O`zbekiston respublikasi sog`liqni saqlash vazirligi o‘rta maxsus professional ta‘limning


- FELDSHER - AKUSHERLIK ISHI kasbi bo`yicha GINEKOLOGIYA VA REPRODUKTIV SALOMATLIK



Yüklə 2 Mb.
səhifə183/286
tarix16.12.2023
ölçüsü2 Mb.
#182976
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   286
Dastur toʼplаmi o‘zbekiston respublikasi-fayllar.org

- FELDSHER - AKUSHERLIK ISHI kasbi bo`yicha GINEKOLOGIYA VA REPRODUKTIV SALOMATLIK

NAMUNAVIY O`QUV DASTURI


Kvalifikatsiya raqami va nomi:

5.71.01.01. Umumiy amaliyot feldsher –


akusheri.


O`quv rejadagi tartib raqami:

3.13



Ajratilgan auditoriya soat:

54




Toshkent 2021 yil

Tuzuvchilar:

X. A. Usmonova


YUnusobod Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat Salomatligi texnikumi etakchi o`qituvchisi


A. K. To`xtaeva


YUnusobod Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat Salomatligi texnikumi etakchi o`qituvchisi



Taqrizchi:

N. A. Nurmatova


YUnusobod Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat Salomatligi


direktori, t.f.n.

          1. O`quv dasturi umumiy talablari




O`quv dasturining nomi


Ginekologiya va reproduktiv salomatlik


Ajratilgan soat


54


Mavzular soni


9


Dasturning maqsadi
  • Ginekologik yordam ko`rsatish muassasalari, kishloq vrachlik punktlari, oilaviy poliklinikalar, xotin-qizlar maslahatxonalarida ishlay oladigan yuqori malakali feldsher - akusher mutaxassislarni tayyorlash;


  • o`quvchilarning ginekologiya va reproduktiv salomatlikka oid bilimlarini tizimli umumlashtirish orqali sog`lom turmush tarzi kechirib, reproduktiv salomatlikni yaxshilash, jinsiy a’zolarda uchraydigan kasalliklar profilaktikasi to`g`risidagi nazariy bilimlarini takomillashtirish;


  • bilim va ko`nikmalarni mustahkamlash orqali ginekologiyadagi turli shoshilinch holatlarda tibbiy yordam ko`rsata olish malakalarini hosil qilish;


  • ginekologiyada kechiktirib bo`lmaydigan holatlarda shifokorgacha tez tibbiy yordam ko`rsatishni, mustaqil tashhis qo`yib, bemorga ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko`rsatish ko`nikmalarini shakllantirish;


  • reproduktiv yoshdagi ayollar salomatligini muhofaza qilish va zamonaviy kontratseptiv vositalarni qo`llanishi bo`yicha tavsiyalar berishni va kasbi bo`yicha zarur bo`lgan malakaga erishish.




O`zlashtirish (o`qitish) natijalari

O`quvchilar:


  • ginekologik yordam ko`rsatish muassasalari, kishloq vrachlik punktlari, oilaviy poliklinikalar, xotin-qizlar maslahatxonalarida malakali feldsher – akusher sifatida ishlay oladilar;


  • ginekologiya va reproduktiv salomatlikka oid bilimlarini tizimli umumlashtirish orqali sog`lom turmush tarzi kechirib, reproduktiv salomatlikni yaxshilash, jinsiy a’zolarda uchraydigan kasalliklarni oldini olishdagi feldsherning vazifalari haqida bilib oladilar;


  • ginekologiyada kechiktirib bo`lmaydigan holatlarda shifokorgacha tez tibbiy yordam ko`rsatishn mustaqil tashhis qo`yib, bemorga ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko`rsatish ko`nikmalarini mustaqil bajarv oladilar;


  • fanni boshqa tibbiyot fanlari bilan uzviy bog`lay oladilar.




Bilim
  • Ginekologiya va reproduktiv salomatlik haqida tushuncha;


  • ginekologiyada etika va deontologiyaning o`ziga xosligi;


  • reproduktiv davrning o`ziga xos jismoniy, ruhiy va ijtimoiy xususiyatlari;


  • ginekologik patologiyalarning xususiyatlari va ularda ko`p kuzatiladigan kasalliklarda feldsherning vazifalari;


  • tekshiruvdan o`tayotgan va davolanayotgan ginekologik bemorlarni parvarish qilish xususiyatlari;


  • zamonaviy kontratseptiv vositalar va ularni qo`llanishi bo`yicha tavsiyalar berish;


  • o`tkir qorin sindromi vaqtida shoshilinch yordam ko`rsatish;


  • ginekologik patologiyalarda shoshilinch yordam ko`rsatish;


  • mustaqil tashhis qo`yib, bemorga ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam




ko`rsatish ko`nikmalariga ega bo`lish;


  • ginekologik kechiktirib bo`lmaydigan holatlarda tez tibbiy yordam ko`rsatish malakalariga ega bo`lish.




Ko`nikma
  • Ishlatiladigan asbob-anjomlarni zararsizlantirish;


  • dezinfektsiyalovchi eritmalarni tayyorlash va qo`llash;


  • biksga asbob-anjomlarni joylash va sterillash;


  • tashqi jinsiy a’zolarni ko`zdan kechirish;


  • qin ko`zgulari yordamida va bimanual tekshiruvga bemorni tayyorlash;


  • reproduktiv yoshdagi ayollar bilan muloqot o`rnatish;


  • ginekologik bemorlarga buyurilgan muoljalarni o`tkazish;


  • ginekologik kasalliklarda ayollarni parvarish qilish;


  • ginekologik patologiyalarda shoshilinch yordam ko`rsatish;


  • reproduktiv yoshdagi ayollarni tekshirish va parvarish qilishda qatnashish;


  • tug`ish yoshidagi ayollarni sog`lomlashtirishda faol qatnashish;


  • zamonaviy kontratseptsiya usullari va ulardan foydalanish bo`yicha ayollarga tavsiyalar va maslahat berish.







Yüklə 2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   286




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin