O’zbekiston Respublikasi sertifikatlashtirish milliy tizimi, milliy idoralar va ularning vazifalari



Yüklə 27,28 Kb.
səhifə6/8
tarix02.05.2023
ölçüsü27,28 Kb.
#106085
1   2   3   4   5   6   7   8
1-sxema. Mahsulot namunasini sinovdan o’tkazish. Bu sxema yordamida faqat mahsulot namunalarining turlarini me’yoriy hujjatlar talablariga mos kelishini (muvofiqligini) maxsus tasdiqlangan sinov tashkilotlari (idoralari)da sinovdan o’tkaziladi, ya’ni sinovga taqdim etilgan namunani belgilangan talablarga muvofiqligi tasdiqlanadi, xolos. Bu sxema bo’yicha sertifikatlashtirish natijalari mahsulot sifatining doimiyligini kafolatlay olmaydi. Sertifikat beruvchi idora sinovdan so’ng hech qanday tekshiruv yoki nazoratni tashkil qilmaydi. Bu sxema o’zining oddiyligi va kam chiqimliligi sababli milliy hamda xalqaro savdo munosabatlarida muayyan darajada tarqalgan.
2-sxema. Bu sxema bo’yicha mahsulot namuna turlari maxsus tasdiqlangan sinov tashkilotlarida sinovdan o’tkaziladi, so’ngra uning sifatini savdo shaxobchalaridan vaqti-vaqti bilan olinadigan namunalar asosida nazorat qilib turiladi. Bu sxema yordamida taqdim etilayotgan namunalar sifatini baholash bilan bir qatorda chetdan keltirilgan seriyali ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifatini ham baholash mumkin. Buhol uning afzalligini bildiradi. Agar nazorat sinovlari natijasi bo’yicha mahsulot sifati me’yoriy hujjatlar talablariga muvofiq kelmasa, u holda mahsulotni savdo shahobchalaridan chiqarib tashlash mumkin bo’lmaydi yoki uni chiqarib tashlash uchun ayrim qiyinchiliklar tug’iladi, u holda bu sxemaning kamchiligi hisoblanadi.
3-sxema. Bu sxema namunalarga sertifikat berilgandan so’ng sotuvchi yoki iste’molchiga yubormasdan oldin vaqti-vaqti bilan tayyorlovchi korxonaning tayyor mahsulotlar omboridan olinadigan namunalarni sinash yo’li bilan inspeksion tekshiruv o’tkazishni nazarda tutadi. Bu sxemaning 2-sxemadan farqi shuki, mahsulot savdoga tushmasdan turib sinov nazoratidan o’tkaziladi va me’yoriy hujjat talablariga muvofiq bo’lmasa, u holda mahsulotning iste’molchiga jo’natilishi to’xtatilib, sifatsiz mahsulot ishlab chiqarishning oldi olinadi.
Bu sxema bo’yicha sertifikat 12 oy muddatga beriladi va har 6 oyda bir marta nazorat qilinadi.
4-sxema. Bu sxema 3-sxemadan shunisi bilan farq qiladiki, bunda qo’shimcha ravishda sotuvchidan olinadigan namunalarning ham inspeksion tekshiruvi o’tkaziladi. 4-sxema seriyali ishlab chiqarish mahsulotlarini har tomonlama va qat’iyroq inspeksiya tekshiruvini o’tkazish zarur bo’lganda qo’llaniladi.
5-sxema. Sertifikatlashtirishning bu usuli faqat mahsulot sifatini nazorat qilibgina qolmasdan, balki korxonada ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifatini kerakli darajada bo’lishini ham nazorat qiladi. Bu sxema sanoati rivojlangan davlatlarda ham xalqaro ceptifikatlashtirish tizimlarida eng ko’p tarqalgan sxema hisoblanadi.
5-sxemaning boshqa sxemalardan farqi uning murakkabligi va nisbatan ko’p chiqim talab qilishida, uning faolligi esa iste’molchining mahsulot sifat darajasining yuqori ekanligiga ishonch hosil qilishidadir. Bu esa asosiy mezon hisoblanadi.
6-sxema. Bu usul ayrim paytlarda korxona-tayyorlovchini attestatsiyalash usuli ham deb ataladi va u faqat korxonadagi mahsulot sifatini ta’minlash orqali tizimni baholanishini o’tkazishiga asoslangan (mo’ljallangan) bo’lib, faqat korxonaning belgilangan sifat darajasidagi mahsulot ishlab chiqarish qobiliyatini baholaydi.
7-sxema. Bu sxema tovarlar partiyasini sinash uchun mo’ljallangan. Bunda korxona ishlab chiqarayotgan yoki chetdan keltirilgan (import bo’yicha) tovarlar partiyasidan belgilangan qoidalar bo’yicha o’rtacha kichik namunalar tanlab olinadi va akkreditlangan laboratoriyada sinovlardan o’tkaziladi, so’ngra sertifikat berish protsedurasi bajariladi, inspeksion tekshiruv o’tkazilmaydi.
8-sxema. Bu usul tayyorlangan har bir yoki ayrim buyumlarning me’yoriy hujjatlar talablariga muvofiqligini sinovlar o’tkazish yo’li bilan aniqlashga asoslangan bo’lib, mahsulotni iste’mol qilish jarayonlarida uning me’yoriy hujjatlar talablariga mos kelmasligi natijasida iste’molchiga katta iqtisodiy zarar etkazganidan qo’llaniladi. Sertifikatlashtirishning bu usuli ko’proq qimmatbaho metallar va qotishmalardan tayyorlangan buyumlarda qo’llaniladi, chunki bu erda qimmatbaho metallarning belgilangan miqdori, tarkibi va ularning tozaligi tekshiriladi.Mahsulot sifatini etkazib beruvchi tashkilot dekloratsiyasida ko’rsatilgan talablarga muvofiq kelish-kelmasligini tasdiqlash uchun 9-10 sertifikatlashtirish sxemalari qo’llaniladi.Agar sertifikatlashtirish bo’yicha akkreditlangan idora ushbu mahsulotni korxonada ishlab chiqarilishi mumkinligi va uning sinovlar natijasida tasdiqlangan tavsiflarining barqarorligi haqida aniq ma’lumotlar bo’lmasa, u holda 1, 2, 3, 4, 9 va 10 sertifikatlashtirish sxemalari 1a, 2a, 3a, 4a, 9a va 10a sxemalari bilan birgalikda qo’llaniladi. Bunday hollarda korxonaning ishlab chiqarish holati, sifat tizimi yoki mahsulotni sertifikatlashtirish bo’yicha ekspertlar tomonidan tahlil qilinishi kerak bo’ladi.Mahsulotni 1a, 2a, 3a, 4a, 9a va 10a sxemalari bo’yicha majburiy sertifikatlashtirishdan o’tkazish paytida ishlab chiqaruvchining sifat tizimi yoki ishlab chiqarishga muvofiqlik sertifikati mavjud bo’lsa, u holda ishlab chiqarish holati qaytadan baholanmaydi.

Yüklə 27,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin