1.1. Mazkur vaqtinchalik sanitariya-gigienik talablar SanQvaM 0355-18-son “O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim muassasalari tarkibi, tuzilishi va ishlash tartibiga qo‘yiladigan gigienik talablar”ga qo‘shimcha hisoblanib, (keyingi o‘rinlarda SanQvaM) COVID-19 infeksiyasini tarqalish havfi bilan bog‘liq sanitariya-epidemiologik vaziyatda, turi, tashkiliy-huquqiy va mulkchilik shaklidan qat’iy nazar, maktabgacha ta’lim tashkilotlarining (MTT) ish faoliyatiga nisbatan tadbiq etiladi.
MTT rahbariyati va mintaqaviy viloyat maktabgacha ta’lim bo‘limi (MTB) xodimlari, istiqomat qilish joyi bo‘yicha davolash profilaktika muassasalari (DPM) mutaxassislari bilan birgalikda ota-onalar orasida COVID-19 pandemiyasi va boshqa yuqumli kasalliklar vaqtida uy sharoitida bolalarni nazorat qilishning afzalliklari to‘g‘risida tushuntirish ishlarini o‘tkazishlari va MTTlariga o‘ta zaruriyat bo‘lmaganda tashrif buyurishdan saqlanishlari lozim
1.3 MTT raxbariyati MTT ochilgunga qadar barcha xodimlarni sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi va jamoat salomatligi xizmatining hududiy markazlarining (SEOvaJSX) xodimlari tomonidan sanitariya-gigiena va epidemiyaga qarshi qoidalar bo‘yicha o‘qitishni tashkillashtiradi. O‘rgatilganlik to‘g‘risida yo‘riqnoma jurnali yuritiladi. (1-ilova).