Hozirgi vaqtda faqat Apgar shkalasi bo‘yicha baholash asfiksiyaning birdan-bir mezoni bo‘la olmaydi va tug‘ilgandan so‘ng 1 soat o‘tgach Apgar bo‘yicha past baho hammavaqt asfiksiya sinonimi bo‘lmaydi, chunki kardiorespirator depressiya holatida tug‘ilgan bolalar shu bahoni olishlari mumkin.
Tug‘ilishdagi kardiorespirator depressiya tug‘ilishda va hayotining dastlabki daqiqalarida asosiy hayotiy faoliyatlarning pasayishi natijasiz nafas (gipoventilyatsiya), susaygan mushak tonusi, MNS faoliyatining pasayib ketishi, biroq qonda giperkapniya, aksariyat, gipoksemiya ham yo‘qligi bilan tavsiflanadigan sindrom. Apgar bo‘yicha baholashda 1 daqiqa o‘tgach bunday bolalar 4-6 ball, biroq 5 daqiqa o‘tgach – 7 ball va bundan yuqori baho oladilar. Ilgari xuddi shunday bolalarga engil va o‘rtacha og‘irlikdagi asfiksiya tashxisi qo‘yilardi va keragi bo‘lmagan suyuqlikni va farmakoterapiya tayinlanardi, vaholanki ular uchun shart- sharoitlarini etarli darajada tashkil qilish etarli edi. Agar kardiorespirator depressiyasining sababi aniqlansa va keyingi dinamika uni tasdiqlasa, asfiksiya tashxisi qo‘yish maqsadga muvofiq emas.
Perinatal asfiksiyaning klinik ko’rinishi
1. . O‘rtacha og‘irlikdagi asfiksiyani tug‘ilishdan keyin 1-daqiqa ichida me`yoriy nafas olish bo‘lmaganda, yurak urishlari soni esa daqiqasiga 100 va ko‘proq bo‘lganda qayd etiladi. Mushak tonusi kam, ta`sirotga reaksiyasi sust. Apgar shkalasi bo‘yicha baholash 1 va 5 daqiqa o‘tgach – 4-6 ball (ko‘k asfiksiya). . O‘rtacha og‘irlikdagi asfiksiyani tug‘ilishdan keyin 1-daqiqa ichida me`yoriy nafas olish bo‘lmaganda, yurak urishlari soni esa daqiqasiga 100 va ko‘proq bo‘lganda qayd etiladi. Mushak tonusi kam, ta`sirotga reaksiyasi sust. Apgar shkalasi bo‘yicha baholash 1 va 5 daqiqa o‘tgach – 4-6 ball (ko‘k asfiksiya).
Perinatal asfiksiyaning klinik ko’rinishi
Og‘ir intranatal asfiksiya quyidagi belgilar bilan ifodalanadi: tug‘ilganda pul’s – daqiqasiga 100 tadan kam, nafas yo‘q yoki keskin qiyinlashgan, teri rangpar, mushaklar atoniyasi. Burun kateteriga reaksiya yo‘q. Apgar shkalasi bo‘yicha baho 1 – daqiqada 0-3 ball (MKB-10, VOZ) qo‘yiladi. Bolaning tug‘ilgandagi ahvoli o‘ta og‘ir, deb baholanadi.