majmuasiga xos bo‘lgan kiyim va poyabzallarda kirish;
sport inventarlariga nisbatan madaniy munosabatda bo‘lish;
mashg‘ulotlardan keyin sport inventarlarini belgilangan joylarga qayta topshirish;
sport majmuasining belgilangan tartib-qoidalariga rioya qilish.
j) Shuningdek, turli davralarda:
o‘zining namunaviy xulqi va bilimi bilan o‘quvchilik odobi haqida yuksak ijobiy taassurot hosil qilishga intilish:
ko‘cha-ko‘yda bemaqsad yurmaslik, kattalarga hurmatda, kichiklarga izzatda bo‘lish, jamoat transportlarida keksa va yosh bolali yo‘lovchilarga joy berish;
doimo komillikka intilish, halollik va adolat bilan hayot kechirish kabi olijanob fazilatlarni chuqur anglash;
o‘z maktabi manfaati, uning sha’ni va nufuzi to‘g‘risida qayg‘urish, ularni saqlab qolishga jonkuyarlik qilish va ularga hurmat bilan munosabatda bo‘lish.