O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni Saqlash Vazirligi
Samarqand Davlat Tibbiyot Universiteti
Samarqand Viloyat Sog’liqni Saqlash Boshqarmasi
Kurs ishi
Mavzu:
“ASEPTIKA VA
ANTISEPTIKA
TAMOYILLARI.QO’LLAR GIGIYENASI.QO’LLARNI
YUVISH TEXNIKASI” MAVZUSIDA
YOZGAN
KURS ISHI DASTURI
Tayyorladi:
Tekshirdi:
REJA:
I. MAVZUNING DOLZARBLIGI:
II.DASTURNING ASOSIY NAZARIY QISMI:
1.
ASEPTIKA VA ANTISEPTIKA TAMOYILLARI.
2.
ANTISEPTIKA
TURLARI
3.
JAROHATGA INFEKSIYA TUSHISH YÕLLARI
III.DASTURNING ASOSIY AMALIY QISMI:
1.
STERILIZATSIYA
2.
QO’LLAR GIGIYENASI.
3.
QO’LLARNI YUVISH TEXNIKASI.
IV.XULOSA.
ASEPTIKA - bu jarohatga mikrob tushishni oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar
majmui.Aseptika - jaroxat va u bilan kontaktda bo’ladigan bog’lam, instrument,
ob`ektlarda va ma`lum bõshliqqa tushishi mumkin bo’lgan mikroblarga,
shuningdek kasallik tarqatuvchi turli mikroorganizmlarga qarshi qo'llaniladigan
amaliy ishlar kompleksidir. Shu maksadda mikroblarni yõqotish uchun fizik
usullardan (kaynatish, kuydirish, avtoklavda sterillash, ul'trabinafsha nur-lar
bilan
nurlantirish, sterillangan havodan) foydalaniladi.Aseptikaga nemis olimi E.
Bergman asos solgan. Aseptika turli murakkab jarroxlik operatsiyalarini hech
qanday asoratsiz va xavf-xatarsiz
bajarishga imkon beradi.
Aseptikaga quyidagilar kiradi: a)
jarrohlik asboblari, bogʻlov
materiallari va b.ni
sterillash; b)
jarroh qoʻlini maxsus usullarda
yuvish va
tozalash; v) operatsiya va
b.
tekshirish ishlarini bajarish vaqtida koʻrsatilgan qonu
n-
qoidalarga qatʼiy amal
qilish; g) davolash muassasalarida maxsus tashkiliy va
sanitariya-gigiyena chora-
tadbirlarni toʻgʻri amalga oshirish. Aseptika antiseptika usuli bilan birga olib
boriladi. Uy sharoitida kuygan yoki bog'langan jarohatlarni bogʻlash
vaqtida ham
aseptika qonun-qoidalariga amal qilish lozim. Aseptika tibbiyotning barcha
sohalarida qõllaniladi.Aseptika usullarining ishlab
chiqilishi ikkita olim
nomi bilan