6
muvofiqlashtirishga harakat qiladi. Dunyodagi real obrazlarni miyasida ongli
shakllantirishga kirishadi, shunga qarab o‟zining shu muhitda qanday harakat qilish
kerakligi to‟g‟risida u yoki bu voqeaga qanday yondashish uchun rejalar tuzadi.
O‟zining oldiga qo‟ygan maqsadlarini o‟z harakat natijalariga solishtirib ko‟radi, o‟z
boshidan juda katta hissiy holatni kechiradi. Hayot faoliyatidagi ba‟zi
kamchilik va
xatoliklarni to‟g‟rilash yo‟llarini axtaradi. Buning uchun o‟ylaydi, fikr yuritadi,
hayajonlanadi. Ba‟zan o‟zini tuta olmay pessimizmga berilib ketadi. Yoki o‟zini tutib
oladi, o‟z oldiga qo‟ygan maqsadga erishishiga butun kuchini qaratadi. Mana shu
holatlarning hammasi kishining psixik faoliyati hisoblanadi. Ana shu psixik faoliyat
qonunlarini o‟rganuvchi fan psixologiya fanidir.
Psixologiya fanining o‟z oldiga vazifa qilib qo‟yadigan
muammolari juda xilma-xil
bo‟lib, u eng avvalo, psixik faoliyatning asosiy qonunini belgilash, uning rivojlanish
yo‟llarini aniqlash, har bir psixik jarayonning asosida qanday mexanizm borligi, uning
o‟zgarish jarayonlarini ochib berish masalalarini o‟rganadi.
Psixologiya psixik
faoliyatning u yoki bu sharoitda qanday ro‟yobga chiqqanligini o‟rganish bilangina
shug‟ullanib qolmasdan, bu jarayonlarni qanday boshqarib borish masalalarini ham
ilmiy asosda o‟rganadi. Shuning uchun ham ilmiy
psixologiya boshqa barcha
o‟rganilayotgan predmetlar orasida eng asosiy fanlardan hisoblanadiki, uning jamiyat
rivojlanishi bilan ahamiyati yanada ortib va takomillashib boraveradi.
Turli mazmundagi taassurotlar tufayli paydo bo‟ladigan hissiy holatlar
hayotimizning turli-tuman ko‟rinishlaridirki, bularning hammasini psixologiya fani
o‟rganadi.
Dostları ilə paylaş: