Maktabgacha va maktab yoshidagi bolalaning asab-ruhiy rivojlanishini
baholash bir oz mushkullik tug‘diradi. Shu o'rinda Kern-Erazek testidan
foydalanish maqsadga muvofiq. Bola 3 yoshga yetganda odamning rasmini,
asosan, 3 ta qismdan iborat qilib (boshi, ko'zlari va oyoqlari) chiza boshlaydi. 4-4,5
yoshda esa 6 qismdan iborat odamni chizadi. Agar bola asab-ruhiy rivojlanishi
jihatidan maktabga tayyor bo'lsa, odamni chizganidan barcha qismlarini to'g’ri
ko'rsatib beradi (ko'zlari, quloqlari, bo'yni, barmoqlari, kiyimlari). Mana shu
xususiyatlarni hisobga olib, Kern-Erazek testida vazifalar 3 taga bo'linadi:
1.
Odamning tuzilishini chizish.
2.
Harflarni nusxa qilish.
3.
Nuqtalarni nusxa qilish.
Har bir sinama uchun 1 dan 5 ballgacha baho qo'yiladi (1 – yuqori ball
hisoblanadi, 5 – eng past). Olingan ballar yig’indisi hisoblanadi. Asab-ruhiy
rivojlanishi yetuk deb ballar yig’indisi 5 ga teng bo'lgan bolalar hisoblanadi,
o'rtacha yetuklikdagi bolalarda ballar yig’indisi 6-9 ni tashkil qiladi, 10 va undan
yuqori ball to'plagan bolalar yetuk emas deb hisoblanadi.
Baholash mezonlari quyidagilar:
Dostları ilə paylaş: |