Mexanik antiseptika - bu mexanik yo'l bilan mikroorganizmlarni jaroxatdan olib tashlashdir.
Mexanik antiseptika usullariga quyidagilar kiradi: jaroxatga ishlov berish (jaroxatdan yot
jismlarni, yiringlarni, va qon laxtalarini olib tashlash, hamda nekrozga uchragan to'qimalarni
kesib olib tashlash tushuniladi.
Fizikaviy antiseptika - jaroxatni davolashda va yallig’lanishga qarshi kurashda asosiy zamonaviy
usullardan biridir.
Fizikaviy antiseptikani asosini quyidagilar tashkil etadi - issiqlik, har xil
lampalar, ovoz tovushlari,
har xil nurlar, atrof muhit (havoning namligi va uning harorati), jarohatni ochiq qoldirish va
gigroskopik usullar. Shunindek fizikaviy antiseptikaga fizioterapevtik davolar ham kiradi, bular:
UVCH-terapiya, elektroforez usullari, diotermiya usuli, ozonoterapiya usuli, davolovchi loylar va
boshqalar.
Infektsiyani organizmga tarqalishini oldini olishda va yallig’lanish infiltratini so'rilishini
ta'minlash maqsadida (UN) - ul'trabinafsha nuri bilan kam miqdorda nurlash ishlatiladi. Bu
organizimni immunitetini, aglyutinlarni miqdorini va qon-plazma
elementlarini miqdorini
oshiradi.
Oxirgi o'n yilda lazer nuri bilan davolash ko'p qo'llanilib kelmoqda. Lazer bilan davolashda
lazerni kam miqdordagi nuri foydalanilib kelinmoqda. Bunda geliy-neonli lazer nurlari
monoxromatik doirani hosil qilb teriga 0.61 mm; mushakga 2.04 mm gacha ta'sir qiladi.
Shuningdek ul'tratovush usullari xam davolashda keng qo'llanilib kelinmoqda.
Kimyoviy antiseptika - mikroorganizmlarga qarshi kurashda turli xil kimyoviy moddalarni
qo'llash usulidir. Hozirgi kunda strukturasiga ko'ra turli xil kimyoviy moddalar ishlatiladi.
Ular bo'linadi:
Noorganik strukturali moddalar - galoidlilar (xlor va uning birikmalari, yod va uning
birikmalari);
Oksidlovchilar (bor kislotasi, kaliy permanganat, vodorod peroksid);
Og’ir metallar(simob, kumush va alyuminiy).
Organik strukturali moddalar - fenollar, salitsil kislotasi va farmaldigidlar kiradi.
Shuningdek kimyoviy antiseptiklarga kiradigan bakteriyalarga va yallig’lanishga qarshi moddalar
ham bor. Ularga sul'fanilamid gruppasiga
kiradigan antibiotiklar, nitrofuranlar gruppasiga
kiradiganlar va sintetik usulda olinadigan turli gruppadagi antibiotiklar.
Sul'fanilamid gruppasiga kiradigan moddalar - streptotsid, norsul'fazol, urosul'fan,
sul'fapiridazin. Ular mikroorganizimga ta'siriga ko'ra bakteriostatik mexanizmiga ega. Ya'ni,
hujayra hayoti uchun zarur moddalarni sintezini (folieviy va digidrofoliyeviy kislotalarni)
to'xtatadi.
Nitrofuran preparatlari 5-nitrofuran hosilalari hisoblanadi va ta'siriga ko'ra keng ta'sir doirali
antibiotiklarga yaqin turadi. Lekin ba'zi hollarda ular ko'prok aktivlikga ega va kam zaxarliligi
bilan ajralib turadi, keng ta'sir doirasiga ega, ko'pchiligi
grammusbat va grammanfiy
bakteriyalarga, spiroxettalarga, sodda hujayrali parazitlarga va yirik viruslarga aktiv tasir
ko'rsatadi. Bu preparatlarni tabletka formasi
ichishga beriladi - furodonin, furazolidon, furagin,
furazolin. Vena ichiga - salafur yoki furagin K. tashqi teriga ko'llaniladigan shakillari - furatsillin.
Ko'pchilik kimyoviy preparatlar klinik amaliyotda to'qimalarni kontakt va implantatsion
zaxarlanishni oldini olish uchun, instrumentlarda, qo'l terisida va tikuv materialidagi mikroblar
sterilizatsiyasida ishlatiladi. Shuningdek spirt, yod eritmasi, chumoli
kislota eritmasi, dioqtsid
1:5000, xlor geksidinning 20% eritmasi jarrox qo'liga ishlov berish uchun ishlatiladi.
Instrumentlarni sterilizatsiyasi uchun chumoli kislota eritmasiga formaldigitni 2% spirtli
eritmasini, yoki glyutal'degidni 2% eritmasi solinadi.
Biologik antiseptika - bu tirik organizimlar hayot faoliyati natijasida olinadigan maxsus
preparatlar: zardoblar, vaqtsinalar, tabiiy biologik antibiotiklar va faglarni o'z ichiga oladi.
Antiseptik vositalar (yunoncha «anti»- qarshi, «septikos» - yiringli, yiringlashni chaqiruvchi)
keng ta'sir doirali mikrobga qarshi vositalar, asosan yiringli yallig’lanishli jarayonlarini oldini
olish, yoki davolash uchun mahalliy qo'llaniladi (shilliq qavatlarga).
Kam zaxarliligi bilan ajralib turuvchi antiseptiklar guruhiga kiruvchi ba'zi
preparatlar infektsion
kasalliklarda, kimyoterapiyalarda ham qo'llanilishi mumkin. Antiseptikada sifatli kimyoviy
moddalar ishlatiladi. Ular mikroorganizmlarni yo'q qilishda yuqori aktivlikga va qisqa muddat
ichida mikroblarni yo'qotish hususiyatiga ega, mahalliy qo'llanilganda zaharli hususiyati
judayam
past, jaroxatni bitishini tezlashtiradi va mahalliy allergik xususiyati kam.
Dostları ilə paylaş: