Dastur toʼplаmi o‘zbekiston respublikasi-fayllar.org
36
36
18
tarixining pasport qismini to`ldirish va qabul qilinganligi haqida daftarga qayd etishni o`rganadilar. Tug`ruqning ikkinchi davrida tug`ruqni boshqarish va qabul qilishda akusherkalarga yordam berishadi. Issiqlik zanjirini saqlashda va bolani birlamchi artib- tozalashda ishtirok etishadi. YAngi tug`ilgan chaqaloqning umumiy holati Apgar shkalasi bo`yicha baholashni o`rganadilar. O`quvchilar tug`ruqning uchinchi davrida AQB o`lchash, pulsni sanash, platsenta ajralganligi belgilarini aniqlashda, tug`ilgan plantsentaning butunligini tekshirishda, tug`ruqda yo`qotilgan qon miqdorini aniqlashda qatnashadilar.
O`quvchilar chilla davri bo`limidagi tuqkan ayollar bilan «tug`ruqdan so`nggi davr gigienasi», «sut bezlarini parvarish qilish» mavzularida suhbatlar o`tkazishadi. Bunda asosiy e’tiborni tug`ruq majmuai sharoitida chilla davri kasalliklari, profilaktikasi, tug`ruq majmuai sanitariya tartibini bajarishga qaratish lozimgini uqtiradi. O`quvchilar chilla davri yuqumli kasalliklariga chalingan ayollar va ularning tug`ruq tarixini taxlil
qilishda, ularni parvarish qilish va davolashni tashkil etishda qatnashadilar.
2
Xotin-qizlar maslaxatxonasi
Akusher-ginekolog qabulida ishtirok etish. Ko`zgular yordamida qinni tekshirish va surtma olish. CHanoq o`lchamlarini o`lchash. Homiladorlikning dastlabki muddatlarini aniqlash. Patronaj ishlarini o`tkazish.
Venadan qon olish. SHifokor ko`rsatmalarini bajarish. Qin vannasini o`tkazish, tapmon qo`yish.
Homiladorlik varaqasini to`ldirishni qin va bachadon bo`ynini qin ko`zgulari yordamida ko`rish uchun jixozlar tayyorlashni; qinning tozalik darajasini aniqlash uchun surtma olishni;patronaj ishlarini o`tkazishni;Ayollarni tibbiy ko`rikdan o`tkazishda qatnashish;Tug`uvchi ayolni qabul qilish va qabul daftariga qayd qilishni, tug`uvchi ayoldan anamnez yig`ishni.Tug`ruq varaqasining pasport qismini to`ldirishni, chanoqni tashqi o`lchamlarini o`lchashni, bachadon tubi balandligini o`lchashni homilaning tahminiy vazini aniqlashni;