120
1)
hamkorlik faoliyatida, muloqotlar tizimi orqali muloqot jarayonining barcha
a‟zolari o`rtasida insonparvarlik
munosabatlarini tashkil qilish, emotsional muhitni
taqqoslash imkoniyatini yuzaga keltirish.
2) muloqotda ichki munosabatlar tizimida har bir a‟zoning
qulay pozitsiyasini
tahminlashga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirish.
3) insonning muloqot xususiyatlari, maromi,
usullari, shakllari to`g`risidagi
axborotni egallashga oid maxsus mashg`ulotlarni uyushtirish.
4) shaxslararo munosabatlar va muloqot usullariga mo`ljallangan ishbilarmonlik
o`yinlari,
psixodrama, trening tizimini yaratish. Aksariyat olimlarning tadqiqotlarida
ko`rsatilishicha, bolaning dastlabki ijtimoiy ehtiyojlaridan biri – bu muloqotga nisbatan
ehtiyojdir. Bolalarning kattalar bilan muloqotga kirishish ehtiyoji 7
yoshgacha bir
nechta bosqichlar tarzida rivojlanib boradi:
e‟tibor va hayrixohlikka ehtiyoj paydo bo`ladi;
kattalar bilan hamkorlik qilish ehtiyoji tug`iladi;
avvalgi barcha ehtiyojlarga kattalar tomonidan hurmat qilish ehtiyoji
tug`iladi;
maktabgacha tarbiya yoshidagi bolada atrofdagilar bilan o`zaro bir-birini
tushunish ehtiyoji vujudga keladi.
Muloqot tashqi ta‟sirlar, namunalar asosida o`zini-o`zi
tuzatish, qayta tarbiyalash,
shaxsiy imkoniyatini ruyobga chiqarish
uchun puxta zamin hozirlaydi, komillik sari
yetaklaydi.
Muloqot turlari.
Muloqot mazmuniga ko`ra quyidagi turlarga ajraladi:
moddiy muloqot deganda subyektni dolzarb ehtiyojlarni
qondirish vositasi
sifatida, ayni paytda shug`ullanayotgan faoliyatining mahsulotlari va predmetlarini
ayirboshlash tushuniladi;
Dostları ilə paylaş: