O„zbekiston Respublikasi Sog„liqni Saqlash Vazirligi Toshkent farmatsevtika instituti Psixologiya


Muloqotning psixologik va pedagogik xususiyatlari



Yüklə 1,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə105/127
tarix18.04.2023
ölçüsü1,66 Mb.
#100116
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   127
Psixologiya

Muloqotning psixologik va pedagogik xususiyatlari.
Muloqot qonuniyatlarini bilish hamda uni o`rnatish malakalari va qobiliyatlarini 
rivojlantirish 
har 
bir 
kishi 
uchun 
muhimdir.
Har bir kishining o`z “Men”i atrofdagilar bilan bo`ladigan muloqot jarayonida 
shakllanadi. Shaxsning hayot yo`llari avval oilada, bog`cha, maktab, institut, ishxona, 
keksalar orasida, ya‟ni guruh va jamoalarda rivojlanadi. Bizning yuksak mahnaviy 
ehtiyojlarimizdan biri - bu muloqotga bo`lgan ehtiyojdir. Muloqotga bo`lgan 
ehtiyojimiz qondirilmasa, ongimiz ham rivojlanmaydi. Shuning uchun biz doimo 
muloqotga bo`lgan ehtiyojlarimizni qondirishimiz lozim. Kimlar bilandir bo`lgan 
muloqotdan qoniqish hosil qilamiz, lekin ayrim hollarda esa biz qoniqmaslikni his 
qilamiz. 
Pedagogik muloqot - bu muloqot turlaridan biri bo`lib, pedagogik faoliyatda 
muhim o`rin tutadi. Biz guruh va jamoaga kirar ekanmiz, doim unda turli rollarni 
bajarishga to`g`ri keladi. Rasmiy guruhda boshliq rolini o`ynasak, kasalxonada bemor, 
do`konda haridor, oilada rafiq yoki rafiqa, ota-ona oldida esa farzandlik rolini 
bajaramiz. Pedagogik muloqotda ta‟lim psixologiyasi, tarbiyaning psixologik asoslari, 
o`qituvchi va o`quvchi munosabatlari, o`qituvchi psixologiyasi, maktablarda ta‟lim-


118 
tarbiya jarayonlarini boshqarish muhim o`rinni egallaydi. Ijtimoiy psixologiya turli 
ijtimoiy guruhlar, jamoaning psixik namoyon bo`lishi, katta guruhlar - jamoalarning 
kayfiyati, tafakkuri, raqobati kabilarni o`rganadi. Bu masalalarni hal qilishda muloqot 
psixologiyasi katta ahamiyatga ega. Boshqaruvda rahbarlarda nutq qobiliyatining 
rivojlanishi, shuningdek, xodimlar bilan til topa olish uchun muloqot psixologiyasini 
bilish zarur. Siyosatchilarda notiqlik mahorati shakllangan bo`lishi kerak, bunda ularga 
muloqot psixologiyasini yaxshi bilishlari yaqindan yordam beradi. Muloqot din 
psixologiyasi uchun ham juda katta ahamiyatga ega. Din psixologiyasi diniy ong 
xususiyatlari, uning psixologik va ijtimoiy asoslari, vazifalari, tizimi, diniy his - 
tuyg`ular, diniy guruhlar psixologiyasini o`rganishda albatta muloqot sirlari, muloqot 
madaniyatini bilishga asoslanadi. Demak, muloqot psixologiyasi psixologiyaning 
barcha tarmoqlari bilan bog`liq holda rivojlanadi. O`zbek tiliga davlat maqomi 
berilganidan keyin birmuncha ijobiy o`zgarishlar yuz berdi, ularning bir qismi milliy 
istiqloldan so`ng amalga oshirildi. Mamlakatimizdagi davlat hujjatlari ona tilida 
rasmiylashtirilmoqda, yig`ilishdagi mahruzalar o`zbek tilida qilinmoqda.
Ijtimoiy hayotdagi katta yutuqlar bilan bir qatorda, shaxslararo munosabatlarda 
til odobi, nutq madaniyatida buzilishlar davom etmoqda, o`zbek tilining mo`saffoligi, 
aniq va lo`ndaligi, mantiqiyligi, ohangdorligi va silliqligi muloqotda o`z ifodasini topa 
olmayapti, natijada uzatilayotgan fikrlarni idrok qilish qiyinlashmoqda. Muloqot 
psixologiyasining 
asosiy 
maqsadi, 
avvalo 
nutq 
madaniyatini 
yoshlarda 
shakllantirishdir. Shuningdek, o`qitish jarayonida bo`lajak mutaxassislarga muloqot 
madaniyati, muomala sirlarini singdirish, guruh va jamoalarda o`zaro munosabatlarni 
muloqot orqali yaxshilashdir. Muloqotning nazariy va metodologik muammolarini hal 
qilish, muloqotni nutq bilan birgalikda rivojlanishini tahminlash fanning asosiy 
maqsadini tashkil qiladi. 

Yüklə 1,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   127




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin