O„zbekiston Respublikasi Sog„liqni Saqlash Vazirligi Toshkent farmatsevtika instituti Psixologiya


Jamiyat miqyosidagi ayrim tizimlarning faoliyatiga bog`liq omillar



Yüklə 1,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə113/127
tarix18.04.2023
ölçüsü1,66 Mb.
#100116
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   127
Psixologiya

2. Jamiyat miqyosidagi ayrim tizimlarning faoliyatiga bog`liq omillar: 
mulkchilikka oid muammolar, ijtimoiy maqom talashish, xokimiyat yo`nalishidagi 
amal va hisobotlarga oid janjallar, turli ijtimoiy normalar, an‟analar, standartlar, 
xavfsizlik masalalaridagi qarama-qarshiliklar, rag`batlantirish va jazolash, uy-joy, mulk 
tortishuvlari, resurslar, tovar, xizmat va foydalar taqsimoti jarayonlarida kuzatiladigan 
nizolar. 
3. Qadriyatlarga aloqador omillar (o`zimiz ehtirof etgan yoki rad etgan 
tamoyillar): jamoaviy, gruppaviy yoki shaxsiy ehtiqod, ishonmagan va ishongan 
qadriyatlarimiz va ularning xulqda namoyon bo`lishi, mafkuraviy, madaniy, diniy, 
axloqqa oid, siyosiy, professional qadriyatlar va ehtiyojlar borasida kelib chiqishi 
mumkin bo`lgan nizolar; 
4. Munosabatlar omili: bunday omillar bevosita o`zaro aloqalar va muloqotdan 
insonning qoniqishi yoki nomahqul, deb ehtirof etishidan kelib chiqadi. Shaxslararo 
o`zaro munosabatlarda ko`proq bir shaxsning kutishlariga boshqa bir insonning yoki 
odamlarning muomalasi mos kelmasligi holatlarida shaxsiy nizolar kelib chiqadiki, 
ularning bartaraf bo`lishi turli vaziyatlarda turlicha tus olishi, cho`zilib ketganda, battar 
“gazzak” otishi, qisqa fursatda xal etilsa, muammo xal bo`lishi ham mumkin. Shaxsiy 
muloqotdagi nizolar shaxsning hayotiy tajribasi, ma‟lumotliligi darajasi, professional 
mahoratiga bog`liq ravishda turli ko`rinishlarda o`z yechimini topishi mumkin; 
5. Xulq-atvor bilan bog`liq omillar: manfaatlar, qiziqishlar, o`ziga bo`lgan 
bahoga zid keladigan yoki xavf-xatar tug`diruvchi vaziyat paydo bo`lishi bilan go`yoki, 
himoya vositasi sifatida paydo bo`luvchi omillar turkumi bo`lib, bu ikkinchi 
tomonning xudbinligi, adolatsizligi, mashuliyatsizligi yoki loqaydlik, beparvolik 
oqibatida kelib chiqadi. Nizokashlar bunday sharoitda o`zlariga nisbatan bo`layotgan 
salbiy munosabatni xatti-harkatda ko`rib, sezib turganlari bois xaqagarchilik kelib 
chiqadi va bu konflikt bilan tugaydi. 
Konflikt yoki nizolar o`zaro munosabatlardagi odamlarning subyektiv xatolari 
sababli ham kelib chiqishi mumkinki, shu nuqtai nazardan ham konfliktlarning turlari 
farqlanadi: 


Yüklə 1,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   127




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin