70
orientirovka (mo‟ljal) yoki tekshirish refleksi tashkil qiladi. Chunonchi, tevarak-
atrofimizdagi narsalarning salgina o‟zgarishi bizda darhol mo‟ljal
refleksini yuzaga
keltiradi. Boshqacha qilib aytganda, «nima gap» degan ma‟noda atrofimizga razm sola
boshlaymiz. Shuningdek, turli his-tuyg‟ular, xususan qiziqish ixtiyorsiz diqqatga sabab
bo‟ladi. Qiziqarli roman, kinofilm, qiziqarli suhbat diqqatimizni o‟ziga
beixtiyor
tortadi. Shuning uchun diqqatning bu xili
emotsional diqqat ham deyiladi.
Ixtiyoriy diqqat qat‟iy maqsad asosida yo‟naltirilgan diqqatdir. Diqqatning bu
turi o‟zini majbur qilib, zo‟r berib ongni bir faoliyat ustida to‟plab turishlikni bildiradi.
Ixtiyoriy diqqatning psixologik xususiyati uni ko ‟p va kam irodaviy zo‟r berish,
jiddiylik (tanglik) bilan birga bo‟lishidadir, bunda ixtiyoriy diqqatning uzoq
saqlanishi toliqishiga, ko‟pincha jismoniy zo‟r berishdagidan ko‟ra ko‟proq
toliqishga sabab bo‟ladi. Shuning uchun o‟qitish davrida
ixtiyoriy diqqatning
kuchli to‟planganligi ortiqcha davomli bo‟lmasligi lozim.
Psixologiyada diqqatning ixtiyoriy turi, ko‟pincha irodaviy deb nomlanadi. Bu,
albatta, bejiz emas, chunki diqqatning muayyan obyektga yo‟naltirilishi iroda kuchi
bilan saqlab turiladi. Hatto ixtiyorsiz
diqqat faoliyatida qatnashsa, u ham irodaning
zo‟ri bilan yo‟naltirilgan obyektda to‟planib turadi.
1-shakl
Dostları ilə paylaş: