Paxta ishi
Qatag'onlikning navbatdagi yangi bosqichi 80-yillarga to‘g'ri keldi. Bu
qatag'onlik sovetlar hukumatining yana bir navbatdagi nayrangi bo‘lib, «O‘zbek
ishi», «paxta ishi», «O‘zbek mafiyasb», «qo‘shib yozish» kabi izohli lug'atimizga
mustamlakachilar tomonidan kiritilgan yangi so‘zlar bilan bog'liq. «O‘zbek ishi, -
deb yozadi O‘tkir Hoshimov - 30- va 50-yillardagi qatag'onlarning mantiqiy
davomidir. Sovet siyosati har 10-15-yilda kalla olib turmasa ko‘ngli joyiga
tushmagan. To‘g'ri, o‘sha paytlar O‘zbekistonda qo‘shib yozishlar, poraxo‘rliklar
bo‘lgan. Buni inkor qilmaymiz. Ammo bunday harakatlar butun sobiq Ittifoqda avj
olgan edi. Unday bo‘lsa, nima uchun markaz ayni O‘zbekistonni tanladi, degan savol
11
«Xalq so‘zi», 1991 yil, 15 avgust.
17
tug'iladi. Buning sababi oddiy. Biz anchagina loqaydmiz, darrov qovusha
qolmaymiz»
12
.
Ha, juda adolatli va to‘g'ri aytilgan gaplar. Aslida «O‘zbek ishi» degani nima
o‘zi va qachon paydo bo‘ldi. Bu «ish» aslida 80-yillarda O‘zbekiston Davlat
Xavfsizlik Qo‘mitasi (DXQ)ning raisi bo‘lib ishlagan Melkumov (millati arman)
bilan O‘zbekiston KP MQning birinchi kotibi Sh.Rashidov o‘rtasidagi o‘zaro
kelishmovchiliklardan boshlangan. O‘sha kezlarda Buxoro viloyati BXSS boshlig'i
Muzaffarov va Buxoro shahar savdo idorasining direktori Qudratovlarning
poraxo‘rligiga taalluqli ma`lumotlar DXQda bo`lgan. Bu shaxslar Buxoro viloyati
firqa qo‘mitasining birinchi kotibi A.Karimov himoyasida bo`lgan va unga
«oshirib» turishgan. A.Karimov esa o‘z navbanda Sh.Rashidov bilan yaqin aloqada
bo`lgan. Shu bois Melkumov va uning gumashtalari o‘z oldilariga Muzaffarov va
Qudratovni fosh qilish orqali A.Karimovga chiqish va so‘ngra u orqali
Sh.Rashidovni «nishonga» olishni mo‘ljallab harakat qilganlar. 1983-yilda
Buxoroda ilgaridan o‘ylab rejalashtirilgan va amalga oshirilgan «operatsiya» tufayli
Muzaffarov va Qudratovlar qamoqqa olindilar. Ular xalqqa ma`lum bo`lgan birinchi
o‘zbek millionerlari bo‘lib chiqdi. Bu ish darhol Moskvaga oshirildi va markazda
ana shu tariqa «o‘zbek ishi» paydo bo‘ldi.
SSSR Prokuraturasining tergov qismi boshlig'i G.P.Karakozov darhol tergov
guruhi tuzib, unga boshqa bir armani - T.X.Gdlyanni rahbar qilib tayinladi.
Tergovchilar guruhiga kiritilgan vakillarining deyarlik hammasi Gdlyan bilan yaqin
va hamtovoq bo`lgan shaxslar edi.
«Paxta ishi», «qo‘shib yozishlar» masalasi ham aslida 1983-yilda boshlangan.
O‘zKompartiya MQning XVI plenumi va unda Inomjon Usmonxo‘jayevning
Markazdan O‘zbekistonga kadrlar bilan «yordam berish»ni so‘rab qilgan
murojaatidan so‘ng bu ish avj oldi. O‘zbekistonga yuzlab, minglab kadrlar yuborildi.
Bu «kadrlar desanti» tarkibida o‘zbek xalqi, turkiylar va musulmonlarga qalbida
nafrat va shovinizm g'oyalari burqsib turgan jallod-fashistlar ko‘p edi. Bular
Anishev, Ogaryuk, Klepikov, Satin, Nesterenko, Buturlin, O.Gaydanov,
E.Didorenko, Lyubimov, Ivanov, Galkin, Kartashyan va boshqalardir. «Paxta ishi»
bo‘yicha juda ko‘p guruhlar tashkil qilindi. «Barcha Konstitutsiyaga ko‘ra
O‘zbekiston suveren davlat sanalsa ham uning prokurori, respublika rahbariyati
bilan maslahatlashilmagan holda SSSR Bosh prokurori tomonidan tayinlanardi».
Qisqa muddat ichida O‘zbekiston SSR prokuraturasining eng yuqori, eng
muhim lavozimlaridan tortib, oblast, rayon prokurorlarigacha Markazdan doimiy
ishlashga yuborilgan vakillar bilan almashtirildi. O‘zbekistonga tashlangan bu
«sotsialistik desant»ning soni esa yuzdan ortiq edi.
12
«O‘zbekiston adabiyoti va san’ati», 1996 yil, 19 aprel.
18
1984-yilda O‘zbekiston SSR prokurori, uning muovinlaridan uchtasi, eng
katta boshqarmalarning boshliqlari lavozimlariga Markazdan kelgan odamlar
qo‘yildi. Bu bilan cheklanilmasdan, asta-sekin oblast darajasidagi prokurorlar -
Buxoro oblasti prokurori (Matyushov G.N) Samarqand oblasti prokurori
(Yeremenko V.I.), Xorazm oblasti prokurori (Titarenko A.D.), Navoiy oblasti
prokurori (Suxaryev A.P.) Surxandaryo oblasti prokurori (Jetkov V.M),
Qoraqalpog'iston ASSR prokurori (Donsov V.V.) va Toshkent shahar prokurori
(Fillipenkov G.P) ham Moskva tomonidan yuborildi. Keyingi bosqichda esa rayon
prokurorlari lavozimi ham «mehmonlar» uchun bo‘shatildi
13
.
Ana shunday «mehmonlar» Respublika Ichki ishlariga ham joylashtiriladi.
O‘sha paytdagi Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari general G'afur Rahimovnnig
dalillariga ko‘ra, vazirlik tarkibidagi 27 boshqarma va bo‘limdan bor-yo‘g'i
ikkitasinigina o‘zbek millatiga mansub kishilar boshqargan. U ham bo‘lsa, xo‘jalik
va tibbiyot boshqarmalari edi
14
.
Mahalliy xalqning «xarakter va psixologiyasi»ni yaxshi bilgan jallodlar bu
guruhlarga tub yerlik prokuror va tergovchilarni bosh qilib, ularga «yaxshi
konsultatsiya»lar berdilar va shu tariqa o‘z sopini o‘zidan chiqardilar. Yuqori
saviyada «maslahat va konsultatsiya» olgan guruh a'zolari amaliy ishga tushib
ketdilar. Ular 70-80-yillarda mamlakatda keng tus olgan qo‘shib yozishlar bo‘yicha
jinoyatchilarni aniqlab berishlari kerak edi. Haqiqatdan ham shu yillarda paxta,
chorva va boshqa sohalar bo‘yicha qo‘shib yozishlar davlat rejalarini sun'iy ravishda
bajarish usuli bo‘libgina qolmay, million so‘mlab davlat va jamoat mablag'larini
suiiste'mol qilish va talon-taroj etish bilan bog'liq bo‘lib, hamma yerda poraxo‘rlik
avjiga mingan edi. Bunday qo‘shib yozishlar poraxo‘rliklarning asosiy ilhomchisi
va tashkilotchisi Moskovning o‘zi bo‘lib, respublika, viloyat, tuman rahbarlari,
davlat xo‘jaligi direktorlari, jamoa xo‘jaligi raislari, paxta tayorlash korxonalari va
paxta tozalash zavodlari rahbarlari bu ish bilan bog'liq edilar. Ular asosli ravishda
jinoiy javobgarlikka tortildilar va sudlandilar. Shu bilan bir qatorda, qo‘shib
yozishlarga bevosita aloqador bo‘lmagan, bu ishga ongsiz suratda yoki tasodifan
o‘ralashib qolgan, rahbarlarning ta'siri va tazyiqi ostida qo‘shib yozishlarga, noiloj
qo‘shilib qolgan, undan hech qanday moddiy manfaatdor bo‘lmagan yuzlab va
minglab gunohsiz kishilar ham jabr ko‘rib, aziyat chekdilar. «O‘zbeklar ishi»,
«Paxta ishi» bo‘yicha qancha odamning qamoqqa olinganligi to‘g'risida turlicha
ma'lumotlar bor. Ba'zi manbalarda 22 ming, boshqasida 30 ming, hatto 48 ming
15
odam hibsga dinganligi ko‘rsatiladi. «O‘zbeklar ishi» ayni quturgan va avjiga
chiqqan paytda O‘zKP MQning birinchi kotibi l.Usmonxo‘jayev, yozuvchilar bilan
13
Azizxo‘aev A.
Ko‘rsatilgan adabiyot. 31-bet.
14
O`sha asar. 48-bet.
15
«Sovet O‘zbekistoni». 1987 yil,16 feral.
19
uchrashuvda respublikada qo‘shib yozish va poraho‘rlik avj olib ketgani tufayli
yigirma uch ming kishi qamoqqa oling:anini aytgan edi. Shu damlarda Kompartiya
fidoyisi o‘zining ham taqdiri yaqin kelajakda ne ahvollarga tushajagini albatta
tasavvur ham qilia olmagan, albatta. Chunki l.Usmonxo‘jayev Qomfirqaning
so‘zsiz irtotkor qo‘g'irchoq rahbari sifatida O‘zKP MQning IV plenumida so‘ziab
«1986-yilda rahbar xodimlardan salkam 750 kishi. shu jumladan 8 obkom sekretari,
shahar, rayon partiya komitetlarining 10 sekretari, shahar rayon partiya
komitetlarining 10 sekretari, shahar va rayon ijroiya komitetlarining 40 raisi,
ministrliklar va idoralarning 18 rahbari...»ni almashtirganligi bilan ko‘krak kergan
edi.
Yana bir kuni Gdlyan ovi baroridan kelgan yirtqichdek xursand bo‘lib, ikki
qo‘lini ishqalar ekan: «Bilishimcha qizing juda ketvorgan emish, Qarshilik
bezorilarga «hadya» etsam mendan hursand bo‘lishar-a, nima deysan» dedi. Bunday
tahqirlarga qanday ota bardosh bera oladi-ua!»
16
. Birgina Inomjon Buzrukovichning
ishi yuzasidan uning qarindosb-urug'laridan 23 kishi qamoqqa olingan. U bunday
deydi: «Urishganda mayliydi. Lekin, qarindosh-urug', xotin, bola-chaqaga azob
berishsa qiyin bo‘lar ekan»
17
.
Inomjon Usmonxo‘jayev sovetlar sudlov organlari ishining naqadar chirkin,
adolatsiz va dahshatli ekanligini fosh etib, quyidagilarni yozadi: «Tergov ham, sud
ham nohaqlikdan iborat bo‘ldi. Odam qiyofasidagi vahshiy tergovchilar tirik jonni
emas, balki temirni ham eritishga va singdirishga qodir ekanliklarini o‘z boshimdan
kechirdim. Men mana shunda birinchi bor sovet tuzumi naqadar aldoqchi ekanligini,
uning tergov organlari o‘z muddaosi uchun har qanday vahshiylik ham qilishi
mumkinligini his qildim. His qildim-u, butun umr mana shu tuzum, mana shu
jamiyat, mana shu partiya uchun e'tiqod qo‘yganimga, bor hayotimni shu yo‘lda
baxshida qilganimga achinib o‘kinib-o‘kinib yig'ladim. Kaltakdan bir joyingiz sinsa,
buning azobi o‘tib ketadi. Lekin bir umrlik e'tiqodingiz sinsa, bunga chidab bo‘lmas
ekan... Ular bilan uchrashib suhbatdosh bo‘lmagan odam buni tasavvur eta
olmaydi».
Mahbuslarni tergov chog'ida ko‘z ko‘rib quloq eshitmagan qiynoq usullariga
solish va vahshiyliklar qilishda SSSR prokuraturasining mas'ul xodimi Viktor
llyuxinning yozishicha Kartashyan va Pirsxalava kabi tergovchilariga teng
keladigani bo‘lmagan. Pirsxalava ayniqsa dahshatli bo‘lgan ekan. U Gdlyanning eng
suyukli shogirdi bo‘lgan va qilgan «xizmatlari» evaziga uning yordamida amal
pillapoyasidan shiddat bilan ko‘tarilib borgan. Ammo SSSR prokuraturasi
«o‘zbeklar ishi» masalasini qaytadan ko‘rib, Pirsxalavani qamoqqa olish haqida
hukm chiqarganida Gurjistondan xat va telegrammalar yog'ilib ketgan. Hatto Gdlyan
16
“Fan va turmush”, 1990 yil. 7-son. 25-bet.
17
«Yosh leninchi», 1991 yil, 15 noyabr.
20
va Pirsxalavalarni himoya qiluvchi mahsus guruhlar tuzilgan. Oxir-oqibatda Gruziya
prokurori ham SSSR Prokuraturasiga norozilik maktubi yo‘llagan. Xatda
prokuraturada xodimlarning majlisi bo‘lganligi va bu majlisda quyidagi qaror qabul
qilinganligi aytilgan edi:
«1. SSSR Bosh Prokurori oldiga SSSR Bosh Prokurori o‘rinbosari
l.l.Abramovni va boshqarma boshlig'i V.l.llyuxinni Gruziya SSR Prokuraturasi
Jamoasi bilan uchrashish uchun xizmat safariga yuborish masalasi qo‘yilsin.
K.A.Pirsxalava zudlik bilan qamoqdan ozod qilinsin, unga nisbatan qilayotgan
jinoiy ta'qbirlar to‘xtatilsin.
SSSR Prokuraturasi kollegiyasidan Gruziya SSR Prokuraturasining ushbu
talablarini muhokama etish so‘ralsin. Bunda keltirilgan talablarning rad etilishi
respublikadagi ijtimoiy-siyosiy vaziyatni jiddiylashtiribgina qolmasdan, balki
Gruziya SSR Prokuraturasi Jamoasi yig'ilishida ta'kidlanganidek, bu hoi respublika
huquqni himoya qilish organlari tomonidan SSSR Prokuraturasi rahbarligiga qarshi
bir qator norozilik harakatlarining boshlanishiga sabab bo‘lishi ham nazarda
tutilsin»
18
.
V.Ilyuxin ushbu ma'lumotni keltirar ekan, qonuniy va haqli savolni qo‘yadi.
Gurji xalq bo‘lganida o‘zbek xalqi xalq emasmi? Nima sababdan o‘n minglab, o‘ttiz,
qirq minglab o‘zbekni qamoqqa olishsalarda bu xalqning nafasi chiqmaydi? Buning
sababi shundaki, sovetlar saltanati yillarida o‘zbeklarda millat, milliy ong, milliy
vijdon, milliy birlik tushunchalari so‘nib ketdi. «Bir kishi hamma uchun, hamma bir
kishi uchun» degan tushunchalardan begonalashdik, «o‘zingni bil o‘zgani qo‘y»
asosiy shiorimiz bo‘ldi. Faqat jig'ildonni, o‘z cho‘ntagimizni o‘ylaydigan bo‘lib
qoldik, O‘zbekiston hukumatichi, fuqarolarning insoniy haq-huquqlarini himoya
qilish lozim bo`lgan davlat organlari, ularning rahbarlarichi? Nega ular ham
Gurjiston Prokuraturasi xodimlari singari o‘z fuqarolari to‘g'risida o‘ylamadilar.
Albatta O‘zbekiston rahbarlari ham o‘yladilar. Faqat ular o‘z shaxsiy manfaatlarini
o‘yladilar, o‘zlarining mansablari va lavozimlaridan ketib qolishdan qo‘rqib, Gdlyan
va Ivanovlar singari gazandalarning ko‘nglini olishni o‘yladilar. Ularga baribir edi.
Necha ming odam hibsga olinib, qirilib qatag'on qilinsada ularning o‘zlari mansab
kursisida omon qolsalar bo‘lgani, Chunki rahbar ham o‘z xalqiga munosib bo‘ladi.
«Qozi muttaham bo‘lsa, o‘g'ri peshgir bo‘ladi», degan xalq maqoli juda to‘g'ri
aytilgan. «Argumentы i faktы» haftanomasining 1988-yil, 30-sentabr sonida
bosilgan O‘zbekiston KP MQning birinchi kotibi R.N.Nishonovning quyidagi
qarorini o‘qigan har bir kimsa yuqorida qo‘yilgan qonuniy savollarga aniq javob
topa oladi. O‘zbekiston taqdiri, millat va xalq taqdiri uning qo‘liga ishonib
topshirilgan mamlakatning birinchi odami nimalar bilan «faxrlangan» ekan?
18
«Sharq yulduzi», 1992 yil, 9-son, 56-bet.
21
«Respublikada jamiyat hayotining barcha jabhalarini sog'lomlashtirish uchun
turg'unlik davri merosiga qarshi qattiq, og'ir kurash ketmoqda.
Markaziy Komiteti keyingi to‘rt yilda O‘zbekistonga yuzlab tajribali kadrlar
yubordi. Avvalo respublikaga shunday ko‘lamli yordam keyingi 30 yil mobaynida
birinchi marta amalga oshirilganini ta'kidlamoqchiman. Yangi xodimlarning kelishi
bizning chinakam baxtimiz bo‘ldi... Respubhkada so‘nggi to‘rt yil ichida 58 ming
mas'ul xodim vazifasidan bo‘shatildi. Men o‘zim shaxsan Telman Xoreonovich
Gdlyan
gruppasining
ishini
g'oyatda
ijobiy
baholayman.
Biz
SSSR
Prokuraturasining xodimlari bilan qo‘lni qo‘lga berib ish olib bormoqdamiz, ular
Respublikada adolat o‘rnatish, Rashidov atrofidagi yaqin odamlarni javobgarlikka
tortishda jon kuydirib ishlamoqdalar. Keskin kurash keftnoqda. Shuni ro‘y-rost
aytishim kerakki, Gdlyan gmppasi respublika partiya organlari tomonidan qattiq
qo‘llab-quvvatlanmaganida va har tomonlama yordam ko‘rsatmaganida edi, ular bu
qadar samarali ishlay olmasdilar, albatta».
Bu misol «O‘zbeklar ishi» Moskvaning topshirig'i va ko‘rgazmasi bilan
amalga oshirilgan bo‘lsada, uning asosiy jaholat izi va o‘zagi O‘zbekistonning
o‘zida bo‘lganligini aniq isbotlaydi. «O‘zbeklar ishi» kampaniyasi davrida
O‘zbekistonda xalqni talab olib ketilgan summa miqdori to‘g'risida ham turlicha
raqamlar tilga olingan. Jumladan Gdlyanning o‘zi O‘zbekistondan 140 million so‘m
topdik, deb maqtangan. Keyinchalik «100» raqami noma'lum sabablarga ko‘ra 40
millionga tushirilgan. Biroq bu pullar sinchiklab tekshirilganda xalqdan o‘marilgan
pul atigi 15 million so‘m chiqqan, xolos. Qolgan pullar O‘zbekistonda «samarali»
ishlaganlarning o‘pqonlariga tushib ketgan bo‘lsa ne ajab? 80-yillarda «desantchilar
guruhi» O‘zbekistonda «paxta ishi», «o‘zbeklar ishi» bahonasida ijtimoiy hayotning
deyarlik barcha sohalanga o‘z burinlarini tiqib «poklik» va «adolat» o‘rnatmoqchi
bo‘ldilar. Hatto ular O‘zbekiston fani rivojiga ham «munosib hissa» qo‘shganlar.
Akademik Vosil Kobulov ma'lumotlariga qaraganda O‘zbekiston birinchi
rahbarlarining yo‘l qo‘yib berganligidan foydalangan «desantchilar» respublika
Markaziy Qo‘mitasida «pinhona kabinet» tuzib olgan edilar va shu kabinet tavsiyasi
bilan FAning «Kibernetika birlashmasi»ni 80-yillarda tekshiraverib ilma-teshik
qilib yubordilar. Tekshirish uchun esa birlashmada «iqtisodiy samara», «qoloq
loyiha» va «uemakxona» (kormushka) kabi masalalar asos qilib olindi. Birinchi va
ikkinchi masalalardan ish chiqmadi. «Yemakxona»ning asosi ham topildi. Bu
tekshirish boshlanganga qadar «Kibernetika birlashmasi»da 628 kishining
19
doktorlik va nomzodlik dissertatsiyalarini himoya qilganliklari va ular
aksariyatining yerli millat vakillari bo‘lganida edi. Shovinist va alchoq Anishev
bilan Ogaryok akademik V.Kobulovning bunday «shakkokligi» uchun uning
«ko‘zini ochib» qo‘ymoqchi bo‘lganlar.
19
«Yosh leninchi», 1990 yil, 1 dekabr.
22
Qatag'onlik yillarida O‘zbekistonda sodir etilgan bunday dahshatli
vovuzliklar, adoiatsizlik va bedodliklarm o‘z ko‘zi bilan ko‘rib, unga guvoh bo‘lgan
jurnalist va publitsist Komil Holmuhammad taryod soladi, qalamidan o‘t chaqnab
mamlakatda bo‘layotgan vo-qealarga o‘z munosabatini izhor etib yozadi:
«tarixchilar o‘n yillardan keyin 1980-yillarning ikkinchi yarmida O‘zbekiston
jumhuriyatida yana ZO-50-yillarning sovuq dahshatli qora ko‘lankasi kezib
yurganliginu jur'at etib yozishar, lekin shu narsa aniqki, 1983-yilning sentabridan
O‘zbekistonda ish boshlagan va had-hududsiz vakolat bilan SSSR Bosh Prokurori
nomidan kelgan Gdlyan va Ivanovlar o‘zbek xalqi farzandlanni, milliy kadrlarimizni
qirib tashlashni asosiy maqsad qilib olishgan. Xo‘sh, butun bir xalqning taqdirini
belgilashga ularga kim bunchalik huquq berdi. Axir, O‘zbekiston Sovet Sotsialistik
Respublikasi «mustaqil suveren» respublikami o‘zi?
20
Ha, hamma gap, balo va fojia
yolg'onchi Konstitutsiyada O‘zbekistonning mustaqil, suveren respublika, amalda
esa u ilgarigidek Rossiyaning hech qanday huquqqa ega bo‘lmagan mustamlaka
o‘lkasi bo‘lib qolayotganligida edi. Bu nohaq berilgan qurbonlar, ona xalqimizning
gunohsiz farzandlari boshlari uzra o‘ynagan azob va jahannam gurzilari uchun tarix
oldida, Ollohu Karim oldida kimlardir ertadir-kechdir javob berishlari kerak-ku.
O‘zbekiston Respulikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov
«
O`zbekiston
jamoatchiligi o‘zining eng yaqin tarixidagi Gorbachyov, Ligachyov komandasi
xalqni jilovda tutib turish, uning o‘sib kelayotgan milliy va siyosiy ongini bo‘g'ish
niyatida «paxta ishi», «o‘zbeklar ishi» deb atalmish tuhmatlarni to‘qib chiqargan,
biz o‘zbeklarga turli-tuman sharmandali tamg'alar yopishtirilgan fojiali sahifalarni
hech qachon unutmaydi»
Dostları ilə paylaş: |