tashqi diqqat;
ichki diqqat. Shu bilan birga faoliyat shakliga ko‟ra:
individual;
guruhiy,jamoaviy turlariga bo‟linadi. Hosil bo‟lish xususiyati va amal qilish usuliga qarab:
ixtiyorsiz (sust) - uning paydo bulishida odamning maqsadi
qatnashmaydi;
ixtiyoriy (faol) - odamning mahsadiga ko‟ra, o‟zi iroda kuchini
ishlatishi tufayli paydo buladi.
ixtiyoriydan so’nggi turlariga bo‟linadi.
Tashqi diqqat deb ongimizning obyektiv vokelikdagi narsa va hodisalarga,
ularning ayrim belgi va xususiyatlariga yunaltirilishi, ularda faol to‟planishiga aytiladi.
Tashqi diqqat faqat idrok qilish jarayonidagina namoyon bo‟lmasdan, balki fikr
yuritilayotgan narsalarga ham qaratiladi. Jumladan, ixtirochining o‟zi yaratgan
narsasini tasavvur qilishi, rassomning obrazlarni kashf qilish jarayoni, muhandisning
to‟g‟on qurilishini ko‟z o‟ngiga keltirish bilan bog‟liq holatlar bunga misol bo‟la oladi.
Ichki diqqat esa ongimizning o‟z subyektiv taassurotlarimiz, his- tuygularimiz
va intilishlarimizga qaratilishidan iboratdir. Inson ongining o‟zida sodir bo‟layotgan
o‟z hissiyotlarini, fikrlarini, orzu, istak va shu kabilarni kuzatishda tashqi diqqatdan
farqli o‟laroq ichki diqqat yuzaga kelar ekan, bunda diqqatning har ikkala ko‟rinishi
ham faoliyatning muvaffaqiyatli yakunlanishiga munosib hissa qo‟shish imkoniyatiga
egadir.
Bir kishi ongining muayyan obyektga qarata yo‟naltirilishi va unga to‟planishiga individual; bir guruh yoki ko‟pchilikdan iborat kishilar jamoasining ongi psixik
faoliyatning biror obyektga qarata yo‟naltirilishi va shu obyekt ustida to‟planishiga guruhiy yoki jamoa diqqati deb yuritiladi.