O„zbekiston Respublikasi Sog„liqni Saqlash Vazirligi Toshkent farmatsevtika instituti Psixologiya



Yüklə 1,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə102/127
tarix18.04.2023
ölçüsü1,66 Mb.
#100116
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   127
Psixologiya

Stereotipizatsiya - odamlar ongida muloqotlar mobaynida shakllanib o`rnashib 
qolgan, ko`nikib qolingan obrazlardan shablon sifatida foydalanish hollaridir. Ijtimoiy 
stereotiplar – har bir shaxsda u yoki bu guruhli kishilar haqida shakllangan obrazlardir. 
Bunday stereotiplar ba‟zan muloqotni to`g`ri yo`nalganligini tahminlasa, boshqa 
hollarda esa undagi xatoliklarning sababi bo`lishi mumkinligini kuzatilgan. Idrok va 
tushunish borasidagi bunday xatoliklar kauzal atributsiya (lotinchasiga “kauza”- 
sabab, “atrebutsio”- bermoq, qo`shib, bo`rttirib bermoq ma‟nosini bildiradi) deb 
ataladi. Masalan, o`qituvchi bilan hamsuxbat bo`lib qolgan odamda suxbat boshidayoq 
“hozir odob-axloqdan dars berishni boshlamasmikan” degan shubha paydo bo`lishi 
mumkin. Bu ham stereotip. Bundan tashqari, odamlar birinchi marta ko`rgan odam 
to`g`risida tasavvurga ega bo`lish maqsadida uning tashqi qiyofasi bilan xarakteri 
o`rtasida bog`liqliklar o`rnatishga harakat qiladilar.
Muloqotning turli shakllari yoki bosqichlari mavjud bo`lib, dastlabki bosqich - 
odamning o`z-o`zi bilan muloqotidir. Odamning o`z-o`zi bilan muloqoti aslida uning 
boshqalar bilan muloqotining xarakterini va hajmini belgilaydi. Agar odam o`z-o`zi 
bilan hadeb muloqot qilishni odat qilib olib, doimo jamiyatdan o`zini chetga tortib, 
tortinib yursa, demak, u boshqalar bilan suxbatlashishda, til topishishda jiddiy 
Muloqot jarayonida idrok qilish 
mexanizmlari 


115 
qiyinchiliklarni boshdan kechiradi. Demak, o`zgalar bilan muloqot – muloqotning 
ikkinchi bosqichi va ko`rinishidir. Muloqotning hayotimizdagi shakl va ko`rinishlariga 
kelsak, uning har bir shaxsning hayotiy vaziyatlarga mos keladigan, o`sha 
vaziyatlardan kelib chiqadigan ko`rinishlari va turlari haqida gapirish mumkin. Lekin 
umumiy holda, har qanday muloqot yo rasmiy yoki norasmiy tusda bo`ladi.  
Odamlarning bir-birlarini to`g`ri idrok qilishlari ularning pertseptiv, ya‟ni hissiy 
bilish (idrok, sezish) sohasiga aloqador bo`lsa, bir-birlarini tushunishi ularning tafakkur 
sohalariga bevosita taalluqli bo`lib, murakkab jarayondir. Boshqa odamni to`g`ri 
tushungan shaxs uning hissiy holatiga kira olgan hisoblanadi, boshqacha qilib 
aytganda, unda empatiya – birovlarning his kechinmalarini tushuna olish qobiliyati 
rivojlangan bo`ladi. Yuksak ongli, madaniyatli, shaxsgina boshqalarni to`g`ri tushuna 
olishi mumkin.
Agar rasmiy muloqot odamlarning jamiyatda bajaradigan rasmiy vazifalari va xulq-
atvor normalaridan kelib chiqsa, masalan, rahbarning o`z qo`l ostida ishlayotgan 
xodimlar bilan muloqoti, professorning talaba bilan muloqoti, o`qituvchining 
o`quvchisi bilan muomalasi va hokazo, norasmiy muloqat – bu odamning shaxsiy 
munosabatlariga tayanadi va uning mazmuni o`sha suxbatdoshlarning fikr-o`ylari, 
niyat-maqsadlari va emotsional munosabatlari bilan belgilanadi.
Ko`pgina olimlar muloqotning inson hayotidagi ahamiyatiga to`xtalib o`tar ekanlar, 
uning qator vazifalari hamda funktsiyalarini ajratadilar:
 3-shakl 
Muloqot kishilar o`rtasidagi psixologik kontakt bo`lib, bunda o`zaro bir-biriga 
ta‟sir, axborot, yangiliklar bilan almashinuv sodir bo`ladi. Muloqot faqat axborot 
almashinuvigina emas, bu shaxslararo ta‟sir hamda odamlarning bir-birini tushunishi 
hamdir. SHunga ko`ra muloqotni verbal va noverbal vosita sifatida ko`rib chiqish 
mumkin. Muloqotning verbal vositasi til va nutq hisoblanadi: 


Yüklə 1,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   127




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin