O„zbekiston Respublikasi Sog„liqni Saqlash Vazirligi Toshkent farmatsevtika instituti Psixologiya


Muloqotning psixologik vositalari



Yüklə 1,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə110/127
tarix18.04.2023
ölçüsü1,66 Mb.
#100116
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   127
Psixologiya

Muloqotning psixologik vositalari. Odamlar bir-birlari bilan muomalaga 
kirishar ekan, ularning asosiy ko`zlagan maqsadlaridan biri– o`zaro bir-birlariga ta‟sir
ko`rsatish, ya‟ni fikr-g`oyalariga ko`ndirish, harakatga chorlash, ustanovkalarni 
o`zgartirish va yaxshi taassurot qoldirishdir. Turli vositalar yordamida insonlarning
fikrlari, hissiyotlari va xatti-harakatlariga ta‟sir ko`rsata olish– psixologik ta‟sir 
deyiladi.
Muloqotning pertseptiv jihati. Muloqotning ushbu jihatida bir kishining 
ikkinchi kishi tomonidan idrok qilinishi, tushunishi, baholanishi kuzatiladi. 
Muloqotning mazkur jihati quyidagi bosqichlar orqali amalga oshishining psixologik 
xususiyatlarini ko`rishimiz mumkin:
1) Idrok qilinayotgan odamni idrok qiluvchi o`zining shaxsiy hislatlari bilan
qiyoslash natijasida, uning mahsuli bo`yicha talqin qilinadi va tushuntiriladi; 
bunday idrok qilish tarzida insonni inson tomonidan aks ettirish, o`xshatish, unga taqlid 
qilish, undan ibrat olish uslublari orqali yuzaga keladi, ya‟ni identifikatsiya bosqichi 
bevosita amalga oshadi. Bunda kishi hamkorlikda harakat qilish vaziyatida sherigi
o`rniga o`zini qo`yib ko`rib, uning ichki holati, niyatlari, o`y-fikrlari, xohish-
istaklari haqida taxmin qiladi, bunda ular anglanilgan yoki anglanilmagan bo`lishi 
mumkin.
2) Idrok qilinayotgan shaxsning o`rniga idrok qiluvchi o`z xohishi bo`yicha 
mulohaza yuritishi, uni tushunishga intilish o`z-o`zini anglash negizida namoyon 
bo`ladi, ya‟ni refleksiya bosqichi vujudga kelganligi to`g`risida muayyan qarorga 
kelinadi. Refleksiyada kishi idrok etish subyekti sifatida o`ziga nisbatan sherigining 
munosabati anglab yetiladi. Lekin kishi har doim ham muloqot jarayonida o`zini kim 
ekanligini to`liq anglab yetolmaydi, bu esa uning o`zi qilgan xatti-harakatlari 
sabablarini boshqalarga to`nkashga majbur qiladi. Kishi o`z xatti-harakatlari
sabablarini, niyatlarini, o`y-fikrlarini, xulq-atvor motivlarini boshqa kishilarga
to`nkash orqali tushuntirishi psixologiyada yuqorida ko`rsatib o`tkanimizdek kauzal 
atributsiya ya‟ni sababiy izohlash deb ataladi.
3) O`zga kishilarning kechinmalari va his-tuyg`ulariga nisbatan 
hamdardlik bildirish, mehr-oqibatliligini amaliy ifodalash orqali ularni tushunish 
imkoniyati tug`iladi, buning natijasida tub ma‟nodagi empatiyaga asoslangan idrok 
qilish bosqichi yuzaga keladi. 
O`zga kishilarga, ijtimoiy guruh a‟zolariga nisbatan berilgan hislatlarni
hozirgacha ma‟lum bo`lgan ijtimoiy qoliplarga mos tarzda ommaviy tarzda yoyish, 
tavsif berish va baholash stereotiplashtirish deyiladi. Idrok etish subyekti ijobiy


123 
munosabatda bo`lgan shaxslarga ijobiy, yoqtirmaydigan shaxslarga salbiy baho
berilishi kauzal atributsiyaga xos tipik hollardan biridir. Muloqotning o`ziga xos 
darajalari mavjud. Psixologiyada u uchta:
 5-shakl 
1.  
 

Yüklə 1,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   127




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin