MUSTAQIL TA’LIM MASHGULOTLARI
MIKROBIOLOGIYA, VIRUSOLOGIYA VA IMMUNOLOGIYA FANIDAN O‘ Q U V-U S L U B I Y M A J M U A 1
MIKROBIOLOGIYA, VIRUSOLOGIYA VA IMMUNOLOGIYA FANIDAN O‘ Q U V-U S L U B I Y M A J M U A 2
Tuzuvchilar: 3
MUNDARIJA 4
I.LABORATORIYA MASHG’ULOTLAR UCHUN MATERIALLARI 93-186 4
6.2.Infeksion kasalliklarni qo’zgatuvchil, mikroorganizmlarning xarakteristikasi 8
6.3. Infeksion kasalliklarning yuqish yo'llari 9
Nazorat savollari 11
7.Mavzu:Immunitet, immunitet turlar.Organizmning infeksiyaga qarshi ximoya 12
mexanizmi. 12
7.1Immunitet va uning turlari 12
7.2.Organizm nospetsifik ximoya omillari 14
Nazorat savollari 16
8. Mavzu:Mikroorganizmlar genetikasi. Mikroorganizmdagi uzgaruvchanlik va ulardan tibbiyotda foydalanish. Vaksinalar va zardoblar 16
irsiyat haqida tushuncha 16
GENETIK REKOMBINATSIYALAR 17
TRANSFORMATSIYA 17
TRANSDUKSIYA 18
GEN INJENERIYASI 18
Normal ichak mikroflorasi 450 dan ortiq mikroorganizmlardan tashkil topib, hujayin organizmining metabolizmida va ichakda kolonizasion rezistentlikni shakllanishida ishtirok etadi. Ichakning mikroblar to’plami makroorganizmda moddalar almashinuvi jarayonlarining holatini aniqlaydi, bir tomondan, biologik faol birikmalarni zararsizlantirib, hazm bo’lmagan ozuqa moddalarini o’zlashtirsa, ikkinchi tomondan V gurux vitaminlarini, vitamin K, nikotin, folin va askorbin kislotalarni, ayrim fermentlarni sintezlaydi.
Makroorganizmning immunobiologik reaktivligini shakllanishida mikrofloraning muhim o’rni e’tirof qilinadi, buning natijasida organizmda umumiy immunoglobulinlar mikdori boshqariladi. Shunday qilib, me’yoriy ichak mikroflorasining o’ziga xos - himoya, modda almashinuv, immun faollashtiruvchi vazifalari aniqlangan va ularning birortasining izdan chiqishi metobolizmning buzilishiga, natijada mikronutrientlarning -vitaminlarning, mikroelementlarning, mineral moddalarning yetishmovchiligiga, hamda immun holatning pasayishiga, bu esa makroorganizm a’zo va tizimlarida qaytmas jarayonlarni kelib chiqishiga sabab bo’ladi.
Inson mikroflorasida dominant mikroorganizmlar hisoblangan spora hosil qilmaydigan qat’iy anaerob bakteriyalarni ajratib olishda, material olib, ekishgacha bo’lgan vaqtda bu mikroorganizmlar O2 ning letal ta’siridan himoyalangan bo’lishi lozim. Shuning uchun bemor najasi transportirovkasida rezina tiqinli probirkalardan foydalaniladi. Vaginal material maxsus transport oziq muhiti hisoblangan - tioglikol oziq muhiti solingan rezina tiqinli probirkada olib kelinadi. Ma’lumki, material olinib, ekishgacha bo’lgan vaqt 2 soatdan oshmasligi kerak.
Laboratoriyaga olib kelingan najasning chukur kismidan 1 g tortib, vaginal suyuqlik bo’lsa 1 ml olamiz va 9ml bufer eritmasida aralashtiriladi. Bu ham aerob, ham anaerob bakteriyalarning bir tekis tarqalishi va ularning tirik saqlanishi uchun sharoit yaratadi. Bu eritmalarni 101 dan 1010 darajasigacha suyultiriladi va ularning har biridan tegishli oziqa muhitlariga turli aerob, hamda anaerob mikroorganizmlarni ajratib olish uchun ekiladi (22-jadval)
Anaerob bakteriyalar normal ichak mikroflorasining 98-99% ni, aerob flora esa 1-2% ni tashkil qilishini hisobga olinib, ularni o’stirishda kimyoviy modda tutadigan gaz paketchalari joylashtirilgan mikroanaerostatdan foydalanish mumkin(anarob bakteriyalarni ajratib olish usullariga qaralsin).
Gr(-) spora hosil qilmaydigan qat’iy anaerob bakteriyalar natriy-azid qo’shilgan qonli va bakteroidlar uchun agarlarda o’stiraldi. Inkubasiya vaqti 350C da 72 soat Bu oziq muhitlarda bakteroidlar yaxshi o’sadi. Bakteroidlar kulrang, to’q jigarrang, qora koloniyalar hosil qilib, shakli - grammanfiy polimorf tayoqcha, spora hosil qilmaydi, katalaza manfiy. Bakteroidlar qatiy anaerob hisoblanib, anaerostatlarda 2-4 kun o’stiriladi.
Gram (+) qat’iy anaerob bakteriyalar “Blourokko” va “Hime-dia” firmasining “Bifidobakteriyalar uchun agar” oziq muhitlarida 37,50-380S da 48 soat anaerob sharoitda o’sadi. Bifidobakteriyalar disk ko’rinishdagi koloniyalar hosil qiladi. Bu agarda boshqa anaeroblar ham o’sishi mumkin. Shuning uchun koloniyalardan surtma tayyorlanib ko’rildi.
Dostları ilə paylaş: |