O„zbekiston Respublikasi Sog„liqni Saqlash Vazirligi Toshkent farmatsevtika instituti Psixologiya


Idrok tushunchasining (lotin tilidan - «perceptio» qabul qilish) yuqori bosqichi  esa appertsentsiya



Yüklə 1,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə67/127
tarix18.04.2023
ölçüsü1,66 Mb.
#100116
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   127
Psixologiya

Idrok tushunchasining (lotin tilidan - «perceptio» qabul qilish) yuqori bosqichi 
esa appertsentsiya deyiladi. Appertseptsiya - idrok jarayonini shaxsning oldingi 
bilimlari, shaxsiy va ijtimoiy tajribalari, qiziqishlari, motivatsiyasi, ehtiyojlari va 
odatlari, umuman, ruhiy hayotning barcha mazmuni bilan belgilanishidir. 
Appertseptsiya hodisasi tufayli odamlar o‟zaro idrokining mazmuni bilan bir-birlaridan 
muayyan darajada tavofutlanadilar, ya‟ni ular aynan bir xil narsani o‟zini ilm saviyasi, 
maslagi, pozitsiyasi, dunyoqarashi va ijtimoiy kelib chiqishiga asoslangan holda 
turlicha idrok qiladilar hamda aks ettiradilar. Masalan, «ildiz» tushunchasini biologlar 
o‟simliklarning moddiy asosi sifatida, matematiklar sonlarning ildiz ostidagi 
ko‟rinishida, ijtimoiy nuqtai nazardan qarindosh-urug‟chilik shaklida namoyon bo‟ladi. 
Psixologiya fanida idrok muayyan shakllarga ajratilib tadqiq qilinadi, vaqt, harakat, 
fazo yordami bilan atrof-muhitning, biosferaning, ijtimoiy turmushning mohiyati 
yuzasidan axborotlar ma‟lumotlar, xususiyatlarni aks ettiradi. 
Odatda inson tomonidan vaqtni idrok qilish, asosan ruhiy hodisalar, holatlar
vaziyatlar, xususiyatlarning o‟zaro o‟rin almashinuvi tufayli namoyon bo‟ladi va o‟ziga 
xos tuzilishi bilan mazkur jarayonning boshqa shakllaridan farq qilib turadi. Vaqtni 
idrok qilish inson tomonidan aks ettirilayotgan vaqt birligining obektiv (haqqoniy, 
holis) mazmuniga, shaxsning unga nisbatan munosabatiga boliq bo‟lib, xuddi shu 
mezon orqali uning mahsuldorligi o‟lchanadi. 
Yaqqol voqealikdagi narsa va hodisalarning tana a‟zolarini qabul qilish 
analizatorlariga bevosita ta‟sir etmasdan inson ongida turli obrazlarning (ovozlarning 
eshitilishi, sharpalarning sezilishi) xayolan, fikran paydo bo‟lishidan iborat idrokning 
psixopatologik (ruhiy xastalik) hodisasiga gallyutsinatsiya deyiladi. Gallyutsinatsiya 
hodisasi muvaqqat ruhiy xastalikning alomati bo‟lib, ba‟zan qo‟rqinch hissi mahsuli 
hisoblanib, bosh miya katta yarim sharlari qobig‟idagi qo‟zg‟alish jarayonlarining 
nuqsonli, sust (patalogik) harakati natijasida, goho asab tizimining zaharlanishi, 
zaiflashuvi, haddan tashqari toliqishi tufayli yuzaga kelish mumkin. Gallyutsinatsiya 
hodisasi bir necha xil ko‟rinishga ega bo‟lish mumkin ularning eng asosiylari 
quyidagilardan iboratdir: 


75 

yo‟q narsalarning ko‟zga ko‟rinishi;

u yoki bu ovozlar, tovushlar, kuylar eshitilishi;

yo‟q sharpalar, hidlar sezilishi kabilar.
Illuziya hissiy a‟zolarimizga bevosita ta‟sir etib turgan narsa va hodisalarning 
noto‟g‟ri - noadekvat, yanglish, xato idrok qilishdan iborat jarayoninig noyob 
hodisasidir. Ba‟zan psixologik fanida noto‟g‟ri idrok qilishga olib keluvchi 
qo‟zg‟atuvchilar konfiguratsiyasining (lotincha «contiguratio» - tashqi tuzilishida 
o‟xshashlik, o‟zaro o‟xshashlik, joylashuvda yondashuvlik) o‟zi ham illuziya deb 
ataladi. Idrok jarayoni inson oldida turgan maqsadga, maqsad qo‟ya olishga, unga 
berilgan ustanovkaga uzviy bog‟liq holda irodaviy boshqarilish xususiyatiga egadir. 
Psixologlarning fikricha, inson nimaniki idrok qilsa, uni figura va fonda idrok 
qiladi.

Yüklə 1,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   127




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin