116
Nutq universal kommunikatsiya vositasi bo`lib, u orqali uzatilishi lozim bo`lgan
ma‟lumot o`zining mantiqiy mazmunini saqlab qoladi.
Muloqotning
noverbal vositalari deb aft, qo`l
harakati, mimika, patomimika,
predmetlar bilan almashish, foto, rasm, «ko`z orqali kontakt» va hokazolarga aytiladi.
Muloqotning noverbal vositalarining milliy hamda hududiy xususiyatlari borligini ham
alohida tahkidlab o`tmoq lozim. Masalan, o`zbek
xalqining muloqot jarayoni boy,
o`zaro munosabatlarining bevosita xarakteri unda shunday vositalarning ko`proq
ishlatilishi bilan bog`liq. Bolalarning o`z yig`isi bilan onasiga o`z his-kechinmalari
hamda xohishlarini bildirishlari ham bolalarning yosh xususiyatlariga bog`liq.
Boshqa millatlar madaniyatiga nazar tashlanadigan bo`lsa,
ularda ham bahzi bir
muloqot vositalarning turli millatlarda turli maqsadlarda ishlatilishining guvohi bo`lish
mumkin. Bolgarlar agar biron narsa bo`yicha fikrni tasdiqlamoqchi bo`lishsa,
boshlarini u yoq-bu yoqqa chayqashar, inkor qilishmoqchi bo`lsa-chi, aksincha, bosh
siltashar ekan. Ma‟lumki, o`zbeklar, ruslar va bir qator boshqa millatlarda buning aksi,
“yo`q” deyish yoki norozilikni bildirish uchun bosh sarak-sarak qilinadi.
Noverbal muloqotda suxbatdoshlarning fazoviy joylashuvlari ham katta ahamiyatga
ega.
Masalan,
ayollar
ko`proq
hissiyotlarga
boy
bo`lganliklari
sababli,
suxbatlashayotganlarida bir-birlariga
yaqin turib gaplashadilar, erkaklar o`rtasida esa
doimo fazoviy masofa bo`ladi.
Olimlarning aniqlashlaricha, bolalarni odatdagiday orqama-ketin o`tqazib
o`qitgandan ko`ra, ularni yuzma-yuz o`tqazib davra qilib o`qitgan mahqul,
chunki
bunday sharoitda o`quvchilarda ham javobgarlik hissi yuqoriroq bo`ladi, emotsiyalar
almashinishgani uchun ham guruhdagi psixologik vaziyat ijobiy bo`ladi
hamda
bolalarning predmetga va bir-birlariga bo`lgan munosabatlarida samarali natijalarga
erishish mumkin.
Kommunikativ muloqot jarayonda o`zaro munosabatga
kirshuvchilarni bir-
birlarini tushunishlari juda muhimdir. Bunda nutqning quyidagi muhim xususiyatlari
paydo bo`ladi:
Dostları ilə paylaş: