O‘zbekiston respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi tibbiy ta’limni rivojlantirish markazi toshkent tibbiyot akademiyasi



Yüklə 1,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/26
tarix01.12.2023
ölçüsü1,89 Mb.
#170457
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26
85. Mustaqillikka erishish arafasida o‘zbekistondagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar

EKOLOGIK NAZORAT –
tabiiy muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan 
oqilona foydalanish va ekologik xavfsizlikni ta’minlash qoida-talablarini barcha 
vazirlik, davlat qo’mitalari va idoralari, korxonalar, tashkilotlar, muassasa


48 
mansabdor va jismoniy shaxslar tomonidan bajarilishini tekshirish, tabiiy muhit 
holatini o’rganish va kuzatish, chora-tadbirlarni qo’llash bilan bog’lik siyosiy-
huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy va ma’naviy-ma’rifiy chora-tadbirlar yig’indisini o’z 
ichiga oladi. 
XULOSA 
O‘zbekistonning eng yangi tarixini yoritishda va o‘rganishda milliy g‘oya, 
fuqarolik jamiyati, sotsilogiya kabi fanlarda olib borgan tadqiqot ishlarining 
ahamiyati juda kattadir. ijodkor ziyolilar o‘zlarining to‘laqonli ijod durdonalari, 
badiiy-publitsistik asarlari, shc'rlari va maqolalari bilan keng xalq ommasining 
qalblariga yetib bordilar, ularni razolat va g'aflat uyqu-sidan uyg'otdilar. Ana shu 
milliy uyg'onish jarayonida 1988-yil, 11-noyabrda O‘zbekiston tabiati, ma'naviyati 
va moddiy boyliklarini muhofaza etish «Birlik» xalq harakati tashkiliy jihatdan 
uyushdi. 
Davlat tili respublika ijtimoiy hayotiga chuqurroq kirib bordi. Ayni paytda 
boshqa milliy tillarni o‘rganish va ulardan foydalanish uchun sharoitlar yaratildi. Til 
muammosiga jiddiy ilmiy-amaliy tarzda yondashuv ta'minlandi. Bu esa, qonun 
qabul qilish arafasida ayrim kishilarda pay do bo‘lgan til muammolari atrofida, 
xususan, Davlat tili bilan bir qatorda rasmiy til ham e'lon qilinarmish, degan 
uydirmalar, soxtakorliklar va siyosiy o‘yinlarni bartaraf etdi. 
Respublikada yashaydigan boshqa xalqlarning tillarini o‘rganish va qo‘llash 
erkinligi ta'minlanishi bilan birga O‘zbekistonda aholining mutlaq ko‘pchiligi 
foydalanadigan bitta davlat tili bo‘lishi kerak, degan nuqtayi nazarga amal qilindi. 
Ming odam qamoqqa olinganligidan qat'i nazar o‘zbek xalqi boshiga 80-
yillarda ommaviy kulfat tushgan edi. Gdlyan va Ivanovlar guruhi O`zbekistonda 
bilgan 
va 
bilmagan barcha noma'qulchiliklarni 
qildilar. 
70-80-yillarda 
O‘zbekistonda Kompartiya va sovetlar hukumatining I.Usmonxo‘jayev, 
Xudoyberdiyev, Aytmurotov, Salimov, R.Abdullayeva, Tursunov, Musaxonov, 
Yahyoyev, Norov, Sattorov, B.Rahimov. A.Karimov, X.Norbo‘tayev singari 
rahbarlari qamoqxonalarda mislsiz qiynoq va azoblarga solindilar. 
Insoniylik qiyofasini yo‘qotgan Gdlyan boshliq vahshiylar guruhi 
mahbuslarni so‘roq qilish davomida hatto fashistlar ham yetti uxlab uishiga 
kirmagan dahshatli, eng qaltis va ta'sirli usullarni ishga solganlar: «Hozir 
bolalaringni qamoqqa tiqamiz, retsedevistlar xotiningni zo‘rlaydi, qizingni badnom 
qiladi, sen esa eshikdan tomosha qilib turasan» kabi. Yaxshisi mahbuslaming ba'zi 
bir deganlariga e'tibor qarataylik. Sobiq militsiya general-mayori (u Nijniy Tagil 
qamoqxonasida saqlangan) Xushvaqt Norbo‘tayevning arzonmasidan: «Hech natija 
chiqmaganidan keyin meni 3-hibsxonaga - o‘ta xavfli jinoyatchi Sayfulin Shavkat, 


49 
muttaham G'afurov Oqil (laqabi «Doktor»), qartaboz Igorlar ichiga qo‘shib 
qo‘yishdi.
Ona tariximiz o‘tmishining sovetlar saltanati davri, xususan 80-yilIardagi 
qatag'onlik yillari dardli, alam va motamsaro voqealarga to‘la xalqimizning millat 
sifatida qaddi bukilgan, xo‘rlangan va oyoqosti qilingan davridir. Kelajakdan umidi 
bo‘lgan inson va millat sifatida yashayman degan avlodlarimiz tariximizning yaqin 
o‘tmishdagi achchiq saboqlaridan hayotiy xulosalar chiqarmoqlari ham qarz ham 
farzdir. 
90-yillarda mamlakat boshiga tushgan ekologik qabohat uzoq davom etishi 
mumkin emas edi. Vujudga kelgan og'ir vaziyat vaxlit ijtimoiy-adolatli ekologik 
siyosat yuritishni talab qilayotgan edi. 

Yüklə 1,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin