8
1. Muloqotda aniq va ravshan murojaat etish.
2. Faol ravishda eshitish - bemorning dardini tinglay bilish.
3. Savol berish texnikasidan foydalanish.
4. Keksa va qari bemorni suhbatga - dardlashishga chorlovchi, tinch, osoyishta muhitni
yaratish.
Keksa bemorning ruhiyati, emotsional holatidan kelib chiqqan holda, muloqot ko’proq
ularni qiziqtiruvchi yo’nalishda olib boriladi. Buning uchun alohida faol ravishda eshitish
qoidalarini qo’llash zarur.
1. Tashqi qiyofasi bilan (bosh qimirlatish, tasdiqlash).
2. Fikrni davom ettiruvchi so’zlarni ishlatish. Misol uchun:
- Keyin nima bo’ldi? -Siz uchun ma'qulmi?
3. Avaylash, g’amxo’rlikni his qildirish.
4. So’zlashganda yuz va tana harakatlariga e'tibor berish.
5. Yoshi o’tgan va qari kishilar tashvish-muammosini hal etish uchun uning mohiyati
negizini qayta-qayta aniqlash va bilib olishga erishish. Buning uchun verbal (so’z orqali),
noverbal (harakat orqali) muloqot turidan foydalanish zarur.
Inson yoshi o’tganda, keksayganda katta hayotiy tajribaga ega bo’ladi. Bunday
odamlar hamshiraning muloqotidan o’ziga nisbatan munosabatni va hamshira haqidagi
ma'lumotni ham bilib olish qobiliyatiga ega bo’ladi.
Muloqotda ma'lumotning 30% gapda ifodalanadi. Bunda 7% so’zdan, 13% ohangidan,
10% mazmunidan bilib olinadi. 70% ni esa tashqi ko’rinish: qo’l, yuz, tana harakati bilan,
hatto hid orqali bilib olish mumkin.
Kommunikatsiyada savol berish usulidan to’g’ri foydalanish zarur. Savollar uch xil
yo’nalishda beriladi.
1. Yopiq savollar - izoh talab qilmaydigan savollar.
Misol: Siz bugun yaxshi uxladingizmi?
- Ha yoki yo’q.
2. Ochiq savollar - izoh talab qiladigan savollar.
Misol: - Nega bugun yaxshi uxlay olmadingiz?
3. Yo’naltiruvchi savol - fikrni davom ettirishga undovchi savol. Misol: - Balki havo
ta'sir qilgandir?
Demak, savol berish qoidasi bemorning muammosini chuqur aniqlash uchun
yordamchi vosita hisoblanadi.
Hamshiralik
jarayonining
barcha
bosqichlarida
hamshira
kommunikatsiya
tamoyillariga amal qilishi kerak.
Dostları ilə paylaş: