II. COVID-19 pandemiyasida bolalarni qabul qilish qoidalari
2.1 MTTga bolalarni qabul qilish vaqtida quyidagi asosiy qonun qoidalarga rioya etish muhim hisoblanadi:
2.1.1.Tarbiyalanuvchini ota-onasi, ularning o‘rnini bosuvchi shaxs, ota-onaning voyaga etgan farzandlari, bobosi, buvisi yoki ota-ona tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ota-onaning vakili (keyingi o‘rinda – tarbiyalanuvchini olib keluvchi va olib ketuvchi shaxs) va tarbiyalanuvchilar MTTga tibbiy niqob tartibiga rioya etgan holda tashrif buyuradi.
2.1.2.Tarbiyalanuvchilar o‘zlari bilan o‘yinchoq, oziq-ovqat mahsulotlari va ichimliklarni olib kirishi taqiqlanadi.
2.1.3. Eshik oldida tarbiyalanuvchilar va tarbiyalanuvchining olib keluvchi va olib ketuvchi shaxslarni to‘planishini oldini olish maqsadida, tarbiyalanuvchilarni MTTga kelish va ketish jadvali tuziladi va tarbiyalanuvchini olib keluvchi va olib ketuvchi shaxslarga bu to‘g‘risida ma’lum qilinadi. Tarbiyalanuvchilar ko‘rsatilgan jadvaldagi vaqt oralig‘iga qat’iy rioya qilgan xolda olib kelinadi va olib ketiladi. Bunda iloji boricha MTTga tarbiyalanuvchilarni olib keluvchi va olib ketuvchi shaxslarning biri olib kelishi va olib ketishi maqsadga muvofiqdir.
2.1.4. Tarbiyalanuvchining olib keluvchi va olib ketuvchi shaxslarga MTT hududiga kirishi taqiqlanadi, tarbiyalanuvchini MTTning mas’ul xodimi qabul qilib oladi.
2.1.5. Tarbiyalanuvchilar va xodimlarni kontaktsiz salomlashishga rioya etishi ta’minlanadi.
2.1.6. Har kuni xodimlar va tarbiyalanuvchini MTT hududiga qabul qilish vaqtida eshik oldida, mazkur MTTning tibbiy xodimi tomonidan “ertalabki filtr” o‘tkaziladi va ko‘rsatkichlar maxsus jurnalga qayd qilinadi (2-ilova).
2.1.7. Tarbiyalanuvchilar, xodim va ularning oila a’zolari salomatligi holati (tana haroratini 370Sdan yuqori bo‘lishi, xolsizlik, yo‘tal va O‘RIning boshqa belgilari bo‘lganda) to‘g‘risida tarbiyalanuvchining olib keluvchi va olib ketuvchi shaxslaridan epidemiologik anamnez yig‘iladi.
2.1.8. Tarbiyalanuvchi va MTT xodimlarining tana harorati kontaktsiz pirometrlar yordamida o‘lchanadi va qayd etiladi. Tana haroratini 370Sdan yuqori bo‘lishi va/yoki O‘RI va boshqa kasallik belgilari aniqlanganda–tarbiyalanuvchilar yoki MTT xodimlari MTT hududiga kiritilmaydi hamda bu to‘g‘risida zudlik bilan hududiy SEOvaJSXga xabar beriladi.
2.1.9. MTT tarbiyalanuvchilarining qo‘llari o‘z tarkibida xlorli birikmalar mavjud bo‘lmagan antiseptik vositalar bilan tozalanadi. MTT xodimlarning qo‘llari antiseptik vositalar bilan tozalanadi.
2.1.10. Tarbiyalanuvchining olib keluvchi va olib ketuvchi shaxslar “ertalabki filtr” natijalarini kutadi va bolani MTTga qabul qilinganligidan so‘ng ketadi.
2.2. MTT xodimlari ishchi kiyim kiyib yuradilar va ish kuni davomida tibbiy niqoblarni har ikki soatda almashtirish jadvaliga rioya etadilar. Ishlatilgan doka niqoblari qaynatiladi, keyin dazmollanadi, bir martalik ishlatiladigan niqoblar 30 daqiqa davomida 1% li gipoxlorit natriy yoki gipoxlorit kalsiy eritmaga bo‘ktiriladi (boshqa zararsizlantiruvchi vositalar ishlab chiqaruvchining uslubiy ko‘llanmasi asosida ishlatiladi), so‘ngra utilizatsiya qilinadi,.
2.3. Tarbiyalanuvchi “ertalabki filtr”dan o‘tgandan keyin guruhga kirishdan oldin tibbiy niqobni echadi, kiyim va poyafzalini almashtiradi, so‘ngra MTT xodimi nazorati ostida 20 soniyadan kam bo‘lmagan muddatda qo‘llarini sovun bilan yaxshilab yuvadi.
2.4. Tarbiyalanuvchi va xodimlar qo‘lini gigienik tozalash jadvali ishlab chiqiladi (har soatda qo‘llarni sovunlab yuvish yoki tarkibida spirt saqlovchi antiseptik eritmalar bilan tozalash), ovqatlanishdan avval va keyin, hojatxonadan chiqqanda, o‘yin va sayrlardan so‘ng qo‘llar majburiy yuviladi.
2.5. MTTda tarbiyalanuvchilarning tana harorati kamida 2 marta (MTTga kelganda va uyga qaytishdan oldin) va extiyoj bo‘lganda o‘lchanadi.
2.6. Agarda tarbiyalanuvchilar yoki xodimlarda o‘zini yomon xis etish, tana haroratini ortishi, O‘RI belgilarini paydo bo‘lish xolatlari kuzatilsa, tarbiyalanuvchi yoki xodim izolyatorga joylashtiriladi. Izolyator mavjud bo‘lmagan hollarda tibbiy hamshira xonasiga yoki izolyasiya uchun mos bo‘lgan boshqa xonaga joylashtiriladi. Tarbiyalanuvchining olib keluvchi va olib ketuvchi shaxslarni chaqiriladi va bu to‘g‘risida hududiy SEOvaJSXga xabar beriladi.
2.7. Bir marta ishlatiladigan qog‘oz sochiqlardan foydalanish tavsiya etiladi. Qog‘oz sochiqlar, bir marta ishlatiladigan salfetkalar bilan ta’minlash imkoniyati bo‘lmaganda, ko‘p marta qo‘llaniladigan individual sochiqlardan foydalanish talab etiladi, ularga belgi qo‘yiladi, har kuni almashtiriladi va bir- biridan 25-30 sm masofada ilinadi.
2.8. Guruhlarda ta’lim mashg‘ulotlari, ovqatlanish va uyqu vaqtida bolalar orasidagi masofa kamida 1 metrda bo‘lishi ta’minlanishi lozim. Tarbiyalanuvchilar va xodimlar o‘rtasida uzoq muddatli to‘g‘ridan-to‘g‘ri jismoniy kontakt cheklanadi.
2.9. Xonada mavjud bo‘lgan barcha shaxslar o‘rtasida kamida 1 metr jismoniy masofani ta’minlash uchun guruhlarning tarbiyalanuvchilar bilan to‘ldirilishi 15 nafar tarbiyalanuvchilardan oshmasligi tavsiya etiladi.
2.10. Toza havodagi mashg‘ulot va sayrlar vaqtida turli guruhlardagi bolalarining o‘zaro muloqoti va aralashishi, hamda turli guruhlardagi tarbiyachilar va tarbiyachi yordamchilarining o‘zaro muloqotiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Dostları ilə paylaş: |