|
|
ginekologiya bo`limida hayz ko`rish faoliyatining buzilishi tufayli davolanayotgan ayollarning kasallik tarixini klinik tahlil qiladilar, jumboqli masalalar echadilar. O`qituvchi o`quvchilarga hayz ko`rish faoliyatining buzilishi, ularning ko`rinishlari, aniqlash va diagnostikasi uchun ko`llaniladigan usullar bilan tanishtiradi. Bo`limlarda hamshiralarga bemorlarda funktsional-diagnostik testlarni o`tkazishga va davolashga yordam beradilar. Xotin-qizlar maslahatxonalar va tug`ruq majmuasi ginekologiya
bo`limlarda shoshilinch xolatlarda tez tibbiy yordam ko`rsatishni o`rganadi.
|
|
|
|
2
|
Homiladorlik
ning birinchi va ikkinchi yarmida parvarish qilish, qon ketishida feldsherning vazifalari va shoshilinch yordami.
|
Amaliy mashg`ulot akusherlik majmualarining tug`ruq bo`limlarida, ginekologiya bo`limlarida o`tkaziladi
O`quvchilar homiladorlik patologiyasi bo`limida homila tushish xavfi bo`lgan ayollarni kuzatishadi va uni saqlash rejasi bilan tanishadilar. CHala tug`ilgan bolalarni kyuvezda parvarish qilish qoidalari bilan tanishadilar va parvarish qilishda hamshiralarga yordam beradilar. Akusherlik postida ishlaydi,
«Abortning zarari», «Alkogol, tamaki va dori- darmonlarning homiladorlikka ta’siri» mavzularida suhbatlar o`tkazadi. Homilador ayolni ko`rikdan o`tkazadi, homiladorlik muddatini aniqlaydi, muddatidan o`tgan homiladorlik belgilarini aniqlaydi O`qituvchi bola tashlashda ayolga shoshilinch yordam berishda, abortga qarshi chora-tadbirlar o`tkazish ishlarida feldsherning vazifalari bilan o`quvchilarni tanishtiradi. Xotin-qizlar maslahatxonalari, tug`ruq majmualarining homiladorlik patologiyasi bo`limlarida mustaqil ishlash, muolajalarni mustaqil bajarish, bo`lim hujjatlarini rasmiylashtirishni o`rganish, shoshilinch xolatlarda tez tibbiy yordam ko`rsatishni o`rganadi Amaliy mashg`ulot tug`ruq bo`limlarida o`tkaziladi. O`quvchilar tug`ruq yo`llarining turli xil shikastlanishlariga sabab bo`lgan tug`ruq tarixi bilan tanishadilar va muammoli vaziyatdan masalalarni echadilar.
Yo`ldoshning oldinda joylashganligini va barvaqt ko`chishi asorati bilan kechgan tug`ruq tarixlarini klinik taxlil qiladilar. Homilador ayollardan qon ketganda shoshilinch yordam berishda va ularni parvarishlashda ishtirok etadilar. Oilaviy poliklinikalarida qon ketishga xavfi yuqori bo`lgan guruhlar bilan ishlab, profilaktik chora-tadbirlarni ishlab chiqish va patronaj ishlari bilan shug`ullanishadi.
|
| |