115
qiyinchiliklarni boshdan kechiradi. Demak, o`zgalar bilan muloqot – muloqotning
ikkinchi bosqichi va ko`rinishidir. Muloqotning hayotimizdagi shakl va ko`rinishlariga
kelsak, uning har bir shaxsning hayotiy vaziyatlarga mos keladigan, o`sha
vaziyatlardan kelib chiqadigan ko`rinishlari va turlari haqida gapirish mumkin.
Lekin
umumiy holda, har qanday muloqot yo rasmiy yoki norasmiy tusda bo`ladi.
Odamlarning bir-birlarini to`g`ri idrok qilishlari ularning pertseptiv, ya‟ni hissiy
bilish (idrok, sezish) sohasiga aloqador bo`lsa, bir-birlarini tushunishi ularning tafakkur
sohalariga bevosita taalluqli bo`lib, murakkab jarayondir. Boshqa odamni to`g`ri
tushungan shaxs uning hissiy holatiga kira olgan hisoblanadi,
boshqacha qilib
aytganda, unda
empatiya – birovlarning his kechinmalarini tushuna olish qobiliyati
rivojlangan bo`ladi. Yuksak ongli, madaniyatli, shaxsgina boshqalarni to`g`ri tushuna
olishi mumkin.
Agar
rasmiy muloqot odamlarning jamiyatda bajaradigan rasmiy vazifalari va xulq-
atvor normalaridan kelib chiqsa, masalan, rahbarning o`z qo`l ostida ishlayotgan
xodimlar
bilan muloqoti, professorning talaba bilan muloqoti, o`qituvchining
o`quvchisi bilan muomalasi va hokazo,
norasmiy muloqat – bu odamning shaxsiy
munosabatlariga tayanadi va uning mazmuni o`sha suxbatdoshlarning fikr-o`ylari,
niyat-maqsadlari va emotsional munosabatlari bilan belgilanadi.
Ko`pgina olimlar muloqotning inson hayotidagi ahamiyatiga to`xtalib o`tar ekanlar,
uning qator vazifalari hamda funktsiyalarini ajratadilar:
3-shakl
Muloqot kishilar o`rtasidagi psixologik kontakt bo`lib, bunda o`zaro
bir-biriga
ta‟sir, axborot, yangiliklar bilan almashinuv sodir bo`ladi. Muloqot faqat axborot
almashinuvigina emas, bu shaxslararo ta‟sir hamda odamlarning bir-birini tushunishi
hamdir. SHunga ko`ra muloqotni
verbal va noverbal vosita sifatida ko`rib chiqish
mumkin. Muloqotning
verbal vositasi til va nutq hisoblanadi:
Dostları ilə paylaş: