104
izlashda yaqqol tasavvurlar bilan aktiv va maqsadga
muvofiq ish tutadigan texnik,
badiiy va istalgan boshqa ijodiyotini ajralmas tomoni bo`lib qoladi.
Ijodiy hayol - tiklovchi hayoldan farqli o`larok original va qimmatli moddiy,
ijodiy maxsulotlarda gavdalanuvchi yangi obrazlarning
yaratilishidan iborat hayol
turidir.
Shu bilan birga,
mustaqil ravishda yangi obrazlar
yaratish uchun ijodiy
faoliyatda qatnashgan, ya‟ni natijasida qimmatli yangi bir narsa hosil bo`ladigan
faoliyatdagi hayolni aytamiz. Yozuvchi, rassom, kompozitor, olim, ixtirochi va boshqa
buning kabi kishilarning hayoli ijodiy hayoldir.
Ijodiy hayol, tasavvur hayoliga qaraganda ancha murakkab va qiyin jarayondir.
Hayol muhim rol o`ynamagan xech bir ijod sohasi yo`q.
Hayolning ixtiyoriy va ixtiyorsiz faoliyati. Diqqatning
ixtiyoriy va ixtiyorsizi
bo`lganidek, xotiralash va xotiraga keltirishning ham ixtiyoriy va ixtiyorsizi
bo`lganidek, hayolning ham ixtiyorliligi darajasi turli bo`ladi.
Hayolning mutlaqo ixtiyorsiz
ishlashining misoli tush ko`rishdir. Tush
ko`rgandagi obrazlar kishining xohishi, bilan tug`ilmaydi,
ular xohish bilan
o`zgarmaydi. Tushdagi obrazlar o`rtasida xech kutilmaganda juda g`alati, bahzida
mutlaqo tasavvur qilib bo`lmaydigan munosabatlar tug`ilib, chalkashib ketadi.
Kishining uyqusi kelib mudroq bosgan chog`idagi, masalan,
kishi endigina uxlay
boshlagan vaqtdagi hayolning ishi ham asosi jihatidan ixtiyorsizdir.
Dostları ilə paylaş: