O’zbekiston Respublikasi sertifikatlashtirish milliy tizimi, milliy idoralar va ularning vazifalari


Sinov laboratoriyalari akkreditatsiyasi, mahsulotlarni sertifikatlashtirish



Yüklə 27,28 Kb.
səhifə5/8
tarix02.05.2023
ölçüsü27,28 Kb.
#106085
1   2   3   4   5   6   7   8
4. Sinov laboratoriyalari akkreditatsiyasi, mahsulotlarni sertifikatlashtirish
Barcha sertifikatlashtirish idoralari va sertifikatlashti-rish sinovlarini o’tkazuvchi laboratoriyalar (markazlar) majburiy ravishda akkreditatsiyadan o’tishadi.
Akkreditlash yoki akkreditatsiyadan o’tish deganda, muvofiqlikni baholash va tasdiqlash, shuningdek inson faoliyatining iqtisodiy, huquqiy, texnik va boshqa turli sohalarida sertifikatlashtirishni amalga oshirayotgan laboratoriya va idoralarning layoqatligini baholash hamda tan olishning xalqaro amaliyotida tan olingan usuli tushuniladi.
Har qanday laboratoriya, uning qaysi tarmoq yoki mulk shakliga mansub bo’lishi yoki qaysi idoraga bo’ysunishidan qat’iy nazar mahsulotni sertifikatlashtirish uchun akkreditlanishi mumkin. Buning uchun laboratoriya holisona sinov natijalarining ishonchliligi va aniqligini taminlaydigan huquqiy hamda tashkiliy holat va sifat tizimiga ega bo’lishi kerak. Bunday laboratoriyalar belgilangan tartibda O’zdavstandart («O’zstandart» agentligi)ga buyurtmalar beradi va unga «Akkreditatsiyadan o’tgan laboratoriyasi to’g’risida» Nizomning loyihasi laboratoriya pasporti va to’ldirilgan anketa savolnomasi ilova qilinadi. So’ngra talabnoma (buyurtma) ilovalari bilan O’zdavstandart («O’zstandart» agentligi) yoki uning topshirig’i bo’yicha sertifikatlashtirish uslubiy markazi O’zbekiston standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish va mahsulot sifatini boshqarish sohasidagi tadqiqotlar va mutaxassislar tayyorlash instituti (O’zTMTI) tomonidan ko’rib chiqiladi. Buyurtmaga ilova qilingan hujjatlarni ekspertizadan o’tkazadi va ekspertiza natijalari bo’yicha O’zdavstandart («O’zstandart» agentligi) tegishli qaror qabul qiladi va qaror to’g’risida talablar laboratoriya hamda sertifikatlashtirish idorasiga xabar beradi. Agar ekspertiza natijalari bo’yicha ijobiy qaror qabul qilinsa, u holda O’zdavstandart yoki uning topshirig’iga asosan sertifikatlashtirish idorasi laboratoriyani tekshirish bo’yicha tarkibi O’zdavstandart («O’zstandart» agentligi) tomonidan tasdiqlangan maxsus komissiya to’ziladi va bu komissiya tarkibiga O’zstandart («O’zstandart» agentligi) yoki sertifikatlashtirish idorasining vakili yoki xodimi (rais), O’zTMTIning mutaxassisi, ishlab chiqaruvchi va boshqa tashkilotlarning vakillari hamda sertifikatlashtirish davlat tizimining ekspert auditorlari kiradi.
Ushbu komissiya akkreditlanadigan laboratoriya holatini asosiy hujjatlar va akkreditlashtirish talablariga javob berish darajasi, texnik layoqatligi va holisligini tekshiradi. Shuning bilan birgalikda laboratoriyaning texnik layoqatligini baholash paytida laboratoriyaning tashkiliy va boshqaruv darajasi, rahbariyatning javobgarlikni hal qilishi, mutaxassislar bilan ta’minlanganligi va xodimlarning malakasi, ishlab chiqaruvchilar bilan o’zaro manfaatlik joylarining yo’qligi ham tekshiriladi.
Yuqorida ko’rsatib o’tilganlardan tashqari komissiya tomonidan laboratoriyaning quyidagi ko’rsatkichlari ham tekshirishdan o’tkaziladi:
-sinovlar o’tkaziladigan joylarda natijalarning aniqliligi va o’lchash natijalariga ta’sir etadigan atrof-muhit omillari (harorat, namlik, havoning tozaligi, tovush, tebranish , elektr-energiya va boshqalar);
-laboratoriyada qo’llaniladigan sinash usullarining me’yoriy hujjatlarda belgilangan talablar, sanitariya me’yori va qoidalari, texnik va yong’in xavfsizligi hamda atrof-muhitni muhofaza qilish talablariga javob berish darajalari;
- sinov jihozlari va o’lchash vositalarining holati;
-har bir jihoz va o’lchash vositalarining ro’yxatdan o’tganligi to’g’risidagi hujjatlar (varaqa, karta va shunga o’xshashlar);
-jihoz va o’lchash vositalarining nomi, turi, ishlab chiqargan korxona yoki firma, zavod va inventar tartib raqamlari (nomerlari), ishlab chiqilgan sanasi, ishlatilib boshlangan sanasi, sotib olingan vaqtidagi holati (yangi, ta’mirlangan, avval foydalanilgan), o’rnatilgan joyi, ko’rikdan o’tganligi va boshqalar;
-sinaladigan mahsulot uchun texnik talablar belgilaydigan hujjatlar, qo’llanayotgan o’lchash vositalarini davlat ko’rigidan va sinash jihozlarini attestatsiyadan o’tkazish uslublari, sinash natijalari tizimini belgilaydigan hujjatlar (qarorlar, ishchi jurnallar, hisobotlar va boshqalar).
Komissiya o’tkazilgan tekshirish natijalari asosida belgilangan tartibda dalolatnoma to’zadi va unga barcha komissiya a’zolari imzo chekkanlaridan so’ng uning bir nusxasi akkreditlanayotgan laboratoriya rahbariga tanishtirish uchun yuboriladi.
Agar tekshirish natijalari bo’yicha akkreditlanayotgan laboratoriyaning texnik layoqatligi va holisligi bo’yicha yoki faqat texnik layoqatligi bo’yicha akkreditlash uchun komissiya tomonidan qaror qabul qilinsa, u holda laboratoriyaga u yoki bu ko’rsatkichi bo’yicha muvofiqlik sertifikati beriladi.
Akkreditlash attestatsiyasi 5 yil muddatga beriladi va shuning bilan birgalikda akkreditlashdan o’tgan sinov laboratoriya to’g’risidagi «Nizom» loyihasi ham O’zdavstandart («O’zstandart» agentligi)ning bosh direktori yoki uning o’rinbosari tomonidan tasdiqlanadi. Akkreditatsiyadai o’tgan sinov laboratoriyasi Davlat reestri (ro’yxati)ga kiritiladi va shu kundan boshlab sinov laboratoriyasi attestatsiyadan o’tgan deb hisoblanadi.
Davlat reestridan o’tgan akkreditlash haqidagi attestat va O’zdavstandart («O’zstandart» agentligi) tomonidan tasdiqlangan «Nizom» loyihasi akkreditlangan sinov laboratoriyasiga yuboriladi.
O’zbekiston standartlashtirish, metrologiya, sertifikat-lashtirish va mahsulot sifatini boshqarish sohasidagi tadqiqotlar va mutaxassislar tayyorlash instituti (O’zTMTI) O’zbekiston Respublikasi sertifikatlashtirish milliy tizimining ilmiy-uslubiy markazi sifatida mahsulotlarni sertifikatlashtirish va akkreditlash bo’yicha asos bo’luvchi me’yoriy hujjatlar ishlab chiqadi. Sertifikatlashtirish idoralari va sinov laboratoriyalari (markazlari) da ishlaydigan mutaxassislar hamda ekspert-auditorlar malakasini oshirish, ularni tayyorlash va sertifikatlashtipish idoralariga bir turdagi mahsulotlarni sertifikatlashtirish bo’yicha uslubiy yordam ko’rsatadi.
Yuqorida ta’kidlab o’tilganidek, mahsulotlarni sertifikatlashtirishga tayyorlash va uni o’tkazish akkreditatsiyadan o’tgan sertifikatlashtirish idoralari tomonidan amalga oshiriladi.
Mahsulotlarni sertifikatlashtirishdan o’tkazish bo’yicha O’zdavstandart tomonidan umumiy qoidalar belgilangan va ular milliy hamda chet el sertifikatlashtirish obektlari uchun ham tegishlidir.
O’zbekiston muvofiqlik sertifikatlari va muvofiqlik belgilarini chet elda ham tan olish imkoniyatini ta’minlash maqsadida O’zbekiston Respublikasi sertifikatlashtirish milliy tizimi (O’zSMT) qoidalari ISO/MEK, ISO xalqaro standartlari, EN 45000 Evropa standartlari, sertifikatlash-tirish ishlarini amalga oshirayotgan boshqa xalqaro me’yorlar va qoidalarga asosan to’zilgan.
Hozirgi kunda respublikamizda sertifikatlashtirish bo’yicha xalqaro tajribaga asoslangan milliy va import qilinayotgan mahsulotlarni majburiy va ixtiyoriy sertifikatlashtirishning umumiy tartibi va sertifikatlashtirish sxemalarini belgilaydigan O’zbekiston davlat standarti O'zDSt 5.7:2003 qabul qilingan va u 2004 yildan buyon amalda.
O'zDSt 5.7:2003 O’zbekiston davlat standarti bo’yicha barcha mahsulotlarni O’zbekiston milliy standartlashtirish tizimida majburiy va ixtiyoriy ravishda sertifikatlashtirishdan o’tkazish uchun 10 ta (1.1a: 2.2a; 3.3a; 4.4a; 5; 6; 7; 8; 9.9a; 10.10a) sertifikatlashtirish sxemasi nazarda tutilgan. Shulardan 1-6, 9a 10a sxemalari muvofiqlik sertifikatining amal qilish muddati davrida seriyalab ishlab chiqariladigan, 7, 8 va 9 sxemalar sertifikatsiz ishlab chiqarilgan mahsulotlar partiyasi va onda-sonda ishlab chiqariladigan buyumlarni sertifikatlashtirishidan o’tkazishda qo’llaniladi.
O’zbekiston Respublikasi sertifikatlashtirish milliy tizimi tomonidan qabul qilingan sertifikatlashtirish sxemalari quyidagilardan iborat:

Yüklə 27,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin