O'zbekiston respublikasi sogliqni saqlash vazirligi toshkent farmatsevtika instituti tibbiy va biologik fanlar kafedrasi



Yüklə 415,52 Kb.
səhifə5/21
tarix29.12.2021
ölçüsü415,52 Kb.
#48774
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
1-50

Tayanch iboralar: mutualizm, kommensalizm , parazitizm,_Antroponoz. Antropozoonoz.

  1. Infeksiya, infeksion jarayon tugrisida tushuncha

Mikroorganizm bilan xujayin organizmi urtasidagi murakkab 5aro ta’sir jarayonini «infeksiya» termini bilan belgilanadi. Bu mikroorganizm bilan patogen mikroblar uzaro ta’sirining

38

x,ar k;anday shaklini uz ichiga oladigan biologik xrdisadir. Organizmning normal fiziologik funksiyalarini izdan chiqaradigan infeksion jarayon infeksion kasallik shaklida namoyon bolishi mumkin. Bunday kasallikning klinik manzarasi muayyan qo'zg'atuvchi keltirib chiqaradigan kasalliklar uchun xarakterli boladi. Vaboning klinik manzarasi chin chechak kasalligidan, brutsellyozning klinik manzarasi tulyaremiyadan, toshmali tifning klinik manzarasi qoorin tifidan boshkacha bo'ladi. Infeksion kasallik ba’zan engil, atipik yoki turli kasalliklarga o'xshab ketadigan, bilinmas formalarda namoyon bo'ladi. Infeksion jarayon kasallikning ko'zga ko'rinib turadigan klinik belgilarini bermasligi xam mumkin. Infeksiyaning yashirin formalari deb ana shunga aytiladi. Va, nixoyat, kasallik qo'zgatuvchisining xujayin organizmiga kirishi kasallikning klinik belgilarini keltirib chiqarmasdan, tashuvchanlik (difteriya bilan meningitda bakteriya tashuvchanlik, vaboda vibrion tashuvchanlik va x- k.) xolatiga olib keladi.

Odam organizmi bilan mikroblar o'rtasida muayyan o'zaro munosabatlar bo'ladiki, bularni mutualizm, kommensalizm va parazitizm deb ta’riflash mumkin.

Mutualizm (latincha mutuus — o'zaro degan so'zdan olingan)—ikkita organizmning bir- biriga foyda keltirib birga yashashidir. Masalan, o'simliklar orasida — suv o'tlar bilan lishayniklarni xosil qiluvchi zamburuglarning, tuganak bakteriyalari bilan dukkakli o'simliklarning birga yashashi. Odam ichagida birga yashaydigan foydali mikroorganizmlar vitamin V gruppasi sintezida ishtirok etuvchi ichak tayoqchalari va ichakdagi chirituvchi- mikrofloraning antagonisti bo'lmish sut achituvchi bakteriyalardir.

Kommensalizm (fransuzcha commensal — xamtovoq degan so'zdan olingan) — birga yashovchi organizmlar bir-biriga ziyon etkazmaydigan o'zaro munosabatlardir. Masalan, odatda odam terisi va shillik pardalarida, shuningdek organizm bo'shlikdarida yashaydigan patogenmas stafilokokklar, turli tayoqchalar, aktinomitsetlar singari mikroorganizmlar.

Parazitizm (yunoncha parasitos —tekintomok, tekinxo‘r degan sozdan olingan) bir turdagi organizmning boshqa organizm xisobiga oziqlanib, unga ziyon-zaxmat etkazadigan o'zaro munosabatlarini bildiradi. Parazit mikroblar odam va xayvonlarda uchraydigan infeksion kasalliklar qo'zgatuvchilarining katta gruppasini tashkil etadi. Mikroorganizmlarning parazitlik xususiyatlari, aftidan, tirik organizmda yashashga uzoq moslashib borish natijasida vujudga kelgan. Tabiiy tanlanish natijasida mikroorganizmlar ularni saprofit ajdodlaridan ajratib turadigan yangidan-yangi belgilarni kasb etgan. Tirik organizm parazit mikrob uchun doimiy makon, tabiiy yashash muxiti bo'lib qolgan. Mana shu muxit ta’siri ostida mikroblarning ba’zilari xujayinning xujayralari va to'kimalaridagi xar xil komponentlardan oziq muxiti tariqasida foydalanishga imkon beradigan yangi ferment sistemalariga ega bo'lib qolgan. Barcha mikroorganizmlar, masalan, viruslar o'z ferment sistemalarini batamom yoqotib quygan. Ularning xayot faoliyati va kopayishi o'zi moslashib, adaptatsiyalanib qolgan organizm xujayralariga boshidan-oyoq bogliq.



Xar bir parazit mikrob evolyusiya jarayonida yuqori darajali organizmlarning bir yoki bir necha turida yashashga moslashib qolgan. Parazit mikroblarning ba’zilari, masalan, qizamik virusi, dizenteriya qo'g'atuvchilari, vabo vibrioni, tif salmonellalari faqat odam organizmida parazitlik qilishga moslashgan. Boshqa xillari odam organizmida xam, xayvon organizmida xam yashashi mumkin: toun q'o'zg'atuvchisi, brutsellalar, sil mikobakteriyalari shular jumlasidandir. Uchinchi xillari tovuq vabosi, chochqa saramasi qo'zgatuvchilari faqat xayvonlar organizmida yashashga moslashib olgan.

Odam va xayvonlarda kasallik keltirib chiqaradigan mikroorganizmlar patogen mikroorganizmlar deb atalsa (yunoncha pathos — dard, alam, genos — tugilish, paydo bo'lish degan so'zlardan olingan), ularning kasallik keltirib chiqarish xususiyati patogenlik deb ataladi. YAna odamning terisi, shilliq pardalari va organizmidagi bo'shliqlarida yashovchi shartli patogen mikroorganizmlar gruppasi xam bor. Bular muayyan sharoitlarda, organizmning qarshiligi susayib qolgan (charchash, yolchib ovqatlanmaslik, og'ir ish, xronik kasalliklar, temperatura rejimining buzilishi natijasida) paytdagina kasalliklarga sabab bo'lishi mumkin. Ba’zi saprofitlar xam patogen bo'lib qola oladi. Masalan, botulizm qo'zgatuvchisi tashqi muxitda saprofit bo'lib yashaydi. Bu mikrob oziq-ovqat maxsulotlariga, xususan konservalarga tushib qolsa, ko'payib, shu qadar zaxarli toksin chiqara boshlaydiki, uning arzimas miqdori xam juda qattiq zaxarlanishga sabab bo'ladi.

Infeksion kasallikni keltirib chiqaradigan mikroorganizmlar patogenlik. virulentlik. spetsifiklik va organotroplik xossalariga egadir. Patogenlik yoki kasallik paydo qilish xususiyati infeksion kasalliklar qo'zgatuvchilarining turiga xos belgisi bo'lib, nasldan naslga o'tib boradi. YUqorida aytib o'tilganidek, patogenlik faqat ma’lum mikroorganizm va xujayin o'rtasidagi o'zaro munosabatlarni xarakterlaydi. Masalan, qizamiq virusi yoki vabo vibrioni odam uchun patogen va xayvonlar uchun patogen emas.

Qoramol touni (ulati) qo'zgatuvchisi odam uchun patogen emas. Patogenlik tushunchasi parazitarlik tushunchasiga qaraganda ancha keng. YUqorida ko'rsatib o'tilganidek, saprofit mikroblar hayot faoliyatining maxsulotlari, toksinlari (botulizm, qoqshol, gazli gangrena qo'zg'atuvchilari) odam organizmiga tushib qolsa, parazitlik qilib yashamaydigan saprofit mikroblar patogen bo'lib qolishi mumkin.

Patogen mikroblarning eng xarakterli belgisi ularning spetsifikligi, ya’ni xar bir patogen mikrob organizmga tushib, unda ko'payganida ma’lum bir infeksion kasallikni keltirib chiqarish xususiyatidir. Kasallik faqat shu qo'zgatuvchi xususidagina organizmning ximoya xossalarini o'ziga xos, ya’ni spetsifik tarzda qaytadan o'zgartirish bilan birga davom etadi.

Patogen mikroblar spetsifiklikka ega bo'libgina qolmay, balki organotroplikka xam egadir. Ko'pchilik mikroorganizmlar — kasallik qo'zgatuvchilari uchun ma’lum organ va to'qimalarni ko'proq shikastlantirish xususiyati xarakterlidir. Masalan, ichak mikroblari: vabo vibrioni, dizenteriya bakteriyalari, tif salmonellalar, ichak shilliq pardasini, bezgak paraziti jigar xujayralari va eritrotsitlarni, gripp virusi nafas yo'llarining shilliq pardalarini, chechak virusi teri va shilliq pardalar epiteliysini shikastlantiradi.



Turli mikroblarning patogenligi keng doirada ozgarib turishi MUMKIN. Bir turga mansub mikroblarning ayrim shtammlari kasallik keltirib chiqarishi jixatidan xar xil darajadagi kuchga ega bolishi mumkin. Mikrobning xar xil darajadagi patogenligi virulentlik deb ataladigan boldi. Patogen mikroblar turli shtammlarining virulentligi moyil "xayvonlarning olimiga sabab bola oladigan eng kam miqdor mikrob xujayralari yoki zaxarli maxsulotlariga qarab belgilanadi. YUksak darajadagi patogenlikka ega bolgan virulent mikroblar atigi bir nechta xujayra miqdorida sezgir xayvonga yuborilganida uning o limiga sabab bo la oladi. Kam virulent mikroorganizmlardan necha yuz millionlab xujayrasi xayvonlarga yuborilgandagina, ular osha xayvonlarning o limiga sabab boladi. Mikroblarning xayvonni ulimga olib boradigan miqdori oldiradigan minimal yoki minimal detal doza: dosis letalis minima (LDm) deb ataladi.

6.2.Infeksion kasalliklarni qo’zgatuvchil, mikroorganizmlarning xarakteristikasi

Patogen mikroblarning organizmga kira olish xususiyati yoki invazionligi biriktiruvchi to'qimani emira oladigan yoki xar xil xujayralarning postlarini parchalay oladigan fermentlar ishlab chiqarishiga bogliq..Ko'pgina patogen mikroblarda biriktiruvchi to'qima asosini tashkil etuvchi mukopolisaxaridni parchalay oladigan gialuronidaza fermenti topylgan. Bu — mikroblarning organizmga tez tarqalishiga yordam beradi. Gazli gangrena qo'zgatuvchilari qon va turli organ xujayralariniig pardalarini emiradigan letsitinaza fermentini ishlab chiqaradiki, bu mikrob yuqqan xayvonlarning tez xalok bo'lishiga olib keladi. Stafilokokklar bilan streptokokklar leykotsitlarni emiruvchi leykotsidinlarni emiruvchi gemolizinlarni ishlab chiqara oladi. Gemolitik streptokokkning ba’zi shtammlari qon laxtasidagi fibrinni erita oladigan fibrinolizin fermentini ishlab chiqaradiki, bu xam bakteriyalarning organizmga tarqalib ketishini engillashtiradi. Patogen stafilokokklar koagulaza fermentiga egadir, bu ferment qon plazmasining ivib qolishiga olib keladi. Yallig'lanish o'chog'i atrofida ivib qolgan plazmadan xosil bo'ladigan barer, ya’ni to'siq stafilokokklar fagotsitoziga qarshilik ko'rsatadi, deb xisoblanadi. Patogen mikroblarda antimikrob zardoblar ta’sirini neytrallay oladigan agressinlar xamda mikroblarning fagotsitlarda yutilishiga to' skinlik qiladigan antifaginlar singari aloxida moddalar xam topilgan.

Toksinlar yoki zaxarlar deb ataladigan moddalar xujayin organizmida kattagina ozgarishlarni keltirib chiqaradi. 1884 yili Leffler difteriya qo zgatuvchilari qonga kuchli zaxarturli ichki orlanlarni shikastlaydigan toksin ishlab chiqaradi, degan fikrni birinchi bo'lib aytdi. Difteriya qo'zgatuvchilarining o'zi esa organizmga qaysi joydan kirgan bo lsa, o sha joyda, masalan, bodom bezlarida tura beradi. 1888 yili Ru va Iersen difteriya tayoqchasi toksinini ajratib olishdi. 1890 yili Bering bilan Kitazato kokyo tal qo zgatuvchisida toksin bo lishini, 1896


Yüklə 415,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin