ZIGOTA-MEROZIGOTA hosil bo‘ladi. Bu rekombinat genotipi, o‘ziga donor xromasomalarning (DNK) bir qisminigina olgan retsepient genotipidir. SHuning uchun ham bu protsessni aniqlash bir muncha qiyindir. Genetik materialni bir mikrob hujayrasidan ikkinchisiga o tishi TRANSFORMATSIYA, TRANSDUKSIYA va KONYUGATSIYA yo li bilan o‘tishi mumkin.
TRANSFORMATSIYA
Bu - genetik materialni (DNK) donordan retsepientga to‘g‘ridan-to‘g‘ri uzatilishidir. Transformatsiya xodisasi 2 ta bakteriya qatnashadi, birinchisida DNK donor, ikkinchisida DNK retsepient bo‘ladi. Lekin hamma hujayralar ham DNK ni qabul qilavermaydi. DNK qabul qilish
xususiyatiga ega bo‘lgan hujayrani kompetnent hujayralar deyiladi. Ulardagi kompetnentlik holati qisqa muddatli bo‘lib, hujayraning o‘sish davridagi (ko‘payish) ma’lum bir vaqtda bo‘ladi, ko‘pincha u bakteriya ko‘payishining - fazasida bo‘ladi. YA’ni bu vaqtda hujayra devorining o‘tkazuvchanligi yuqori bo‘lib DNK molekulasini kirishiga qulay sharoit bo‘ladi. Hamma bakteriyalar ham kompetentlik xususiyatiga ega bo‘lavermaydi. Transformatsiya holatini chaqirish uchun ba’zan bakteriya hujayralari ayrim moddalar ta’sirida ishlanib, hujayra devorini o‘tkazuvchanligi oshiriladi. Transformatsiya protsessi bir necha fazada o‘tadi.
DNK donorni retsepietga adsorbsiyasi.
Donor DNK sini retsepientga hujayrasi ichiga kirishi.
Donor DNK sini retsepient xromasomasining o‘ziga o‘xshash qismi bilan birlashib rekombinatsiya hosil qilishi. DNK lar qanchalik ko‘p o‘xshash bo‘lsa, rekombinatsiya shunchalik tez va yaxshi bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: |