O„zbekiston Respublikasi Sog„liqni Saqlash Vazirligi Toshkent farmatsevtika instituti Psixologiya


Figura - shunday narsaki, uni aniq anglash, ajratish, ko‟rish, eshitish va tuyish  mumkin. Fon



Yüklə 1,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə68/127
tarix18.04.2023
ölçüsü1,66 Mb.
#100116
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   127
Psixologiya

Figura - shunday narsaki, uni aniq anglash, ajratish, ko‟rish, eshitish va tuyish 
mumkin. Fon esa aksincha, noaniqroq, umumiyroq narsa bo‟lib, aniq obyektni 
ajratishga yordam beradi. Masalan, gavjum bozorda ketayotgan xolatda o‟z ismimizni 
birov aytib chaqirsa, darrov o‟sha tarafga qaraymiz. Ism - figura bo‟lsa, bozordagi 
shovqin - fon rolini o‟ynaydi. Boshqacha qilib aytganda, biz biror narsani idrok 
qilayotgan paytimizda uni albatta biror fondan ajratib olamiz. Masalan, gul bozorida 
aynan qip-qizil atirgul sizga yoqib qolib, o‟shani xarid qilasiz, qolgan gullar fonday 
ongingiz aktiviga o‟tmaydi.
Idrok - borliqdagi ko‟plab, xilma-xil predmet va hodisalar orasida bizga ayni 
paytda kerak bo‟lgan obyektni xossa va xususiyatlari bilan yaxlit tarzda aks etishimizni 
ta‟minlaydi. Ya‟ni, idrok asosida narsa va hodisaning yaxlitlashgan obrazi yotadiki, bu 
obraz boshqalaridan farq qiladi. Idrok o‟ziga nisbatan soddaroq bo‟lgan sezgi 
jarayonlaridan tashkil topadi. Masalan, olmaning shaklini, hidini, mazasini, rangini 
sezamiz, ya‟ni alohida - alohida xossalar ongimizda aks etadi. Bu - sezgilarimizdir. 
Sezgilar yaxlit tarzda idrok jarayonini ta‟minlaydi. Lekin olimlar idrokni sezgilarning 
oddiygina, mexanik tarzdagi birlashuvi, degan fikrga mutloqo qarshilar. Chunki idrok 
ongli, maqsadga qaratilgan murakkab jarayon bo‟lib, unda shaxsning u yoki bu 
obyektga shaxsiy munosabati va idrokdagi faolligi asosiy rol o‟ynaydi. Masalan, 
buning isboti uchun ko‟pincha Rubin figurasi tavsiya etiladi. Unda ikkita qora profil oq 
fonda berilgan. Bir qarashda ayrimlar bu rasmlarga qarab -vaza desa, boshqalar uni bir 
- biriga qarab turgan ikki kishi yuzining yon tomondan ko‟rinishi, deb ta‟riflashi 
mumkin. Shunisi xarakterliki, birinchi marta shu rasmni ko‟rgan odam uni yaxlit idrok 
qilib, nima ekanligini tushunishga harakat qiladi, lekin biror figurani ko‟rgach, ma‟lum 
vaqtgacha boshqasini ko‟rmay turadi. Fon xususiyatlari sababli paydo bo‟luvchi 
ko‟rish illuziyalarning paydo bo‟lishiga xos ayrim «sirlar» haqida to‟xtaladigan 
bo‟lsak, to‟q rang fonda shakllarning rangi asliga nisbatan biroz ochroq va aksincha
bo‟lib tuyuladi (oppoq ko‟ylakdagi siyoh dog‟ini tasavvur qiling). Fon va undagi 
shaklni idrok etayotganda, odam eng avval hajman kichikrog‟ini ko‟radi. Masalan, 
katta oppoq devorga osilgan portretni ko‟z oldingizga keltiring. 


76 
Quyidagi bir nechta rasmlarda ko‟rish ilyuziyalariga misollar keltirilgan. 
1-rasm. Agar diqqat bilan rasmning qora rangli shakliga qarasak, chunki eng 
avval ana shu shakl ko‟zga tashlanadi, zero u oq fonga nisbatan hajman kichikroq
unda saksofon musiqiy asbobini chalayotgan kishining tasvirini ko‟ramiz. 

Yüklə 1,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   127




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin