O`zbekiston respublikasi sog`liqni saqlash vazirligi o‘rta maxsus professional ta‘limning



Yüklə 2 Mb.
səhifə36/286
tarix16.12.2023
ölçüsü2 Mb.
#182976
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   286
Dastur toʼplаmi o‘zbekiston respublikasi-fayllar.org

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
O‘rta maxsus (texnikum) professional ta’limn 5.71.01.01-Feldsher-akusherlik ishi
UMUMIY AMALIYOT FELDSHER-AKUSHERI
mutaxassisligi bo‘yicha


TIBBIYOT TARIXI NA’MUNAVIY O‘QUV DASTURI
Kvalifikatsiyalar nomi: 1.Umumiy amaliyott feldsher akusheri (bo‘lim) O‘quv rejadagi tartib raqami 2.06
Ajratilgan soat 36


Toshkent2020

Tuzuvchilar:
Z.X.Zokirova. Yunusobod Abu Ali Ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi bosh o‘qituvchisi

G.K.Razzokova Yunusobod Abu Ali Ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi yetakchi o‘qituvchisi


Taqrizchilar:

D.X.Abdullaeva


Yunusobod Abu Ali ibn Sino nomli jamoatchilik salomatligi texnikumi O‘TIBDM



  1. O‘quv dasturi umumiy talablari.

Dastur nomi


Tibbiyot tarixi


Ajratilgan soat


36

Mavzular soni

16

Dasturning maqsadi

O‘quvchilarni qadimgi davrdan hozirga qadar rivojlanib kelayotgan tibbiyot tarixi bilan tanishtirish, umummadaniy va kasbiy kompetensiyalarni shakllantirishga qaratilgan. Shu bilan birga tarixiy voqealar asosida tibbiyot va sog‘liqni saqlash sohasining yutuqlari va istiqbollarini ob’ektiv tahlil qilishga o‘rgatish; tibbiyotning shakllanishi va rivojlanishining umumiy qonuniyatlarini aniqlash; insoniyatning rivojlanishi tarixidagi buyuk sivilizatsiyalarning tibbiyot sohasidagi kashfiyotlarining ahamiyatini ochib berish; buyuk allomalar, dunyoning taniqli olimlari va shifokorlari hayoti va faoliyati bilan tanishtirish; O‘zbekiston hududida tibbiyotning o‘ziga xos bo‘lgan rivojlanish tarixini asoslash; tibbiyot etikasi tamoyillarini singdirish; yuqori axloqiy fazilatlar: o‘z kasbiga muhabbat, burchga sadoqat, insonparvarlik va vatanparvarlik tuyg‘usini tarbiyalash; ilmiy va madaniy dunyoqarashni


kengaytirishdan iborat.

O‘zlashtirish natijalari


  • Tibbiyot tarixi va uning bo‘lajak tibbiyot xodimi amaliyotidagi ahamiyatini;


  • Qadimgi Mesopotamiya va Qadimgi Misr tibbiyoti tarixini;


  • Qadimgi hind tibbiy risolalarida Qadimgi Hind tibbiyoti masalalarining yoritilishini;


  • Qadimgi Xitoyda tibbiyot va uning o‘ziga xos tomonlarini;


  • Qadimgi Yunon va Rim tibbiyoti shakllanishi va rivojlanishini;


  • O‘zbekiston hududida ilk tibbiy bilimlarni;


  • O‘rta asr G‘arb va SHarq tibbiyotini;


  • O‘rta asr SHarq allomalarining tibbiyot rivojiga qo‘shgan hissalarini;


  • Abu Ali Ibn Sinoning ilmiy merosini;


  • Amir Temur va temuriylar davridagi taniqli tabiblar va ularning faoliyatini;



O‘zbek xonliklari davrida tibbiyot rivojini;

  • XVII asrdagi tabiiy fanlardagi tub burilish va uning tibbiyotga ta’sirini;

  • XVIII-XIX asrda tibbiyot sohasida erishilgan yutuqlar. XX-XXI asrlarda tibbiyot ilmining dolzarb masalalarini;

  • Sovet tuzumi davrida O‘zbekistonda tibbiyotning rivojlanishiga hissa qo‘shgan olimlar va ularning faoliyatini;

  • O‘zbekistonda sog‘liqni saqlashni davlat tizimining barpo etilishi va oliy tibbiy ta’lim tizimining rivojlanishini;

Bilimlar


  • Insoniyat tarixining turli bosqichlarida tibbiy fikr va tibbiy amaliyot rivojlanishining mantig‘i va qonuniyatlarini;


  • Bemorlar bilan munosabat jarayonida tibbiyot tarixi, madaniyati va etikasi tarixi bo‘yichaolgan bilimlarini;


  • Tibbiy amaliyotda insonparvarlik va umuminsoniy qadriyatlar g‘oyalarini.


  • Qadimgi zamonlardan to hozirgi kungacha dunyoning turli




mamlakatlarida tibbiyot rivojlanishining asosiy bosqichlari va umumiy qonuniyatlarini;


  • Turli tarixiy davrlardagi (ibtidoiy jamiyat, qadimgidunyo, o‘rta asrlar, yangi va eng yangi davrlar) davolash va tibbiyot rivojlanishining o‘ziga xos xususiyatlarini;


  • Ma’naviy madaniyatining rivojlanishi jarayonida yirik sivilizatsiyalarning tibbiyotdagi yutuqlarini;


  • Insoniyat tarixida dunyoning taniqli shifokorlarining tibbiy fanlar va tibbiy amaliyot rivojlanishiga qo‘shgan hissasalarini;


  • O‘zbekiston hududida qadimgi davrdan hozirgi kungacha tibbiyotning rivojlanishini.


Ko‘nikmalar


  • axborotni to‘plash, saqlash, ularga ishlov berish va ulardan foydalanish usullarini egallashi;


  • yangi bilimlarni mustaqil o‘zlashtira olishi, takomillashtirishi va o‘z mehnatini ilmiy asosda tashkil qila bilish;


  • mustaqil fikr bildirish, tahlil qilish, mantiqiy fikrlash;


  • munozara va davra suhbatlari yuritish;


  • tibbiyot etikasi tamoyillari va qoidalarini qo‘llay olish


O‘quv rejasiga muvofiq o‘zaro bog‘liq bo‘lgan fan


nomi

O‘zbekiston tarixi


O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasi. Fuqarolik jamiyati

O‘qitishning tashkiliy


shakli

N- nazariy ta’lim;


A-amaliy ta’lim

Dasturga qo‘yilgan


talab

Majburiy


O‘qitish tili


Guruhga tayinlangan dars tili asosida


Baholash tartibi


Joriy baholash tartibiga asoslanib


O‘quvchilarning bilim


va ko‘nikmalarini baholash

YOzma, og‘zaki, savol-javob, munozara, test, amaliy topshiriq.







O‘quv dasturi mazmuni.







Yüklə 2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   286




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin