Hayolning alohida bir shakli bu - orzudir. Ijodiy hayol singari orzu ham
alohida, mustaqil yangi obrazlar yaratishdir. Ammo orzuning ijodiy hayoldan farq
qilgan ikki muhim xususiyati bor:
1. Orzu - tilakdagi mavjud obrazlar yaratilishi, lekin ijodiy hayol yaratgan
obrazlar hamma vaqt yozuvchining tilaklarida gavdalanavermaydi. Misol uchun,
N.V.Gogol asaridagi Chichikov, Plyushkin, Nozdrevlar kabi salbiy obrazlarni,
«Gogolning orzusi” deb bo`lmaydi. Kishining orzularida uning tilaklari, uni jalb qilgan
narsalari, uning intilishlari obraz shaklida gavdalanadi.
2. Orzu - ijodiy faoliyat doirasiga kirmagan, ya‟ni badiiy bir asar, ilmiy
kashfiyot, texnikaga oid ixtirochilik va boshqa buning kabi narsalarda oshkor bo`lib,
bevosita va darhol bir samara bermagan hayoldir. Orzu kelajakka qaratilgan, kelajak
bo`lganda ham tilakdagi kelajakka qaratilgan hayol surishdir.
Yuqorida aytib o`tganimizdek, ijodiy faoliyatga hamma vaqt fantaziya
qo`shilgan bo`ladi. Biroq hamma vaqt ham odamning amaliy harakatlarida hayol
jarayonlari darhol amalga oshavermaydi. Ko`pincha hayol jarayonlari odam amalga
oshirishni istaydigan timsollar shakliga, ya‟ni alohida ichki faoliyat shakliga kirib
oladi. Ana shunda odam kelgusida xohlaydigan timsollarni orzu deb biladi. Orzu
odamning voqelikni o`zgartirishga qaratilgan ijodiy kuchlarni hayotga tadbiq qilishni
zarur shartlaridir. Orzu hayotni ilmiy ko`ra bilishning elementidir. Psixologiyada hayol insonning ijodiy faoliyatining tarkibiy qismi sifatida talqin
kilinadi, u tizimiy xususiyatli xatti-harakatning oraliq va yakuniy maxsullari orqali aks
etadi, muammoli vaziyatda noaniqlik, noma‟lumlik alomatlari vujudga kelsa, u holda
faoliyat rejasini qayta ko`rib chiqishni tahminlash imkoniyatiga ega.
O‟z-o‟zini tekshirish uchun savollar. 1.Hissiyot to`g`risida tushuncha bering.
2.Irodaviy xatti-harakatlar motivatsisi haqida qanday ma‟lumotga ega bo`ldingiz?
3. Hissiyot haqida tushuncha.
4. Hissiyotning asosiy sifatlari.
5. Hissiy kechinmalarning turlari.
6. Affekt va stress xarakteristikasi.
7. Iroda haqida ma'lumot.
8. Irodaviy sifatlar va ularning nomoyon bo`lishi