3. Sertifikatlashtirish bo’yicha milliy idoralar va ularning vazifalari
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qoshidagi davlat standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish markazi O’zdavstandart O’zbekiston Respublikasining «Mahsulotlar va xizmatlarni sertifikatlashtirish to’g’risida»gi qonunining 5-moddasida ko’rsatilgandek, O’zbekiston Respublikasining sertifikatlashtirish bo’yicha milliy idorasi hisoblanadi va u quyidagi yo’nalishda o’z faoliyatini olib boradi:
sertifikatlashtirish sohasida davlat siyosatini amalga oshirish, sertifikatlashtirishni o’tkazish bo’yicha umumiy qoidalar belgilash va ular haqida rasmiy axborotlarni matbuotda bosib chiqish;
respublikamizda sertifikatlashtirish tizimini takomillashtirish bo’yicha dasturlar loyihalarini ishlab chiqish va ularni hukumat muhokamasiga taqdim etish;
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda xalqaro sertifikatlashtirish tizimlariga qo’shilish to’g’risida qarorlar qabul qilish hamda sertifikatlashtirish natijalarini o’zaro tan olish to’g’risida bitimlar tuzish, sertifikatlashtirish masalalari bo’yicha boshqa davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan o’zaro hamkorlik qilish va O’zbekiston Respublikasini ushbu tashkilotlar faoliyatida qatnashishlarini ta’minlash;
majburiy sertifikatlashtirilishi lozim bo’lgan mahsulotlar ro’yxatini belgilash;
bir turdagi mahsulotlarni sertifikatlashtirish bo’yicha idoralar, sinov laboratoriyalari (markazlari), sertifikatlashtirish sohasi bo’yicha nazorat qilish idoralari hamda sifat bo’yicha ekspert-auditorlarni akkreditlash;
-sertifikatlashtirilgan mahsulotlar, sifatni boshqarish tizimlari, sertifikatlashtirish bo’yicha akkreditlangan idoralar, sinov laboratoriyalari (markazlari), sifat bo’yicha ekspert-auditorlarning Davlat reestrini yuritish hamda oziq-ovqat mahsulotlari va ularni tayyorlashda ishlatiladigan jihozlarning davlat ro’yxatidan o’tkazish;
-sertifikatlashtirish qoidalariga rioya qilish hamda sinov laboratoriyalari va bir turdagi mahsulotlarni sertifikatlashtirish idoralari tomonidan sertifikatlashtirilgan mahsulotlar ustidan davlat tekshiruvi va nazoratini amalga oshirish;
-muvofiqlik sertifikatlari va belgilarini amal qilishini bekor qilish va to’xtatish, sertifikatlashtirish bo’yicha idoralar (organlar)ning akkreditlanganligi haqidagi guvohnomalarini bekor qilish, sertifikatlashtirish bo’yicha qonuniy me’yorlarni bo’zganligi uchun sinov laboratoriyalar (markazlari)ning faoliyatini to’xtatib qo’yish.
Bir turdagi mahsulotlarni sertifikatlashtirish bo’yicha O’zdavstandart («O’zstandart» agentligi) tomonidan akkreditlangan idoralar quyidagi vazifalarni bajaradi:
bir turdagi mahsulotlarni sertifikatlashtirish tizimini tuzish va ularning amal qilinishini ta’minlash;
sertifikatlashtirishni tashkil qilish va o’tkazish;
milliy muvofiqlik yoki chet mamlakatlarning muvofiqlik sertifikat belgilarini berish va rasmiylashtirish;
sertifikatlashtirilgan mahsulot ustidan tekshiruvlarni amalga oshirish; -respublikada sertifikatlashtirish milliy tizimining talablariga asosan sertifikatlashtiriladigan mahsulot turlari va majburiy sertifikatlashtirish uchun me’yoriy hujjatlarni belgilash;
sertifikatlashtirish, akkreditlash va sinovlar bo’yicha tizimining davlat ro’yxatini olib borish;
Yuqorida ta’kidlanganidek, respublika hududlarida sertifikatlashtirish bo’yicha milliy idora (organ)lar vazifalarini standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish metrologik xizmatlar (SMSMX) bajaradi. Bu hujjatlar O’zdavstandart vakolati asosida quyidagi ishlarni bajaradi:
mahsulot (xizmat) ishlab chiqaruvchilar va ta’minlovchilarga
sertifikatlashtirish qoidalari to’g’risida rasmiy ravishda xabar berish;
sertifikatlashtirish qoidalariga rioya qilish ustidan davlat tekshiruvi va nazorati hamda ular tomonidan sertifikatlashtirilgan mahsulotlarning inspeksion tekshiruvini amalga oshirish;
ushbu hududda sertifikatlashtirilgan mahsulotlar reestrini yuritish;
-O’zdavstandart topshirig’iga asosan sertifikatlashtirish bo’yicha hududiy idoralar va sinov laboratoriyalari (markazlari)ni akkreditlash bo’yicha komissiyalar tashkil qilish, ularning ishi, idora va laboratoriyalari (markazlari) hamda inspeksion tekshiruvlarida ishtirok etish.
Yuqorida ko’rsatib o’tilgan vazifalarni amalga oshirish maqsadida O’zdavstandart ilmiy-tadqiqot, sinov tashkilotlari, ilmiy-texnik va jamoa tashkilotlari hamda iste’molchilar jamiyatlarini jalb etadi.