52
Shuni alohida ta‟kidlab o`tish kerakki, psixik faoliyatning
dinamikasi nafaqat
temperamentga, balki motivlarga, psixik holatlarga, his-tuyg`ularga
ham bevosita
bogliqdir. Psixologik ma‟lumotlarda e‟tirof etilishicha, irsiyat va turmush sharoitlari
ham temperament tiplari o`rtasidagi tafovutlarning sababchisi bo`lishi mumkin.
Shundan kelib chiqqan holda temperament tiplarini ko`rib chiqamiz.
Sangvinik - juda faol, qiziquvchan bo`lib, atrog`dagi narsalar, insonlar diqqatini
tez jalb etadi. U imo-ishoralarni ko`p
ishlatib, uning chehrasiga qarab kayg`iyatini
anglab olish qiyin emas. Juda sezgir bo`lishiga qaramay, kuchsiz ta‟sirni seza olmaydi,
serg`ayrat, ishchan, toliqmas. Faollik bilan reaktivlik munosabati muvozanatli bo`ladi,
imtizomli, o`zini tiya biladi va boshqara oladi. Uning xatti-harakati jo`shqin, nutq
sur‟ati tez, yangilikni tez payqaydi, aql idroki teran, qiziqishlari, kayg`iyati, intilishlari
o`zgaruvchandir. Ko`nikma va malakalarni tez egallaydi, ko`ngli ochiq, dilkash,
muloqotga tez kirishadi, uning g`antaziyasi
yuksak darajada rivojlangan, tashqi
ta‟sirlarga xozirjavob. Besabab xoholab kulish mumkin,
arzimagan narsaga qattiq
jahlini chiqarish ko`zatiladi. Barcha narsa faollik va intilish bilan munosabat bildiradi.
Uning yo`zidan kayg`iyatini bilish mumkin. Diqqatini tez to`playdi. His-tuyg`uga
beriluvchan. Past ovoz va past yorug`lik qo`zg`atuvchilarni ilg`amaydi. Uzoqvaqt
ishlab charchamasligi mumkin, ishiga ishtiyoq bilan kirishadi. Tartib intizomli.
Ekstravert. Fikrlar tezligi juda yuqori. Odamlar bilan juda tez kirishadi, yangi odamlar,
vaziyat, holatga tez ko`nikadi. Yig`lab turib, kulib yuborish holatlari ko`zatiladi. Tez
ishga kirishadi va tez sovishi mumkin. Bir yo`nalishda uzoqishlay olmaydi. Va‟da
berib ba‟zan bajaraolmasligi ham mumkin.
Dostları ilə paylaş: