O„zbekiston Respublikasi Sog„liqni Saqlash Vazirligi Toshkent farmatsevtika instituti Psixologiya


Muloqot psixologiyasining asosiy vazifalari



Yüklə 1,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə106/127
tarix18.04.2023
ölçüsü1,66 Mb.
#100116
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   127
Psixologiya

Muloqot psixologiyasining asosiy vazifalari quyidagilarda o`z ifodasini topadi: 

hamkorlikdagi faoliyat jarayonida shaxslararo o`zaro ta‟sir va muloqot 
qonuniyatlarini o`rganish; 

Sharq allomalarining muloqot haqidagi qarashlarini tahlil qilish; 

yoshlarda faollikka undovchi muomalaviy imkoniyatlari mavjudligini 
tahkidlab o`tish; 

yoshlarda kasbiy layoqatni faollashtirishga qaratilgan muloqotni 
shakllantirish; 

shaxslararo munosabatlarni muvofiqlashtirishda muloqotning rolini 
orttirish; 

o`zaro ta‟sir etishning ayrim oqibatlarini hisobga olish. 


119 
Muloqot aniq ijtimoiy munosabatlar tizimi orqali belgilanadi. U ijtimoiy axloq 
normalari asosida tartibga solinadi. Individ hayotida muloqotning psixologik vazifalari 
turlichadir. Ya‟ni:
4-shakl 
1. Informatsion vazifa - axborotni qabul qilish va uni tarqatishdir.
2. Regulyativ vazifa - muloqotni tartibga solish va boshqalar bilan to`g`ri 
munosabatni tashkil qilishdan iborat.
3. Signal vazifasining ko`magida katta ahamiyatga ega voqea va hodisalar 
haqidagi signalni qabul qilish va uzatish.
4. Nazorat vazifasi - axborotni qabul qilish va tarqatish jarayoni nazorat qilinadi.
5. Tarbiya qilish vazifasi - muloqot orqali shaxsni shakllantirish jarayoni bo`lib, 
nihoyat darajada muhim omil hisoblanadi. 
Muloqot jarayonida obyektning maxsus tomonlarining borligi ham muhim 
hisoblanadi. Shuni aytish joizki, ko`p hollarda bunday shaxslar jamiyatdagi axloqsiz,
odobsiz va vijdonsiz kishilardir. Muloqot jarayonida bahzi bir psixologik to`siqlar 
mavjud. Ko`proq ular sunhiy ravishda vujudga keladi:
1) motivatsion to`siqlar - shaxslarning muloqotga kirishishdan bosh tortishi,
muomalani to`g`ri, aniq ko`rinishda olib borilishini xohlamasligi jarayonida 
namoyon bo`ladi;
2) aqliy (intellektual) to`siqlar - shaxsning boshqa shaxsga nisbatan bilim 
doirasining kengligi, mantiqiy fikrlashining chuqurligi va intellektual savodxonligi 
mazmunan boy bo`lgan taqdirda yuzaga keladi;
3) emotsional to`siqlar - muloqotga kirishuvchilarning psixologik va
emotsional-irodaviy holatlaridan kelib chiqadi (agressivlik, qo`rquv, asabiylashish, 
xo`rlanish va boshqalar);
4) tarbiyaviy jarayondagi to`siqlar – ta‟lim sohasida xamda huquqni muhofaza
qilish organlarida «tarbiyasi qiyin» o`smirlar, nosog`lom oilalar va muqaddam 
sudlangan shaxslar bilan profilaktik chora-tadbirlar olib borayotgan vaqtda uchraydi. 
Muloqotga kirisha olmaslikning asosiy sababi - bu o`zini-o`zi ortiqcha yoki past 
baholash tufayli o`ziga va uni qurshab turgan odamlarga noto`g`ri munosabatdir. 
Buning oldini olish imkoniyatlari mavjud bo`lib, asosan quyidagilarga ahamiyat berish 
ijobiy samaralar sari yetaklaydi: 

Yüklə 1,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   127




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin