O„zbekiston Respublikasi Sog„liqni Saqlash Vazirligi Toshkent farmatsevtika instituti Psixologiya


til - so`z belgilari sitemasi;   nutq



Yüklə 1,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə103/127
tarix18.04.2023
ölçüsü1,66 Mb.
#100116
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   127
Psixologiya

til - so`z belgilari sitemasi; 

nutq - so`z belgilari foydalanadigan tovushli, yozuvli signallar sistemasi. 
Verbal kommunikatsiyada inson nutqi belgilari tizimi sifatida qo`llaniladi. Nutq 
- inson tomonidan qo`llaniladigan tovushlar signallari yoki yozma belgilardan iborat 
bo`lib, ular orqali muloqotdan olingan ma‟lumot qayta ishlanadi, saqlanadi va 
uzatiladi.
Muloqotnining funksiyalari 
Ma‟lumotlar 
almashinuvi
 
Xulq-atvorni 
boshqarish 
 
Hissiyotlar 
almashinuvi 


116 
Nutq universal kommunikatsiya vositasi bo`lib, u orqali uzatilishi lozim bo`lgan 
ma‟lumot o`zining mantiqiy mazmunini saqlab qoladi.
Muloqotning noverbal vositalari deb aft, qo`l harakati, mimika, patomimika, 
predmetlar bilan almashish, foto, rasm, «ko`z orqali kontakt» va hokazolarga aytiladi. 
Muloqotning noverbal vositalarining milliy hamda hududiy xususiyatlari borligini ham 
alohida tahkidlab o`tmoq lozim. Masalan, o`zbek xalqining muloqot jarayoni boy
o`zaro munosabatlarining bevosita xarakteri unda shunday vositalarning ko`proq 
ishlatilishi bilan bog`liq. Bolalarning o`z yig`isi bilan onasiga o`z his-kechinmalari 
hamda xohishlarini bildirishlari ham bolalarning yosh xususiyatlariga bog`liq. 
Boshqa millatlar madaniyatiga nazar tashlanadigan bo`lsa, ularda ham bahzi bir 
muloqot vositalarning turli millatlarda turli maqsadlarda ishlatilishining guvohi bo`lish 
mumkin. Bolgarlar agar biron narsa bo`yicha fikrni tasdiqlamoqchi bo`lishsa, 
boshlarini u yoq-bu yoqqa chayqashar, inkor qilishmoqchi bo`lsa-chi, aksincha, bosh 
siltashar ekan. Ma‟lumki, o`zbeklar, ruslar va bir qator boshqa millatlarda buning aksi, 
“yo`q” deyish yoki norozilikni bildirish uchun bosh sarak-sarak qilinadi. 
Noverbal muloqotda suxbatdoshlarning fazoviy joylashuvlari ham katta ahamiyatga 
ega. 
Masalan, 
ayollar 
ko`proq 
hissiyotlarga 
boy 
bo`lganliklari 
sababli, 
suxbatlashayotganlarida bir-birlariga yaqin turib gaplashadilar, erkaklar o`rtasida esa 
doimo fazoviy masofa bo`ladi.
Olimlarning aniqlashlaricha, bolalarni odatdagiday orqama-ketin o`tqazib 
o`qitgandan ko`ra, ularni yuzma-yuz o`tqazib davra qilib o`qitgan mahqul, chunki 
bunday sharoitda o`quvchilarda ham javobgarlik hissi yuqoriroq bo`ladi, emotsiyalar 
almashinishgani uchun ham guruhdagi psixologik vaziyat ijobiy bo`ladi hamda 
bolalarning predmetga va bir-birlariga bo`lgan munosabatlarida samarali natijalarga 
erishish mumkin.
Kommunikativ muloqot jarayonda o`zaro munosabatga kirshuvchilarni bir-
birlarini tushunishlari juda muhimdir. Bunda nutqning quyidagi muhim xususiyatlari 
paydo bo`ladi:


Yüklə 1,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   127




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin