1.
|
Oilaviy
poliklinika, qishloq vrachlik punktida yoki ishlab chiqarish korxonalariningsal omatlik bo`limi (zdravpukt)da ishlash, shaxar vrachlik punktida ishlash.
|
O`quvchilar oilaviy poliklinika, OSHP va korxonalarning salomatlik punkti tuzilishi, vazifalari, ishni tashkil qilishni, yurgiziladigan hujjatlari bilan tanishtiriladi, punktdagi feldsher va doya bilan birgalikda bemorlarni, homilador ayollarni, sog`lom va bemor bolalarni qabul qiladilar, profilaktik ishlarni o`tkazadilar, yuqumli kasalliklar bilan og`rigan bemorlarni aniqlaydilar, infektsiya o`chog`ida zarur chora –tadbirlarni o`tkazadilar. Sanitariya maorif ishlarini olib boradilar. SHu profilaktik davolash muassasasida feldsherning tutgan o`rni va vazifalariga katta e’tibor beriladi. O`quvchilar oilaviy poliklinikaning tuzilishi, ishlash tartibi, vazifalari bilan tanishadilar. Uchastka shifokori va hamshirasi bilan birgalikda bemorlarni qabul qiladilar. Patronaj, dispanser nazorati, statistika hisoboti bilan shug`ullanadilar; Kunduzgi shifoxona bo`limida ishlaydilar. Sanitariya maorif ishlarida faol qatnashadilar. Zarur bo`lganda
laboratoriyaga siydik va qonni tekshirish uchun yo`llanmalar va boshqa tibbiy hujjatlar yozib berishadi, tug`ruqqa tayyorlashning psixoprofilaktik usullari bilan tanishadi, oilaviy poliklinikaning uchastkasidagi homilador ayollarni patronaj qilishadi va patronaj varaqalarini to`ldirishadi. Homilador ayollarni, laktatsiya davriga tayyorlashga ko`maklashadilar. “Onalar maktabi” ishi bilan tanishadilar.
Amaliy mashg`ulot tug`ruq majmuaining tug`ruq blokida o`tkaziladi. Tug`ruq majmuaida o`quvchilar homilador va tug`uvchi ayolni qabul qilishni, tug`ruq
|
| |