O'zbekiston respublikasi sogliqni saqlash vazirligi toshkent farmatsevtika instituti tibbiy va biologik fanlar kafedrasi



Yüklə 415,52 Kb.
səhifə6/21
tarix29.12.2021
ölçüsü415,52 Kb.
#48774
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
1-50

40

yili esa Ermingem botulizm qozgatuvchisida toksin bolishini topdi. Toksinlar kashf etilib, tasvirlab berilganidan keyin ularni zo'r berib organishga kirishildi va otgan asrning oxirlarida ularga qarshi ta’sir korsatadigan ziddi-zaxarlarspetsifik antitoksikzardoblarni olish mumkin bo ldi va bular davolash uchun ishlatib ko rildi. X,ozirgi vaqtda bakteriyalarning ekzotoksinlari va endotoksinlari tavofut qilinadi, bular ximiyaviy tarkibi va barcha xossalari jixatidan bir- biridan farq qiladi.

Ekzotoksinlar — mikroblar organizmda yashar turgan chog'ida xam, oziq muxitlarida o'stirilganida xam tashqi muxitga ular tomonidan ajratib chiqariladigan oqsillardir. Grammusbat mikroblar: difteriya, qoqshol, botulizm va gazli gangrena qo'zgatuvchilari juda kuchli ekzotoksinlar ishlab chiqaradi. Ekzotoksinlar yuqori temperatura ta’sirida parchalanib ketadi, ular termolabildir. Formalin ta’siri bilan xam ularning zaxarli xususiyatini susaytirish mumkin, formalin ta’siri natijasida ekzotoksinlar zaxarligini yoqotib yuboradi, lekin organizmga yuborilganida ziddi-zaxarlar — antitelolar ishlab chiqarishga olib boradigan xususiyatini saqlab qoladi. Ana shunday preparatlar anatoksinlar deb ataladigan bo'ldi. Anatoksinlar sog'lom odamlarni infeksion kasalliklarga berilmaydigan qilib qo'yish uchun profilaktika maqsadida ishlatiladi. Ekzotoksinlarning xarakterli xususiyati ma’lum organ va to'qimalarni tanlab-tanlab shikastlantirishga qodir bo'lishidir, masalan, qoqshol toksini orqa miyaning xarakatlayatiruvchi nenchronlarini shikastlantirsa, botulizm tayoqchasining toksini xarakatlantiruvchi nervlarning oxiriga ta’sir ko'rsatadi. Difteriya toksini yurak muskuli va buyrak usti bezlarini shikastlantiradi. Turli toksinlarning tanlab-tanlab ta’sir ko'rsatishi kasallikning xar bir qo'zgatuvchi uchun xarakterli bo'lgan muayyan klinik manzara bilan o'tishiga olib keladi. YUqorida tasvirlab o'tilgan leykotsidinlar, gemolizinlar, toun mikrobi toksini, kuydirgi batsillalarining detal toksini ekzotoksinlardir. Bular infeksion jarayonning avj olib borishida axamiyatga ega bo'ladi, lekin ularning axamiyati grammusbat mikroblar — qoqshol, difteriya, botulizm qo'zgatuvchilari toksinlariga qaraganda kamroqdir.

Endotoksinlar bakteriyalar tanasi bilan maxkam bog'langan bo'lib, organizmda mikrob xujayrasi emirilganida yoki mikrob xujayralari maxsus usullar bilan ishlanganida ajralib chiqadi. Endotoksinlar dastlab 1933 yili Buaven va Mesrob'yan tomonidan grammanfiy bakteriyalardan ajratib olingan. Ularning ximiyaviy tarkibi murakkab. Ular glyusid-lipid-protein komplekslaridan iboratdir. Endotoksinlar termostabil, ya’ni issiqqa chidamli bo'ladi, neytral muxitda avtoklavlash xam ularni parchalamaydi. Endotoksinlarning organizmga ko'rsatadigan ta’siri o'ziga xos, spetsifik tomoni bilan ajralib turmaydi. Endotoksin qanday mikrobdan olinganiga qaramasdan, shu toksin ta’sirida vujudga keladigan klinik manzara bir xil bo'ladi va isitma chiqishi xamda umumiy axvolning og'ir bo'lishi bilan xarakterlanadi. Endotoksinlar xayvonlarga venasidan yuborilganida isitma chiqarib, leykopeniyaga, tomir xarakatlantiruvchi xar xil-xodisalar va o'limga sabab bo'ladi. Qorin tifi, dizenteriya, vabo, ko'kyutal qo'zgatuvchilarining endotoksinlari xammadan kora ko'proq o'rganilgan.

Qo'zgatuvchi makroorganizmga o'tganida infeksion jarayon boshlanadi, uning vujudga kelishida makroorganizmning axvoli va birinchi galda uning kasallikka beriluvchanligi (moyilligi) axamiyatga egadir.

6.3. Infeksion kasalliklarning yuqish yo'llari

Infeksiya manbai tirik organizmdir, tirik organizmda kasallik qo'zg'atuvchisi o'zining xayot faoliyati va ko'payishi uchun xammadan ko'ra qulay sharoitlarni topadi va shu erdan tashqi muxitga chiqib turadi. Infeksiya manbai sifatida kasal odamlar bilan xayvonlar xammadan ko'ra katta axamiyatga ega bo'ladi, bular kasallik juda avj olgan paytda bir talay qo'zgatuvchilarni tashqariga chiqarib turadi. Infeksiyaning latent, yashirin formalari bilan og'rigan bemorlar, shuningdek bakteriya tashuvchilar xam infeksiya manbai xisoblanadi. Bunday xolatlar kasallikning klinik belgilari bilan birga davom etmaydigan bo'lgani uchun infeksiyaning latent formalari bilan og'rigan kishilar yoki bakteriya tashuvchilar vrachga borishmaydi va juda uzoq vaqtgacha patogen mikroblarni tashqariga chiqarib yurib, atrofdagilarga yuqtiradilar. Kasallik qo'zgatuvchilari bemorning axlati va siydigi, balg'ami bilan, yutalish va aksirish vaqtida so'lak xamda tomoq va burundan chiqadigan shilimshik tomchilari bilan, shuningdek yiring, zararlangan tirnoq va soch tangachalari bilan birga chiqishi mumkin. Ana shularning xammasi tashqi




Yüklə 415,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin