O„zbekiston Respublikasi Sog„liqni Saqlash Vazirligi Toshkent farmatsevtika instituti Psixologiya



Yüklə 1,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə111/127
tarix18.04.2023
ölçüsü1,66 Mb.
#100116
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   127
Psixologiya

Makro darajada 
(katta) 
 
 
insonlar bilan muloqot qilish barcha odob-ahloq
normalariga suyangan holda amalga oshiriladi 
2.  
 
Mezo darajada
(o`rta) 
 
muloqot ma‟lum mavzu asosida kechadi 
3.  
 
Mikro daraja
(kichik) 
 
 
muloqotning oddiy formalari, savol – javob 
tariqasida yuz beradi. 
Bundan tashqari shaxslararo munosabatda muloqot turlari:
- shaxslararo (inson-inson); 
- shaxsiy-guruxiy (gurux-gurux); 
- ommaviy komunikatsiya (radio, televediniya, ro`znomalar va jurnallar).
Muloqot odamlar o`rtasida birgalikda faoliyat ehtiyojlaridan kelib chiqadigan 
bog`lanishlar rivojlanishining ko`p qirrali jarayon ekanligin hisobga olgan holda, shaxs 
ijtimoiy munosabatlar mahsuli deyilishining eng asosiy sababi, uning doimo
insonlar davrasida, ular bilan o`zaro ta‟sir doirasida bo`lishini anglatib, bu 
shaxsning eng yetakchi va nufuzli faoliyatlaridan biri muloqot ekanligiga ishora qiladi. 
Insoniy munosabatlarda dastlab odamlar o`rtasida ro`y beradigan fikrlar, his-
kechinmalar, tashvish-quvonchlar almashinuvini nazarda tutadi. Odamlar 
muloqotda bo`lishgani sari, ular o`rtasidagi munosabatlar tajribasi ortgan sari ular 
o`rtasida umumiylik, o`xshashlik va uyg`unlik kabi sifatlar paydo bo`lib, ular bir-
birlarini bir qarashda tushunadigan, ayrim hollarda esa ana shunday muloqotning 
tig`izligi teskari reaktsiyalarni bir-biridan charchash, gapiradigan gapning qolmasligi 
kabi vaziyatni keltirib chiqaradi.
Muloqot va shaxslararo ziddiyatlar. Nizolar psixologiyasi. 
Muloqot faoliyati shunday shart-sharoitki, unda har bir shaxsning 
individualligi, betakrorligi, bilimlar va tasavvurlarning xilma-xilligi namoyon 
bo`ladi va shunisi bilan u insoniyatni asrlar davomida o`ziga jalb etadi. Shuning
uchun ham muloqot, uning jihati, tabiati, texnikasi va strategiyasi, muloqotga 
o`rgatish masalalari bilan shug`ullanuvchi fanlarning ham jamiyatdagi o`rni va 
salohiyati keskin oshdi.
Muloqot odamlarning jamiyatda o`zaro hamkorlikdagi faoliyatlarining ichki
psixologik mexanizmini tashkil etib, u hozirgi yangi demokratik munosabatlar
sharoitida turli ishlab chiqarish qarorlarini yakka tartibda emas, balki birgalikda 
chiqarish ehtiyoji paydo bo`lganligi hisobga olinganda, odamlarning mehnat
unumdorligi va samaradorligini tahminlovchi muhim omil ekanligini bildiradi. 
Ijtimoiy hayotda, shaxslararo munosabatlarda ayrim alohida nizolar, o`zaro 
kelishmovchiliklarni bo`lib turishi muqarrar. Shuning uchun bahzan olimlar ziddiyat 


124 
yoki nizolarning nafaqat salbiy, balki ijobiy tomonlari ham bo`lishi mumkinligini ochiq 
ehtirof etadilar.
Ayrim ziddiyatlarning konstruktiv oqibatlari to`g`risida gapiradigan bo`lsak,
bahzan ikki shaxs o`rtasida kelib chiqqan nizo ularning istiqbolda to`g`ri xulosa 
chiqarib, shunaday harakatni boshqa qaytarmaslikka, omilkorlikka, xushyorlikka 
undaydi. Yoki bir qarashda tanbehga assolangan shaxslararo ziddiyat shaxsni o`z ustida 
muttasil ishlashga, o`z xulqini o`zi tuzatishiga sabab bo`ladi. Bunday nizolar oqibatida 
ko`ra konstruktiv deb ataladi. Destruktiv nizoning oqibati esa ko`pincha salbiy bo`lib, 
u shaxslararo antogonizmni keltirib chiqaradi, tomonlarning asablari charchaydi, ular 
xastalanib qolishi ham mumkin. Yoki er va xotin o`rtasida, yoki qaynona va kelin 
o`rtasidagi nizo oila ajrimiga sabab bo`lishi va bir butun oilani buzilib ketishi olib 
kelishi mumkin. Ijtimoiy psixologik fenomen sifatida nizo yoki ziddiyatga uyidagicha 
ta‟rif berish mumkin. 

Yüklə 1,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   127




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin