36
gipotoniyasida spontan harakatlar kamayadi; ochlik, sovuq qotish, og
ʻ riq, nam
tagliklar - ularni kuchaytiradi.
Passiv harakatlar bola bo
ʻ gʻ imlarini bukish va yozish yoʻ li bilan
tekshiriladi. Passiv harakatlarni cheklanishi (amalga oshmasligi) mushak tonusini
yuqoriligi yoki bo
ʻ gʻ imlar shikastlanishi bilan bogʻ liq boʻ lishi mumkin. Passiv
harakatlar hajmini ortishi, bo
ʻ gʻ imlar relaksasiyasi mushak tonusini pasayishidan
dalolat beradi.
Aktiv harakatlar bolani sergaklik paytida, u bilan o
ʻ ynash yoki yyengil
gimnastik mashqlarni bajarish orqali tekshiriladi. Shu bilan turli mushak va
bo
ʻ gʻ imlarda harakatni cheklanishi yoki yoʻ qligi aniqlanadi (markaziy nerv
tizimi shikastlanishlarida - parez, paralich; mushaklarni, suyaklarni, bo
ʻ gʻ imlarni
anatomik o
ʻ zgarishlarida, ogʻ riqlarda).
Bolani tashqi ko
ʻ rinishi, oʻ zini tutishi, bir ikkita oson savolga javob
berishi uni somatik va psixik holati haqida umumiy ma
ʼ lumot beradi.
Asab-ruhiy rivojlanishni o
ʻ z vaqtida aniq baholash uchun bolani yoshiga
mos shartli ravishda 6 ta bosqich ajratilgan:
I bosqich
- 0-1 oylik;
II bosqich - 1-3 oylik;
III bosqich - 3-6 oylik;
IV bosqich - 6-9 oylik;
V bosqich - 9-12 oylik;
VI bosqich - 1-3 yosh.
Shuning uchun 5 ta me
ʼ zonni baholagach, sharsiz reflekslar namoyon
bo
ʻ lishi haqidagi maʼ lumotlarni bolaning yoshi bilan solishtirish zarur.
Normada asab-ruhiy rivojlanishni ko
ʻ rsatkichlari keltirilgan yosh
bosqichiga mos kelishi kerak. Ba
ʼ zan bu meʼ zonlarni shakllanish ketma-ketligi
biroz buzilgan bo
ʻ lishi mumkin: ulardan biri 1 bosqichga oldinlab ketadi,
boshqasi — 1 bosqich orqada. Uzoq davom etgan kasallik va tarbiyaning
yetishmasligi barcha ko
ʻ rsatkichlarni faqat bitta bosqich orqada qolishiga olib
kelishi mumkin, lekin undan ortiq emas. Asab tizimi uchun bunday kechikish
funksional hisoblanadi.
Asab-ruhiy rivojlanishni 2 va undan ortiq bosqichga kechikishi rivojlanishni
patologik orqada qolishini bildiradi va bunda ensefalopatiya tashxisi qo
ʻ yiladi.
Bolaning normal rivojlanishida barcha bosqichlar 2 yoshga borib o
ʻ z nihoyasiga
yetishi kerak. Agar bunday bo
ʻ lmasa, unda ikki yoshdan keyin aniq oligofreniya,
gidrosefaliya, epilepsiya kabi tashxislar qo
ʻ yiladi.
Dostları ilə paylaş: