132
qobiliyati va istagi tarbiyalanadi. Uchinchidan, T-guruhdagi mashg`ulotlar muloqot
jarayonining turli murakkab qirralaridan tashqari, uning mazmuniy tomonlari bo`yicha
ham ishtirokchilarni chiniqtiradiki, ular muomaladagi har bir ibora va imo-ishoraning
tub ma‟nosini tushunishga erishadilar. Masalan, “xayr, yaxshi qoling” iborasini uning
qanday ohangda, qay holatda aytilishiga qarab, suxbatdoshning “yashirin” niyatlarini
o`qib olish va shunga ko`ra harakat qilishga o`rgatadi.
Muloqot jarayonida ishtirok etuvchi ikki jarayon - gapirish va tinglashning
faol o`zaro ta‟sir uchun teng ahamiyatga ega. Shu bois, ijtimoiy psixologiyada
odamlarni samarali muloqotga ataylab o`rgatishga juda katta e‟tibor berilib, bu
uslubning nomi
ijtimoiy psixologik trening (IPT) deb ataladi.
IPT - muloqot
jarayoniga odamlarni psixologik jihatdan hozirlash, ularda zarur kommunikativ
malakalarni maxsus dasturlar doirasida qisqa fursatda shakllantirish bo`lib, IPT
mobaynida odamlarning muloqot borasidagi bilimdonligi ortadi. Amaliy muloqot
treningi - IPTning bir turi bo`lib, u yoki bu professional faoliyatni amalga
oshirish jarayonida zarur bo`ladigan kommunikativ malaka, ko`nikma va
bilimlarni hosil qilishga qaratilgan tadbirdir. Guruh va jamoalarda muloqot
treningi vositasida muzokaralar olib borish, ish yuzasidan hamkorlik qilish yo`l-
yo`riqlarini birgalikda topish, katta auditoriya oldida so`zlashga o`rgatish, majlislar
o`tkazish, ziddiyatli holatlarda o`zini to`g`ri tutish malakalari hosil qilinadi. Bunda
trening qatnashchilari ongiga birovlarni tushunish, o`zini o`zga o`rniga qo`ya
olish, boshqalar manfaatlari bilan o`zinikini uyg`unlashtira olish g`oyasi
singdiriladi. Treninglar mobaynida guruhiy munozaralar, rolli o`yinlarning eng optimal
variantlari sinab, mashq qilinadi.
Muloqot – odamlarning birgalikdagi faoliyatlari ehtiyojlaridan kelib chiqadigan
turli faolliklari mobaynida bir-birlari bilan o`zaro munosabatlarga kirishish jarayonidir.
Ya‟ni, har bir shaxsning jamiyatda ado etadigan ishlari (mehnat, o`qish, o`yin, ijod
qilish va boshqalar) o`zaro munosabat va o`zaro ta‟sir shakllarini o`z ichiga oladi.
Chunki har qanday ish odamlarning bir-birlari bilan til topishishini, bir-birlariga turli
xil ma‟lumotlarni uzatishni, fikrlar almashinuvi kabi murakkab hamkorlikni talab
qiladi. Shuning uchun ham har bir shaxsning jamiyatda tutgan o`rni, ishlarining
muvaffaqiyati, orttirgan obro`si uning muloqotga kirisha olish qobiliyati bilan bevosita
bog`liqdir.
Dostları ilə paylaş: