16
birinchi kotib etib saylanganimda, O‘zbekiston xalqi ruhiy shikasta holatida edi.
Dcmak, ishni ruhiyatni tuzatishdan boshlash kerak.
Xalq - bu til, demak, qancha yillar mobaynida o‘zbek tili o‘z yerida ikkinchi
toifadagi, iste'molchi uchun majburiy hisoblanmagan til bo‘lib keldi, necha yillar
davomida o‘zbek rusning yonida o‘zining tengsizligini, «katta og'a»ga qaramligini
his etib keldi. Nima uchun bunga chidash kerak? Biz davlat tili to‘g'risidagi qonunni
qabul qildik, bu esa ko‘z o‘ngimizda o‘zbeklarning milliy o‘zini o‘zi anglashini
yaxshiladi»
11
.
O‘zbekiston Oliy Kengashi tomonidan 1989-yil, 21-oktabrda «O`zbekiston
SSRning davlat tili haqida»gi Qonunning qabul qilinishi va o‘zbek tiliga davlat tili
maqomining berilishi mamlakatdagi barcha demokratik va vatanparvar kuchlarning
uzoq yillardan beri orziqib kutgan tarixiy g'alabasi bo‘ldi.
1989 yil 21-oktabrda qabul qilingan «O`zbekiston Respublikasining davlat tili
haqida»gi Qonun xalqimiz milliy
ongining rivoj-lanishida, mamlakat
mustaqilligining mustahkamlanishida, madaniy merosning tiklanishi va jamiyatning
ma'naviy yangilanishida muhim rol o‘ynadi.
Qonunning o‘zbek tiliga Davlat tili maqomini berish to‘g'ri-sidagi qoidalari
keyinroq, 1992-yil 8-dekabrda qabul qilingan O‘zbekiston Konstitutsiyasida
mustahkamlab qo‘yilgan bo‘lib, bu ko‘pchilik aholining,
respublikada yashovchi
barcha millat va elatlarning namoyandalari tomonidan ma'qullandi va qo‘llab-
quvvatlandi.
Davlat tili haqidagi Qonun qabul qilinganidan keyingi yillar mobaynida
respublikada katta ish qilindi. O‘zbek tilini davlat hokimi-yati va boshqaruv
organlarida, sudlarda, davlat notarial idoralarida qo‘llash to‘g'risidagi
moddalar
ro‘yobga chiqarildi. Xalq ta'limi, fan sohalarida, ommaviy axborot vositalarida tub
o‘zgarishlar amalga oshirildi. Ko‘plab tarixiy nomlar tiklandi, atamalar milliy til
asosla-riga muvofiq yangilana boshlandi.
Dostları ilə paylaş: