O„zbekiston Respublikasi Sog„liqni Saqlash Vazirligi Toshkent farmatsevtika instituti Psixologiya



Yüklə 1,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə118/127
tarix18.04.2023
ölçüsü1,66 Mb.
#100116
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   127
Psixologiya

Ijtimoiy psixologik treninglar 
Yuqoridagi barcha qonuniyatlarni hisobga olgan holda, shaxs tarbiyasi bilan 
shug`ullanish uni kelgusidagi murakkab va xilma-xil muloqot jarayonlariga psixologik 
tayyorlaydi. Bunday tayyorgarlik, barcha soha mutaxassislari uchun muhim, chunki 
ular o`z kasblari tufayli turli muloqot vaziyatlariga duch keladilar va har bir vaziyatda 
ulardan nihoyatda o`tkir didlilik, odob va kishilar psixologiyasini bilgan holda ularni 
to`g`ri tushunish malakasi talab qilinadi. Ijtimoiy psixologiyaning bu borada noyob 
usuli bor, u ham bo`lsa, ijtimoiy psixologik treningdir. 
Trening 
usulining 
ijtimoiy-psixologik 
mohiyati 
shudaki, 
bu 
usul 
orqali odamlarda muloqot malakalari hosil qilinib, ular turli ijtimoiy sharoitlarda o`zini 
to`g`ri tutishga odatlantiriladi. Boshqacha qilib aytganda, trening muloqotga 
o`rgatishdir. To`g`ri, odam kishilar jamiyatida yashar ekan, kundalik muloqot 
jarayonida turli muloqot shakllariga o`rganib, o`zida ma‟lum muloqot malakalarini 
shakllantirib boradi. Lekin insonda bunday malakalar stixiyali tarzda yoki maqsadga 
qaratilgan holda ham hosil qilinishi mumkin. Oxirgi holat hozirgi zamon kishisining 
turli ishlab chiqarish va muomala sharoitlarida to`g`ri moslashishiga yordam beradi. Bu 
narsa insonda, ijtimoiy aql-zakovatning shakllanishiga olib keladi.
Ma‟lum bir muammolarni xal qilishda psixologik trening deb ataluvchi o`yin va 
mashqlar to`plamidan iborat mashg`ulotlar yordam beradi. Shuni alohida qayd etish 
lozimki, trening jarayonida muammolarni yechish ham, bu boradagi bilim, ko`nikma 
va malakalarni hosil qilish ham trenerdan shaxs psixologiyasi, shaxsning individual 
psixologiyasi bilan ishlashni taqozo yetadi. Shuning uchun psixologiyada bunday 
treninglar psixologik treninglar deb ataladi. Har kanday psixologik treninglarni tashkil 
etish kuyidagi boskichlardan tashkil topdi: 

guruhni tashkil etish yoki yig`ish bosqichi - trening guruhini, ya‟ni 
treningda ishtirok etuvchilar guruhini yig`ishga qaratilgan bosqich; 

boshlang`ich bosqich – guruh normalarni ishlab chiqish boskichi. Guruhiy 
normalar guruhda mashg`ulotning dastlabki soatlaridanoq samimiylik, o`zaro ishonch, 
o`zaro hurmat muhitini vujudga keltirish maqsadida qabul qilinadi. Guruhiy normalarni 


131 
ishlab chiqish jarayonida ishtirokchilar bilan bu normalarga albatta rioya qilish 
kerakligi tug`risida kelishish va har bir a‟zoning roziligini olish kerak; 

ishni olib borish bosqichi - bu trening jarayonini va mashg`ulotlarning 
qanday olib borilishi, ularning turlari, trening jarayonida qo`llaniladigan usullardan 
iboratdir; 

yakunlash bosqichi – trening yopilishini yuqori hissiy to`lqinlarda 
yakunlash tadbirini tayyorlash va o`tkazish, har bir ishtirokchiga qulay sharoit yaratish, 
ularga birgalikdagi faoliyatlari uchun o`zaro tashakkur bildirishlariga imkon berish, 
ulardan bo`lib o`tgan trening samarasi haqida fikrlarini so`rash, hamda ishtirokchilarga 
nisbatan o`z moyilligini namoyon etish, guruh ishtirokchilari bilan bo`lib o`tgan 
trening mashqlariga yakun yasash hamda erishilgan natijalar bo`yicha xulosa qilish 
bosqichi. 

Yüklə 1,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   127




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin