PROPAFENON
NING TAHLILI
1. Dragendorf reaktivi bilan reaksiya. Buyum oynasida 1-2 tomchi tekshiriluvchi
xloroformli eritma uchirilgach qoldiqqa, so‗ng 1-2 tomchi Dragendorf reaktivi
qo‗shilsa, zarg‗aldoq-kungir rangli mahsulot hosil bo‗ladi.
II-fizik kimyoviy usullarda tahlili
1. YUQX tahlili:
Tayyor plastinkalar «Silufol UV-254» va «Mersk» firmasining silikagelli
plastinkalari kullaniladi.
Ochuvchi reagent sifatida: Mune buyicha modifikatsiyalangan Dragendorf
reaktivi, Erlix reaktivi eritmasi, UB-nurida 254 va 366 nm kurish mumkin.
Oz miqdorda qolgan eritmani xromatografik plastinkaga kapilyar yordamida start
chizig‗iga tomizib,
Propafenon
ni 10 – 15 mkg miqdorda guvoh eritmasi tomiziladi.
Organik erituvchilar sistemasi olinadi va qo‗zg‗aluvchi faza 10 sm ga ko‗tarilgach
plastinkani kameradan chiqarib olib issiq havo yordamida erituvchi sistemani
plastinkadan uchirilib yuboriladi. Tekshiruvchi moddani aniqlash maqsadida
plastinka ochuvchi reaktiv bilan purkalganda rangli dog‗ va ularning Rf qiymati
bo‗yicha moddaning borligi aniqlanadi. Qo‗zg‗aluvchi faza sifatida quyidagi
umumiy erituvchilar sistemasidan foydalanish mumkin.
Umumiy erituvchi sistemalari:
Xloroform-atseton- 30% uksusnaya kislota –etanol (16:4:1:9) - Rf 0,70 (0,75)
Xloroform-atseton- 30% uksusnaya kislota- etanol (18:2:1:9) - Rf 0,52(0,53)
Xloroform-etilatsetat-etanol (10:3: 1)-Rf 0,40(0,42)
a)
b)
2. YUqori samarali suyuqlik xromatografiyasi:
195
Agilent Technologies firmasining xromatografi: Agilent 1100 series modeli UB-
detektor va Rheodyne tipidagi injektor bilan ta‘minlangan.
kolonka – Spherisorb SCN (4,6 x150 mm, 3 mkm), tempratura xona xarorati;
mobil faza – atsetonitrila va bufernogo eritma rN 6,0 (50:50 xajm/xajm). Bufer
eritma: 1 l da 7,7 g atsetata ammoniya saqlagan suv va sirka kislota qo‗shilganda
muhiti rN=6,0 ni tashkil qiladi; detektor - UB – diod. Deteksiyalash 242 nmda;
Tahlil jarayonida
Propafenonning
ushlanish vaqti 3,4 daqiqaga teng bo‗ladi.
Elyuent okimi tezligi – 0,7 ml/min.
QO‗LLANILISHI:
YUrak ishemik kasalligi, stenokardiya (zo‗rayish, tinchlik va barqaror
bo‗lmagan), arterial gipertenziya, gipertonik kriz, mitral klapanning prolapsi,
gipertonik tur neyrotsirkulyator distoniya, essensial va qarilik tremori, abstinent
sindromidagi tremor.
Davolash va oldini olish: miokard infarkti; ritmni buzilishi (shu jumladan
umumiy anesteziyada, tug‗ma uzaygan QT intervali sindromida, surunkali yurak
etishmovchiligining belgilari bo‗lmagan miokard infarktida, tireotoksikozda),
sinusli taxikardiya, paroksizmal bo‗lmacha taxikardiyasi, qorincha usti va qorincha
ekstrasistoliyasi, qorincha usti va qorincha taxikardiyasi, lipillovchi taxikardiya,
bo‗lmachalarning titrashi.
FARMAKOLOGIK XUSUSIYATLARI:
Asosan yurakning b
1
-adrenopetseptorlariga ta‘sir qiluvchi beta-adrenoblokator.
Antianginal, aritmiyaga qarshi va gipotenziv ta‘sir ko‗rsatadi. YUrakka simpatik
innervatsiyaning rag‗batlantiruvchi ta‘sirini kamaytiradi. Atenolol sinus tugunining
avtomatizmini, yurakning qisqarishlari sonini, miokardning qisqaruvchanligini
kamaytiradi, atrioventrikulyar o‗tkazuvchanlikni sekinlashtiradi, miokardning
qo‗zg‗aluvchanligini kamaytiradi, yurakning kislorodga bo‗lgan talabini pasaytiradi.
O‗rtacha terapevtik dozalarda qo‗llanganida bronxlarning va periferik
arteriyalarning silliq mushaklariga, noselektiv beta-adrenoblokatorlarga nisbatan
kamroq ta‘sir ko‗rsatdi. Muntazam qo‗llanganida arterial bosimni asta-sekin
196
tushishini chaqiradi. Gipotenziv samarasi davolashning ikkinchi haftasini oxirida
barqarorlashadi.
NOJO‗YA TA‘SIRI:
Bosh aylanishi, bosh og‗rig‗i, charchoqlik hissi, depressiv holatlar, uyquni
buzilishi, bradikardiya, atrioventrikulyar o‗tkazuvchanlikning buzilishi, arterial
gipotenziya, oyoq-qo‗llarning sovuq qotishini xis qilish, yurak etishmovchiligi
belgilarini paydo bo‗lishi.
Antigipertenziv terapiyaning masalalari:
Ma‘lum bir bemor uchun optimal yoki maqsadli bo‗lgan QB darajasiga
erishish <140/90 mm s.u.
Nishon a‘zolarini shikastlanishini kuchayishini to‗xtatish yoki sekinlashtirish.
YUrak-qon tomir tizimi tomonidan asoratlarni rivojlanishini bartaraf etish.
Davolashning asosiy vositalariga AGdan o‗limni va uning asoratlarini
kamaytirishda o‗zining samaradorligini isbotlagan besh guruh dori vositalari kiradi
(isbotlash darajasi A):
- Diuretiklar
- Beta-adrenoblokatorlar
- Angiotenzin aylantiruvchi ferment ingibitorlari,
- Kalsiy antagonistlari
- Angiotenzin II retseptorlari blokatorlari.
Ulardan va ularning kombinatsiyalaridan antigipertenziv daolash boshlanadi.
Birga berish mumkin emas:
- Diuretiklar va beta-blokatorlarni: ikkala guruh preparatlarini diabetogen ta‘siri
yuqori bo‗lgani uchun;
- Kaliy saqlovchi diuretiklar va angiotenzin aylantiruvchi ferment ingibitorlari
yoki angiotenzin II retseptorlari blokatorlari: giperkaliemiya rivojlanishi mumkin;
- Beta-blokatorlar va nodigidropiridin qatordagi kalsiy antagonistlari (verapamil,
diltiazem): bradikardiya, atrioventrikulyar qamal rivojlanish ehtimolligi oshishi,
miokardning qisqarish xossasi kamayishi mumkin;
- Alfa-blokatorlar digidropiridin qatordagi kalsiy antagonistlari: birinchidan
renin-angiotenzin tizimini faolligini oshiradi, davolashga tez turg‗unlik hosil
bo‗ladi, ikkinchidan reflektor taxikardiya rivojlanishi hisobiga miokardni kislorodga
bo‗lgan talabi oshishi mumkin va stenokardiya hurujlari ko‗payishi mumkin.
- Angiotenzin aylantiruvchi ferment ingibitorlari va angiotenzin II retseptorlari
blokatorlari birga berish mumkin emas, chunki giprekaliemiya va surunkali buyrak
etishmovchiligini oshirishi mumkin.
ATENOLOLNING TAHLILI
197
1. Dragendorf reaktivi bilan reaksiya. Buyum oynasida 1-2 tomchi tekshiriluvchi
xloroformli eritma uchirilgach qoldiqqa, so‗ng 1-2 tomchi Dragendorf reaktivi
qo‗shilsa, zarg‗aldoq-kungir rangli mahsulot hosil bo‗ladi.
I-fizik kimyoviy usullarda tahlili
1. YUQX tahlili:
Tayyor plastinkalar «Silufol UV-254» va «Mersk» firmasining silikagelli
plastinkalari kullaniladi.
Ochuvchi reagent sifatida: Mune buyicha modifikatsiyalangan Dragendorf
reaktivi, Bushard reaktivi, UB-nurida 254 nm kurish mumkin.
Oz miqdorda qolgan eritmani xromatografik plastinkaga kapilyar yordamida start
chizig‗iga tomizib, atenololni 10 – 15 mkg miqdorda guvoh eritmasi tomiziladi.
Organik erituvchilar sistemasi olinadi va qo‗zg‗aluvchi faza 10 sm ga ko‗tarilgach
plastinkani kameradan chiqarib olib issiq havo yordamida erituvchi sistemani
plastinkadan uchirilib yuboriladi. Tekshiruvchi moddani aniqlash maqsadida
plastinka ochuvchi reaktiv bilan purkalganda rangli dog‗ va ularning Rf qiymati
bo‗yicha moddaning borligi aniqlanadi. Qo‗zg‗aluvchi faza sifatida quyidagi
umumiy erituvchilar sistemasidan foydalanish mumkin.
Umumiy erituvchi sistemalari:
Xloroform-etanol-muravinaya kislota (17:2:1) - Rf 0,36 (0,34)
Etilatsetat-metanol-uksusnaya kislota (10:1:0,5)- Rf 0,42(0,36)
Xloroform-etilatsetat-etanol-muravinaya kislota (12:3:2:1)-Rf 0,50(0,47)
Xloroform-etanol (4:1) -Rf 0,30(0,27)
4. YUqori samarali suyuqlik xromatografiyasi:
Agilent Technologies firmasining xromatografi: Agilent 1100 series modeli UB-
detektor va Rheodyne tipidagi injektor bilan ta‘minlangan.
kolonka – Zorbax Eclipse XDV S-8 (4,6 x150 mm, 5 mkm), tempratura xona
xarorati; mobil faza –tetragidrofuran (0,8g oktansulfonat i 0,4g tetraetilammoniy
gidrosulfonat v 1 l), metanol i kaliya gidrofosfat rN=3,0 (20:180:800), detektor -
UB – diod. Deteksiyalash 226 nmda; Tahlil jarayonida ushlanish vaqti 4,0 daqiqaga
teng bo‗ladi. Elyuent okimi tezligi – 0,7 ml/min.
5. UB-spektrlari: etanoldagi eritmasi 275 nm(E
1%
1sm
=51,2; ε=1364) va 283 nm
to‗lqin uzunligida maksimal nur yutadi.
6. Termodesorbsion sirt ionlashuv spektroskopik tahlili.
Atenololni termodesorbsion sirt ionlashuv spektroskopik tahlili quyidagi
sharoitda olib borildi: emitter harorati 390’420
0
S, emitter kuchlanishi – 400 V,
spektrlarni yozib olish bevosita kompyuter dasturi yordamida amalga oshirildi.
atenololning TDPIS taxlilida ~172±5
0
S va 280
±5
0
S harorat oralig‗ida atenololga
xos chiziqli cho‗qqilarning paydo bo‗lishi kuzatiladi. Olingan termodesorbsion
198
spektrlarni kompyuterning ma‘lumotlar bankiga etalon spektr sifatida yozib
qo‗yiladi. Usulning sezgirlik darajasi 10
-7
g ni tashkil qiladi.
Miqdoriy tahlili.
1. UB spektrofotometrik usulda.
2. YUSSX usullarida aniqlanadi.
23-MA`RUZA. ANTIDEPRESSANT DORI VOSITALARI.
AMITRIPTILLIN, VENFLAKSASIN, MIRTAZAPIN, FLUOKSETIN.
TOKSIKOLOGIK AHAMIYATI VA TAHLIL USULLARI.
Ma‘ruza rejasi: Antidepressantlarni fizik-kimyoviy tahlil usullari bo‗yicha sifat
va miqdoriy tahlili
Psixotrop dori vositalari orasida eng tez rivojlanib borayotgan sinflardan biri-
antidepressantlar hisoblanadi. Antidepressantlar — psixotrop dori vositalari bo‗lib,
depressiyani davolashda ishlatiladi. U depressiya holatidagi bemorni kayfiyatini
yaxshilaydi, siqilish, bo‗shashishlarni kamaytiradi, psixik faollikni oshiradi, uyqu va
ishtahani normallashtiradi.
Birinchi avlod antidepressantlar
Birinchi tritsiklik antidepressant imipramin 1957 yil sintez qilingan.Keyinchalik
amitriptillin sintez qilingan
Ikkinchi avlod antidepressantlari
Geterotsiklik antidepressantlar: trazodon, mianserin, maprotilin, amoksapin.
Uchinchi avlod antidepressantlar – Qayta tutib qoluvchi selektiv ingibitorlar.
Ular samarali ta‘sirli, kam toksik ta‘sirga ega preparatlar hisoblanadi. (fluoksetin)
Antidepressantlar klinik ta‘siriga ko‗ra quyidagicha sinflanadi:
1. Sedativ antidepressantlar – ajatiya, depressiv qo‗zg‗alishlarda ishlatiladi.
Bularga trimipramin, doksepin, amoksapin, amitriptilin, azafen, mianserin,trazodon,
fluvoksamin, buspiron kiradi.
2.
Stimulyator
antidepressantlar-apatik
holatlarda
ishlatiladi.
Bularga imipramin, dezipramin, nortriptilin, fluoksetin, moklobemid va boshqalar.
3. Balanslovchi antidepressantlar maprotilin, tianeptin, sertralin, pirazidol,
klomipramin, venlafaksin. Har ikkala holatda ishlatiladi.
Toksikologik ahamiyati
Bosh aylanishi, bosh og‗rig‗i
siydik tutilishi, ich qotishi
Og‗izning qurishi
Ko‗rishning xiralashuvi
Terida toshmalar
199
Eyforiya,uyqusizlik
Gallyusinatsiya, psixik buzilishlar yuzaga keladi
Antidepressantlar metabolizmi
Antidepressantlar ichga qabul qilgandan so‗ng, tezda jigarda metabolitlanib,
asosan
N-demetillanish,
gidroksillanish
va
glyukuron
kislota
bilan
kon‘yugatsiyalanib, 60-70% peshob orqali chiqariladi. 5-10% atrofida o‗zgarmagan
holda peshob orqali chiqariladi.
Imipraminning metabolizmi: 2 ta asosiy metabolitlari
Paroksetinning metabolizmi
200
Ajratib olish
Tahlil olib borishda namunani to‗g‗ri tanlash muhim ahamiyatga ega. Odatda
skrining tahlillarda peshob olinadi. Kuchli zaharlanish yuz berganda yoki o‗lim
sodir etilganda peshobdan zaharli modda kam miqdorda aniqlanishi mumkin. SHu
sababli qondan tahlil olib borish muhim hisoblanadi.
Ajratib olishda suyuqli-suyuqlik, qattiq fazali ekstraksiya usullaridan
foydalaniadi. Namuna (qon,peshob) ishqoriy muhitda turli organik erituvchilar
masalan, n-geksanda ekstraksiyalanadi. So‗ngra organik qatlam kislotali eritmada
eskstraksiyalanib, YUSSX usulida yoki organik erituvchida reekstraksiyalanib gaz
xromatografiya usulida aniqlanadi.
FLUOKSETIN
Lotincha nomi: Depresum (fluoxetine)
Kimyoviy
nomi:
(±)-N-metil-3-fenil-3-(para-tri-ftormetil)
fenoksipropilamingidroxlorid
Xalqaro nomi: Fluoksetin
Kimyoviy-formulasi: S
17
N
18
F
3
NOHCl
Farmakologik guruhi: Antidepressant
Molekulyar massasi: 345,8 (309,3)
Tabiati: asos xossali
Sinonimlari: Adofen, Docutrix, Erocap, Fluctin, Fluctine, Fluoxeren, Fontex,
Foxetin, Lorien, Lovan, Mutan, Prozac, Prozyn, Reneuron, Sanzur, Zactin va boshq.
Fluoksetin oq kristall kukun bo‗lib, metanol (250mg/ml), etanol, xloroform
(125mg/ml) va atsetonda eriydi; dietil atsetat, dixlormetan va suvda( max 14g/l,
25°S) kam eriydi; benzol, toluol, siklogeksan va geksanda erimaydi.
Suyuqlanish harorati 157,5 – 158,7 °S .
VENLAFAKSIN haqidagi umumiy ma‘lumotlar
Lotincha nomi: Venlafexine
Kimyoviy
nomi:
1-[2-(Dimethylamino)-1-(4–methoxyphenyl)ethyl]
cyclohexanol
201
Xalqaro nomi: Venlafexine
Kimyoviy-formulasi:C
17
H
27
NO
2
Farmakologik guruhi: Antidepressant
Molekulyar massasi: 277.4
Tabiati: asos xossali
Sinonimlari: Dobupal; Efexor; Effexor; Trevilor; Trewilor; Vandral
5 ml peshob (yoki 2,5 ml qon + 2,5 ml suv) olinib, TOXI-TUBES-A
tyubigiga solindi. Tyubik 5 daqiqa davomida chayqatilib, so‗ng hosil bo‗lgan
emulsiyani ajratish maqsadida sentrifugalandi (3000 ayl/daq). Organik qatlam
pipetka yordamida olinib, alyuminiyli idishchaga solindi va quritgich shkafida
organik qatlam uchirilib yuborildi. Quruq qoldiq 1 ml spirtda eritilib, YUQX usulida
tahlili amalga oshirildi. Tahlil natijalari qon tarkibidan ajratib olingan
antidepressantlarni aniqlash imkoniyatini ko‗rsatdi.
YUpqa qatlam xromatografiya
Sistemalar:
Paroksetin uchun: benzol-dioksan-25%ammiak (60:35:5); etanol-25%
ammiak (100:1,5);
Depres uchun: Etil spirti –xloroform- benzol(2:1:2);
Mirtazapin uchun: etil atsetatat-metanol-suv- -25% ammoniy gidroksid
(87:3:1,5:0,5);
Venlafaksin uchun: etil atsetat – etil spirti- 25% ammoniy gidroksid (8,5:1:0,5);
YOrituvchi reagent sifatida UB-nuri, Dragendorf va Mandelin reaktivlaridan
foydalaniladi.
Gaz xromatografiya
Gaz xromatografiya usulida tritsiklik antidepressantlarni miqdorini aniqlashda
keng qo‗llaniladi. Xromatografiya kapillyar kolonkalarda olib boriladi. Usulning
kamchiligi tahlil o‗tkazishda antidepressantlar triftorsirka angidridi yordamida
derivatizatsiya qilinib, so‗ngra tahlil olib boriladi.
YUqori samarali suyuqlik xromatografiya
Antidepressantlar va ularning metabolitlarini sifat va miqdorini aniqlashda
YUSSX usulida aniqlanadi.
Tahlil sharoitlari:
Kolonka S8 va S18 markali Sorbent qo‗zg‗aluvchi faza perxlorat asosli yoki
metilamin bilan shimdirilgan.
Detektor: UB-spektroftometr (254 nm)
Mobil faza: atsetonitril/metanol
Ushbu sharoitlarda qondagi antidepressantlarni aniqlash mumkin. Bunda
aralashmalardan quyidagi moddalarni ajratish mumkin: trimipramin, doksepin,
amitriptilin, imipramin, dezmetildoksepin, nortriptilin, dezimipramin.
202
MIRTAZAPIN haqidagi umumiy ma‘lumotlar
Lotincha nomi: Mirtazapine
Kimyoviy nomi:(1,2,3,4,10,14b – Geksagidro – 2 – metilpirazino [2,1 – a ]
pirido [ 2,3 -s ] [ 2 ] benzazepin
Xalqaro nomi: Mirtazapin
Kimyoviy-formulasi: C
17
H
19
N
3
Farmakologik guruhi: antidepressant
Molekulyar massasi: 265,3
Tabiati: asos xossali
Sinonimlari: Remeron, Avanza, Zispin, Mirtel va boshq.
Mirtazapin oq kristall kukun suvda qiyin eriydi, metil spirti va xloroformda
eriydi. 114-116
o
S suyuqlanadi.
UB-spektrofotometriya tahlil usuli ―Agilent 8453‖ spektrofotometrida olib borildi
va 96 % etil spirtdagi eritmasi λ=295 nm to‗lqin uzunligida yuqori nur yutishga ega
ekanligi tasdiqlab olindi
YUQX usulida tahlili
Erituvchilar sistemasi: etil atsetatat-metanol-suv- -25% ammoniy gidroksid
(87:3:1,5:0,5)
Dragendorf reaktivi bilan qo‗ng‗ir dog`
Rf qiymati
0,42
AMITRIPTILIN
Amitriptilin
– 10,11-digidro-5-3-dimеtilamino-
propilidon-5N-dibеnzo-L, d-tsiklogеptan. U xolinolitik faol modda, organizmda
og‘iz qurishi, ko‘z qorachig‘ini kеngayishi, pеshobni tutilishi kabi ta'sirlarni kеltirib
chiqarishi mumkin. Alkogolizm psixozlarini davolashda 200-300 mg gacha tavsiya
etiladi.
Toksikologik ahamiyati: tibbiyotda qo‘llanilishi hamda toksikomanlar
tomonidan gangituvchi modda sifatida istе'mol qilinishi bilan tushuntiriladi.
Amitriptilin narkotik, psixotrop va uyqu chaqiruvchi moddalar ta'sirini
kuchaytiruvchi, ta'sir vaqtini uzaytiruvchi xususiyatga ega.
CH
2
CH
2
C
H C CH
2
CH
2
N
CH
3
CH
3
.
H C l
203
Ayrim hollarda uyquchanlik, bosh aylanishi, gangish, qo‘l muskullarini tortilishi,
allеrgiya, yurak ritmini buzilishi kabi nohushliklarga olib kеladi.
Prеparat amitriptilin va triptizol nomlari bilan tablеtka, ampulalar ko‘rinishida
chiqariladi.
Mеtabolizmi. Amitriptilin mеtabolitlanib, nortriptilinga o‘tadi, ular o‘z o‘rnida
turli komplеkslar hosil qiladi. Mеtabolitlari hamda qisman o‘zgarmagan holda
pеshob bilan ajratiladi.
Amitriptilinni qon va pеshobdan ajratib olish. 5 ml qon yoki 50 ml pеshobga rN-
9-10 bo‘lguncha 30% natriy ishqori eritmasidan qo‘shib ikki qayta 20 ml efir bilan
ekstraktsiyalanadi. Efirli ajralmalar 50 ml xajmli o‘lchov kolbasiga o‘tkaziladi va
o‘lchov chizig‘igacha efir qo‘shib to‘ldiriladi. Ajralma 4 ta kichik idishchalarga
10,10,10 va 20 ml miqdorda taqsimlanadi va quriguncha porlatiladi.
Chinligini aniqlash. 1. Kontsеntrlangan sulfat kislotasi bilan rеaktsiyasi.
Kontsеntrlangan sulfat kislotasi ta'sirida novvot rangli modda hosil bo‘ladi
(amitriptilin va nortriptilin).
2. Marki rеaktivi bilan rеaktsiyasi. Marki rеaktivi ta'sirida ham novvot rang hosil
bo‘ladi (amitriptilin va nortriptilin).
3. Frеdе rеaktivi bilan rеaktsiyasi. Frеdе rеaktivi ham novvot rang hosil qiladi
(amitriptilin va nortriptilin).
4. Mandеlin rеaktivi bilan rеaktsiyasi. Mandеlin rеaktivi ta'sirida qo‘ng‘ir,
so‘ngra yashil rangli modda hosil bo‘ladi.
5. Rеynеkе rеaktivi bilan rеaktsiyasi. Qoldiq 0,1 % HCl va 1 tomchi 0,1 %
Rеynеkе tuzi eritmasi ta'sirida ninasimon kristallar (sеzgirlik darajasi 0,02 mkg),
nortriptilin esa shohsimon kristallar (sеzgirlik darajasi 0,01 mkg) hosil qiladi.
6. Xromatografik tozalash va aniqlash. Birinchi idishdagi qoldiq oz miqdor
xloroformda eritilib kapillyar yordamida xromatografik plastinkaning start
chizig‘iga nuqta va chiziq holida to‘liq o‘tkaziladi. Guvoh eritma sifatida 5-10
tomchi amitriptilin va nortriptilin asoslarini (0,5mgG`ml) eritmalari ayrim
nuqtalarga tomiziladi, bеnzol-atsеton 80:20 nisbatdagi aralashma saqlagan
kamеraga tushiriladi. Qo‘zg‘aluvchi faza 10 sm masofaga ko‘tarilgach kamеradan
olib quritiladi. So‘ng ikkinchi qayta bеnzol-dioksan-25% ammiak 60:35:5
sistеmasiga tushirib, yana 10 smga ko‘tarilish kuzatiladi, xromatogrammadagi
dog‘larni aniqlash uchun kontsеntrlangan sulfat kislotasi har bir nuqtadan fronti
tomon kapillyar naychalarda tomiziladi. Bunda amitriptilin Rfq 0,74-0,78 ga tеng
tiniq novvot rangli dog‘ hosil qiladi, nortriptilin esa Rfq0,38-0,46 ga tеng sariq dog‘
hosil qiladi. Aniqlash chеgarasi 0,2 mkg moddalarga tеng.
Xromatogrammada Rfq0,74-0,78 ga tеng dog‘ hosil bo‘lmasa amitriptilin yo‘q
dеgan xulosa bеriladi. Dog‘lar hosil bo‘lgan holda amitriptilin va nortriptilin uchun
qo‘shimcha tеkshirish olib boriladi.
Chiziq bilan tomizilib rеaktiv qo‘shilmagan plastinka bo‘lagidagi amitriptilin va
nortriptilin zonalari qirib ayrim idishlarga tushiriladi so‘ng xloroformda eritilgach
spеktral tahlillar o‘tkaziladi.
7. UB-spеktrlari. Amitriptilin 0,1 % HCl eritmasida 197, 202, 207, 240 nm to‘lqin
uzunliklarda yuqori nur yutish xususiyatiga ega.
204
8. IQ- spеktrida quyidagi yutilish chiziqlari 756, 746, 770, 969, 1014, 1258 sm -1
namoyon bo‘ladi.
Miqdorini aniqlash. 1. Fotoelеktrokoloromеtrik usulda
2. UB-spеktrofotomеtrik usulda amalga oshiriladi
24-MA`RUZA. IS GAZI BILAN ZAHARLANISH.
Dostları ilə paylaş: |