Antropozoonoz infeksiyalar odamga xam, xayvonlarga xam yuqadi. Bularda kasal xayvonlar va odam infeksiya manbai bo'lishi mumkin. Toun, tulyaremiya, kuydirgi, sil va boshqalar ana shunday infeksiyalar jumlasiga kiradi.
Zoonoz infeksiyalar faqat xayvonlarni kasallantiradi. Zoonozlarning qo'zgatuvchilari odam organizmiga tushsa xam, odamda kasallik keltirib chiqarmaydi. Biroq «zoonozlar» terminidan ko'pincha antropozoonoz infeksiyalarni atash uchun foydalaniladi. Infeksiya manbaidan soglom odamga kasallik qo'zgatuvchisi o'tadigan ma’lum yo'llar bor: ichak (fekal- oral yo'li), xavo- tomchi yo'li, transmissiv va kontakt yo'l shular jumlasidandir.
Infeksiya o'tishining ichak yo'lida kasallik qo'zg'atuvchisi axlat va siydik bilan tashqi muxitga tushib, suv, oziq-ovqat, ro'zgor buyumlari, odamning qo'llarini ifloslantiradi. Bunda qo'zgatuvchi og'iz orqali kirganda kasallik yuqadi. YUqish omillarining axamiyati turli ichak infeksiyalarida bir xilda emas. CHuionchi, qorii tifi kasalliklarining paydo bo'lishida suv, sut va oziq-ovqat masalliklari ko'proq axamiyatga egadir. Dizenteriyada kasallik iflos qo'llardan va axlat tegib qolgan meva xamda sabzavotlardan yuqadi. Infeksiya o'tishining shu yo'li ichak infeksiyalari — qorin tifi, paratiflar, vabo, dizenteriya uchun xarakterlidir.
Infeksiyaning xavo-tomchi yo li bilan otishida kasallik qo zgatuvchisi yotalish, aksirish vaqtida bagam va so lak tomchilari bilan birga tashqi muxitga tushadi. Odam mana shu qo zgatuvchilar bilan ifloslangan xavoni nafasiga oladigan bolsa, unta kasallik yuqib qoladi. Xavo-tomchi infeksiyalari (kukyutal, qizamik, gripp, chechak, pnevmoniya, meningit va boshqalar) uchun yuqori nafas yollarining shikastlanishi xarakterlidir4.
1-rasm
Infeksiyalarning transmissiv yo'l bilan o'tishida kasallik qo'zg'atuvchisi turli xasharotlar orqali kasal odamdan sog'lom kishiga yuqadi. Bu shunga bog'likki, kasallik qo'zgatuvchisi bemorning qonida bo'ladi va tashqi muxitga chiqmaydi. Bunday kasalliklar qon infeksiyalari deb nom olgan. Qon infeksiyalarini yuqtiradigan xasharotlar ikki gruppaga bo'linadi: spetsifik yoki biologik yuqtiruvchilar; nospetsifik yoki mexanik yuqtiruvchilar.
Kasallik qo'zgatuvchisi qaysi xasharotlarning organizmida muayyan ko'payish siklini o'tkazadigan bo'lsa, o'sha xasharotlar biologik yuqtiruvchilar xisoblanadi: chivinda bezgak parazitlarning jinsiy ko'payish sikli, bitning ichak epiteliysida rikketsiyalarning ko'payish sikli
bo'ladi. Kasallik qo'zgatuvchisi ko'pincha yuqtiruvchisining organizmida uning butun umri davomida saqlanib qoladi.
Qon infeksiyalarini mexanik yuqtiruvchilari avval kasal xayvonlarni, so'ngra sog'lom xayvonlarni tishlar ekan, kasallik qo'zgatuvchisini xartumchasida qon tomchilari bilan birga yuqtiradi. CHunonchi, tezgizak pashsha kuydirgi va tulyaremiya mikroblarini sanchuvchi apparati — xartumchasi bilan sof mexanik tarzda yuqtiradi. Talaygina infeksion kasalliklar: toshmali xamda qaytalama tiflar va boshqa rikketsiozlar — bitlar va kanalar orqali, toun — burgalar orqali, ensefalit — chivin va kanalar orqali, bezgak — chivinlar orqali, leyshmaniozlar — iskaptopar chivinlar — flebotomus orqali transmissiv yo'l bilan yuqadi.
Ichak infeksiyalarida mexanik yuqtiruvchilar kattagina rol o'ynaydi. Pashshalar o'z oyoqlari va tanasiga yopishib qolgan axlat bo'lakchalari bilan birga ichak infeksiyalari qo'zgatuvchilarini turli masalliqlar va ovqatga yuqtiradi.
Patogen mikroblar tayyor oziq-ovqatlarda ko'payishi mumkin, shu oziq- ovqatlar iste’mol qilinganida kasallik paydo bo'ladi.
2-rasm
Infeksiyaning kontakt yo'l bilan o'tishida qo'zgatuvchining bevosita va bilvosita yuqishi farq qilinadi.
Patogen mikroblarning tashki muxit ishtirokisiz o'tishida bevosita kontakt tanosil kasalliklari (zaxm va suzak) da xammadan kora xarakterlidir. Quturish va sodoku (kalamush tishlashidan paydo bo'ladigan kasallik) da xam ko'zg'atuvchi odamga to'gridan-to'gri xayvonning tishlashi orqali o'tadi. Boshqa kasalliklarda (qo'tir, kal, brutsellyozda) bevosita kontakt yo'li- bilan kasallik yuqishi nixoyatda kamdan-kam ko'rinadi. Ba’zan qon quyishda kasallik bevosita kontakt yo'li bilan yuqadi (bezgak, Botkin kasalligi).
Bilvosita kontakt infeksiyaning tarqalishida etakchi axamiyatga egadir. Unda jonsiz yuqtiruvchi omillar (xavo, suv, oziq-ovqat maxsulotlari, tuproq» ro'zg'or va ishlab chiqarishda tutiladigan xilma-xil buyumlar) xamda tirik yuqtiruvchilar ishtirok etishi mumkin. SHu munosabat bilan bilvosita kontakt infeksiyaning tomchi, chang, oziq-ovqat bilan va boshqa yo'llar bilan tarqalishini o'z ichiga oladi.
Infeksiya manbalari, infeksion kasalliklarning tarqalish yo'llari va usullarini o'rganish epidemiologiya predmeti xisoblanadi va profilaktika chora-tadbirlarini to'g'ri amalga o'shirish xamda infeksion kasalliklarga qarshi kurashish uchun asos bo'lib xizmat qiladi.
Infeksion kasalliklarning kelib chiqishiga va tarqalib borishi uchta omilning o'zaro ta’siri va bekamu ko'stligiga: infeksiya manbalari, yuqish mexanizmlari va beriluvchan axolining borligiga bog'rliqdir. Bu — o'z navbatida odamlarning turmush sharoitlariga, ya’ni tabiiy va ijtimoiy omillarga bog'lik bo'ladi.
Nazorat savollari
Infeksiya, infeksion jarayon to' grisida tushuncha.
Infeksion kasalliklarning qo'zgatuvchilari, mikroorganizmlarning xarakteristikasi.
Mikroblarni patogenlik va virulentligini belgilab beradigan omillar.
Infeksion jarayonda makroorganizmning roli.
Infeksion kasalliklarning yuqish yo'llari.
YUqumli kasalliklarning mikrobiologik diagnostikasi.
Mavzu:Immunitet, immunitet turlar.Organizmning infeksiyaga qarshi ximoya
mexanizmi.
Reja
Immunitet va uning turlari.
Organizm nospetsifik ximoya omillari
Mononukyar fogotsitlar.
Antigenlar. Antitela
Dostları ilə paylaş: |