21
22)
Oddiy bo
ʻ yindan tanaga oʻ rnatish refleksi (5-6 oydan) – bolaning
boshini bir tomonga burilsa, tanasi ham shu tomonga ketma ketlikda alohida
buriladi – avval tananing ko
ʻ krak qismi, soʻ ngra tos qismi.
23) Tanadan tanaga zanjirli o
ʻ rnatish refleksi (6-7 oydan) - bolaning
yelkani bir tomonga burilsa, tanasi va qo
ʻ l–oyoqlari ham shu tomonga ketma
ketlikda alohida buriladi.
Shartsiz reflekslarni tekshirish natijalarini baholash
Bolaning yoshini inobatga olib refleksning paydo bo
ʻ lish va yoʻ qolish
vaqti, simmetrik ekanligini inobatga olish zarur. Me'yoriy asab-ruhiy
rivojlanayotgan bolada shartsiz reflekslar o
ʻ z vaqtida paydo boʻ lib, oʻ z vaqtida
yo’qolodi. Tekshiruvlardagi reflekslarning buzilishi quyidagilardan iborat:
1) ma'lum yoshda reflekslarning bo
ʻ lmasligi asab–ruhiy rivojlanishni
kyechikish belgilaridan xisoblanadi;
2) agar bolada shu yoshida mavjud bo
ʻ lmasligi kerak boʻ lgan reflekslar
aniqlangan bo
ʻ lsa, ular patologik xisoblanadi.
Shuning uchun ifodalangan barcha me'zonlarni baholagandan so
ʻ ng,
shartsiz reflekslarni namoyon bo
ʻ lishi bola yoshiga mosligi bilan solishtirilishi
kerak.
Dostları ilə paylaş: