nutritsiologiya sohasida umumiy amaliyot feldsher-akusheriining vazifa va maqsadlari shakllanadi;
zamon talablariga javob bera oladigan kadrlarni tayyorlashga zamin yaratiladi;
oziq-ovqat mahsulotlarining sifatiga baho berish takomillashtiriladi;
ovkat tarkibidagi surrogatlar va falsifikatlar me’yorini bilishga imkon beradi;
oziq - ovqatlar ustidan joriy sanitariya nazorati to`g`risida ma’lumotlarni egallaydi;
ovqatlanish gigienasi sohasida Davlat sanitariya nazoratining vazifasi bo`yicha bilim va ko`nikmalar shakllanadi;
fanga oid bilimlarni umumlashtirish orqali oziq- ovqat mahsulotlaridan kelib chiqadigan kasalliklarni profilaktikasi takomillashtiriladi;
oziq-ovqat korxonalari va omborxonalar ustidan sanitariya- gigienik nazorati o`rganiladi;
ovqatdan kelib chiqadigan zaharlanishlarga qarshi chora- tadbirlarni ishlab chiqarish o`rganiladi;
iste’molga yaroksiz ozik-ovkat maxsulotlarini savdoga chiqarmaslik, aholini salomatligini saqlash yo`lida mezonlar ishlab chiqiladi;
aholi o`rtasida sanitariya –oqartuv ishlarini olib borish bilimlari shakllanadi.