Xirurg qõllariga ishlov berish texnikasi
Fyurbringer usuli – qo‘llar issiq suvda shyotka bilan sovunlab 10 daqiqa
mobaynida yuviladi. So‘ng qo‘llar steril kalfetka bilan artilib, 3 daqiqa mobaynida
70% li etil spirti bilan ishlov beriladi. 0,5% li simob dixloridi bilan 3 daqiqa
mobaynida ishlov berilgach, barmoq uchlariga yodning spirtla eritmasi surtiladi.
Alfeld usuli – qo‘llarning har biri 5 daqiqadan oqar suvda shyotkalab yuviladi.
Qo‘llarni yuvish vaqtida kaft qismi bilak qismidan yuqoriroqda bo‘lishi kerak. So‘ng
qo‘llar steril sochiq bilan artilib, 5 daqiqa mobaynida 96%
li etil spirti bilan ishlov
beriladi. Tirnoq yotoqlariga yodning spirtli eritmasi surtiladi.
Spasokukotskiy – Kochergin usuli. Qo‘lni yuvish uchun mo‘ljallangan quruq
tog‘oraga 5 ml 96% li spirt quyib, yoqiladi. Tog‘orani
har tomonga qiyshaytirib,
uning ichki satxi kuydiriladi. Tog‘oraga 1 l distillangan suv quyiladi va 5 ml
nashatir spirti (0,5% li nashatir spirti eritmasi) quyiladi. SHunday eritmada qo‘lni 2
ta tog‘orachada 3 daqiqadan yuviladi. Qo‘lni oldin shyotka bilan sovunlab yuvish
shart emas. Qo‘lni amalda toza bo‘lishining o‘zi kifoya qiladi. YUvish texnikasi: 1)
steril salfetka bilan avval har qaysi barmoqning kaft, so‘ngra chap panjaning kaft
va kaft orqa yuzasini, so‘ngra o‘ng qo‘lniki, shundan so‘ng chap, keyin o‘ng
qo‘lning bilak oldi qismini va nihoyat bilaklar yuviladi, keyin qo‘llarni xuddi shu
tariqa va yana 3 daqiqa mobaynida boshqa tog‘orachada yuviladi; 2) qo‘l steril
sochiq bilan quritiladi; 3) qo‘lni 96% li spirtga ho‘llangan salfetka bilan 5 daqiqa
mobaynida artiladi; 4) teri burmalari va tirnoq yuzalariga yodning 5% li spirtdagi
eritmasi surtiladi.
Xlorgeksidin biglyukonat bilan qo‘llarga ishlov berish. Xlorgeksidin 20% li suvli
eritma ko‘rinisha 500 ml li shisha idishlarda ishlab chiqariladi. Qo‘llarga ishlov
berish uchun 0,5% li spirtli eritmasidan foydalaniladi. Preparat eritmasini 70% li
etil spirti bilan 1:40 nisbatda aralashtirish kerak. Avval qo‘llar sovun bilan yuviladi
va steril sochiq bilan artiladi, so‘ng 0,5% li xlorgeksidin biglyukonat eritmasida
namlangan paxtatampon bilan 2 – 3 daqiqa mobaynida ishlov beriladi.
SHuningdek novoklens (novosol) – 4% li xlorgeksidin glyukonatning spirtli eritmasi
ham qo‘llaniladi.
Qo‘llarga degmin eritmasi bilan ishlov berish. Qo‘llar 3 daqiqa mobaynida yuvilib,
yaxshilab chayilgandan so‘ng steril sochiq bilan artiladi va 1%
li degmin eritmasida
namlangan ikkita tampon bilan (har biri bilan 3 daqiqadan) ishlov beriladi.
Qo‘llarga S – 4 (pervomur) eritmasi bilan ishlov berish. S – 4 preparati quyidagicha
tayyorlanadi: shisha idishga vodorod peroksidi va chumoli kislotasi (1 l eritma
uchun 17,1 ml 30 – 33% li vodorod peroksidi, 6,9 ml 100% li va 8,1 ml 85% li
chumoli kislotasi) solinib aralashtiriladi. Idish sovuq suvga 1 – 1,5
soatga solib
qo‘yilib, shisha tiqin bilan maxkam yopiladi va chayqab turiladi. Amaliyotda S – 4
preparatining 2,4% li eritmasidan foydalaniladi.
Avval qo‘llar suv va sovun bilan 1 daqiqa mobaynida yuviladi, so‘ng suv bilan
yaxshilab chayiladi va steril sochiq bilan artiladi va 1 daqiqa mobaynida
emallangan idishga solingan S-4 preparati bilan ishlov beriladi. SHundan so‘ng
qo‘llar steril sochiq bilan artib, quritiladi va qo‘lqoplar kiyiladi.
Qo‘llarga ritosept bilan ishlov berish. Avval qo‘llar 2 daqiqa mobaynida iliq oqar
suvda steril shyotka bilan sovunlab yuviladi va steril sochiq bilan artiladi. SHundan
so‘ng ikki marotaba 2 daqiqadan ritosept eritmasida namlangan steril
sochiqchalar bilan ishlov beriladi.
Diotsid eritmasi bilan ishlov berish. Diotsid – suvda eruvchi oq kukun. Uzoq
muddat saqlangan diotsid qo‘ng‘ir tusga kiradi va qo‘lansa xid tarata boshlaydi.
SHuning uchun uning tarkibiy qismlari aloxida – aloxida tabletkalar ko‘rinishida
chiqariladi. Qo‘llarga 3 daqiqa davomida diotsid eritmasida namlangan steril
sochiqchalar bilan, so‘ng yana 2 daqiqa mobaynida 96%
li etil spirti bilan ishlov
beriladi
Agar qo‘llarga suvsiz ishlov berilishi kerak bo‘lsa, quyidagi usullar qo‘llaniladi.
Braun usuli – qo‘llarga 10 daqiqa mobaynida 96% li etil spirti bilan ishlov berish.
Foydalanilgan adabiyotlar.
1.
Sodiqov K.S. “O`quvchilar fiziologiyasi va gigiyenasi” T. O`qituvchi
1992 yil.
2.
Galperin S.N. “Bolalarning fiziologik hususiyatlari” M.
Prosveshenie.
3.
Temkin B.N. “Maktab gigiyenasi” T. O`qituvchi 1972 yil.
4.
Sharipova D.J., Vohidova R.G. “O`quvchular toliqishini oldini olish”
T. Medisina 1986 yil.
5.
Matyushonok I.T. “Boshlang`ich maktab o`quvchilarining
anatomiya
– fiziologiya va gigienasi” T.O`qituvchi 1972 yil.